3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Inson faoliyati sayyoraning qiyofasini tobora kuchliroq o‘zgartirmoqda. Jamiyat va tabiatning o‘zaro hamkorligi, tabiatdagi modda va energiyadan foydalanish, ko‘p sonli turlarning yo‘qolishi, tabiiy tizimlarning va butun boshli landshaftlarning keskin o‘zgarishi, ko‘p miqdordagi chiqindilarni atrof-muhitga chiqarib tashlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Tarixiy taraqqiyot davomida insonlar Inson faoliyati natijasida suv, havo, tuproq ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanmoqda, o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, yovvoyi hayvonlar qirilib ketmoqda, tabiiy biogeotsenozlar buzilmoqda. Yerdagi ko‘plab geokimyoviy jara yon larning kechishi o‘zgarmoqda. Biosfera ekotizimida atrof-muhitni radioaktiv yog‘inlar, ishlab chiqarishning gazsimon chiqindilari, yoqilg‘i mahsulotlari, turli-tuman kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi natijasida keskin ziddiyatli vaziyat yuzaga keldi. Sun’iy organik moddalar biogen tarzda qayta ishlab bo‘lmaydi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan turlarning soni ortib bormoqda Biosfera evolutsiyasining dastlabki bosqichlarida bu ko‘rsatkich 70% dan kam bo‘lmagan. O‘rmonlarni yo‘q qilish, birinchi navbatda, sayyoraning suv rejimini keskin ravishda buzadi. Shu tarzda yerdan noto‘g‘ri foydalanish tufayli, tuproq yemirilishi oqibatida insoniyat dehqonchilik uchun deyarli yaroqsiz holga kelib qolgan juda keng hududlarni yo‘qotdi. Hozirgi kunning jiddiy muammolaridan biri – birinchi navbatda, sanoat korxonalari tomonidan karbonat angidrid gazi atmosferaga ko‘p miqdorda chiqarib tashlanmoqda, uning katta qismini o‘simliklar tomonidan fotosintez jarayoniga jalb etilib bo‘lmasligi tufayli sayyora iqlimining asta-sekin isishi yuz bermoqda. Sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashish uchun qo‘llaniladigan kimyoviy dori vositalari tabiiy muhitni ifloslantirmoqda. Insonlarning biosferaga salbiy ta’siri jumlasiga hayvonlarni tartibsiz ovlash, suvo‘tlarini yig‘ish, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini chiqarib tashlash natijasida suv, havo, tuproq kimyoviy tarkibining o‘zgarishi kiradi. Tabiatdan oqilona foydalanish – insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari tabiiy boyliklarni oqilona o‘zlashtirish, o‘z faoliyatining salbiy oqibatlari oldini olish, madaniy landshaftlarni yaratish, kamchiqindi va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini tatbiq etishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |