T k 1Kommunikativ


T.K 4 Ijtimoiy faol fuqarolik



Download 0,69 Mb.
bet73/132
Sana01.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#623988
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
Bog'liq
11-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT vv

T.K 4 Ijtimoiy faol fuqarolik biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt ustida kuzatish va tajribalar olib borish.
Darsning turi:Aralash, fanlararo bog`lash, kichik guruhlarda ishlash
Darsning usuli: . amaliy ish, mantiqiy fikrlash, hamkorlikda ishlash
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1.Inson ekologiyasi fani nimalarni o`rganadi?
2. Insonning ekologik omil sifatida o`ziga xosligi nimadan iborat?
3. Inson ekologiyasi fanining vazifalari nimadan iborat?
4. Adaptiv tiplar deganda nimani tushunasiz?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Biosfera darajasi sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar va ularning yashash muhitini qamrab olgan yaxlit sistema hisoblanadiEkologik nuqtayi nazardan biosfera Yer sayyorasidagi barcha ekosistemalarni birlashtiradigan, to‘xtovsiz moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladigan global ekosistemadir, fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan. V.I.Vernadskiy: «Biosfera geologik va biologik rivojlanishning hamda biogen va abiogen moddalarning o‘zaro ta’siri natijasidir», deb ta’kidlagan. Biosfera bir tomondan tirik organizmlarning yashash muhiti bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa tirik organizmlarning hayotiy faoliyati mahsulidir. Hayotning har bir darajasi o‘ziga xos tarkibi, xususiyatlari, qonuniyatlari bilan tavsiflanadi. Biosfera darajasining komponentlari, ya’ni tuzilish birligi biogeotsenozlar sanaladi. Biosfera darajasida modda va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi. Biosferaning barqarorligi unda kechadigan barcha jarayonlarning tartibliligida, ya’ni biosferani tashkil etuvchi tirik organizmlarning o‘zaro murakkab munosabatlari xilma-xilligida, moddalar davriy aylanishining dinamik muvozanatida namoyon bo‘ladi. Biosferaning asosiy vazifasi Yerdagi hayot shakllarining xilma-xilligini va ularning uzoq davr mobaynida saqlanishini ta’minlashdan iborat. Biosfera darajasining asosiy yo‘nalishi biologik xilma-xillikning saqlanishi orqali biosferaning dinamik barqarorligini ta’minlashdan iborat. Biosfera darajasida Yerdagi hayotiy jarayonlarning davomiyligini ta’minlaydigan muhim global jarayonlar sodir bo‘ladi. Ularga misol qilib, quyosh energiyasining uzluksiz qabul qilinishi, o‘simliklar tomonidan erkin kislorodning hosil bo‘lishi, ozon qatlamining mavjudligi va karbonat angidrid gazi miqdorining doimiy saqlanishi, tirik organizmlarning zarur kimyoviy moddalar bilan ta’minlanishi hamda turlar va ekotizimlar biologik xilma-xilligining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlarning mavjudligini olish mumkin. Biosfera tiriklikning eng yuksak darajasi ekanligini to‘liq tushunish uchun uni tashkil etuvchi komponentlar – biogeotsenozlarning hamda shu bio geotsenozlar tarkibiga kiruvchi xilma-xil turlar va populatsiyalarning xususiyatlarini anglab yetish zarur. Zamonaviy biologiya biosfera darajasida umumbashariy muammolarni, masalan, Yer sayyorasi o‘simliklar qoplami tomonidan kislorod ajralishi intensivligini aniqlash, atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining inson faoliyati bilan bog‘liq holda o‘zgarishi, Yer yuzida biologik xilma-xillikning hamda biosferaning dinamik va barqaror holatini saqlab qolishga qaratilgan muammolarni hal etadi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish