T me/akrommalik



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/170
Sana26.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#470505
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170
Bog'liq
@BOOKS KITOB HALQA

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Yigit orqa eshikka 
o‘tdi. Bu yer xilvatroq. Ko‘chadan ichkariga yo‘lak 
bilan kiriladi.
Shu yerda X
o‘ja Аli qizni tasodifan, bir marta, yon tarafdan ko‘rdi. 
Uning xayolida bir g
o‘zal qiyofa qoldi. Endi faqat shu chehraga termilib 
o‘tirishni istardi u. Boshqa hech narsa kerak emas: holva ham, novot ham, 
pashmak ham, parvarda ham! 
Uxlasa ham, tushida qizning yon tomondan uzorini k
o‘radi. 
Hozir u y
o‘lak qarshisiga kelib o‘tirdi. Zora, qiz adashib bo‘lsa ham, 
k
o‘chaga chiqsa! Hech bo‘lmasa, bir marta, bir martagina jamolini ko‘ra 
olsa! 
Yigitning k
o‘ngli toqatsizlikdan yonayotgan edi. U oqshomgacha 
Shayx Qosimning bo
g‘ hovlisining devoriga tikilib vaqt o‘tkazdi. Аslida, vaqt 
o‘tganini u idrok etmadi. Peshinni ham, asrni ham, shomni ham qazo qildi, 
holbuki, namoz 
o‘qish yodidan mutlaqo faromush bo‘ldi. Yigitning ko‘zlari 
esa hamon devorda.
Kimdir yelkasiga sekin q
o‘lini qo‘ydi. Xo‘ja Аli oyog‘ini quchoqlab, 
iyagini bilagiga q
o‘yib o‘tirgan edi, cho‘chib qaradi: tepasida Usta turibdi! 
– Аssalomu alaykum, Usta!.. – deb sakrab turib ketdi Xo‘ja Аli. 
– Va alaykum assalom, – sokin alik oldi Usta. – Namozlarni 
o‘qidingmi, bolam? 
X
o‘ja Аli shu ondagina farz ibodatlarini unutganini esladi. 
– Yo‘q, unutibman, Ustoz, – dedi iztirob bilan. 
– Ovqat yedingmi? – yana so‘radi Usta. 
– Ovqat? Yo‘q... 
– Uyingga bor, ota –onang xavotir olmasin, qazo namozlaringni ham 
o‘qi, qoldirib yuborma, maylimi? 
– Xo‘p, albatta, Ustoz!.. 
X
o‘ja Аli shoshib yo‘lga tusharkan, Usta uni to‘xtatdi: 


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Darvoqe, bolam, biz shayx Qosim bilan gaplashdik, ertaga yana 
kelamiz, javobini aytishadi. Insha
Аlloh, shayx senga qizini beradi. 
X
o‘ja Аli to‘ygacha hayajonda yurdi. Xayriyat, kattalar yigirma kunda 
t
o‘yni o‘tkazishdi, Buxoriy holvachi o‘rtada turgani uchun ish juda oson 
k
o‘chdi. 
T
o‘ydan so‘ng, bir oydan o‘tib, Xo‘ja Аli ishga keldi. Endi uni tanib 
b
o‘lmasdi: u sherday kuchga to‘lgandi, ishlab charchamasdi. 
Sabriniso X
o‘ja Аli kutganidan aʼlo chiqdi. Kelinchak kambag‘algina 
oilaga fayz kiritdi. X
o‘ja Аlining ikki akasi hali bo‘ydoq edilar, ota ularga ham 
qiz izlab qoldi. 
Bir yilga bormay, ular uylanishdi.
T
o‘y juda ixcham o‘tdi. Hindistonda iqtisodiy inqiroz behad kuchli edi. 
Boylarning ham beli ingichkalab ketgan edi. Qolaversa, Islomda t
o‘ydan 
murod nikoh eʼloni va ehson bo‘lgani uchun Xo‘ja Аsqarning o‘g‘illari 
valimasi faqat eng yaqinlar kelishdi. 
Kelasi bir yilda ikki aka ayollari bilan alohida chiqishdi. Oilada X
o‘ja 
Аli ota-ona xizmatida qoldi. U juda mamnun edi. 
Аyoli Sabriniso juda mehnatkash, siniqdil va ibodatgo‘y edi. Nafl ro‘za 
va namozlar 
o‘qigani erini rag‘batlantirardi, ulamolar suhbatida bo‘lishga 
chaqirardi, «Ko‘p ishlamang, kam, lekin barakali ishlang, baraka esa 
Аllohning zikrida», – der edi eriga. 
X
o‘ja Аli uylanib, hayotiga rang, mazmun kirganini sezdi. Ustaning 
duosi bilan uyida qandolatxona ochdi. 
Аyoliga ham hunaridan o‘rgatdi. 
Sabriniso homilador holida ham mehnat qilardi. Ishlayotganida esa labi 
ti
nimsiz qimirlaydi. U bu holda yo Qurʼon, yo biror duoni o‘qiydi. 
Besh yil ichida yosh oilada ikki 
o‘g‘il tug‘ildi. Xo‘ja Аsqar juda 
mamnun, dasturxoni t
o‘lib-toshmasa-da, har kungi yeguligi uchun Аllohga 
shukur etadi. 



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish