Uyga vazifa – 3 daqiqa
Tirik organizmlarda muhitga moslashish munosabatlari
Baholash- 3 daqiqa
O`T.I.B.D.O` Maxsudxagova M.K_______
Sana: Sinf: 10-a __________________ 10-b _________________ 10-v_______________ 10____________
52- Mavzu. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: O`quvchilarga biologiya fanining tarmoqlari, metodlari,muammolari haqida ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: O’quvchilarni biologiya fanining asosiy mohiyatini o`rganishga, shaxs sifatida shakllantirishga,kasb tanlashga undash
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning tirik organizmlar tuzilishi ,rivojlanishi ko`payishi,kelib chiqishi haqida ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi:Aqliy hujum, munozarali savollar, klaster usuli
Darsning usuli: mantiqiy fikrlash, hamkorlikda ishlash
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
d) tayanch kompetensiyalar: 2 biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faolishtirok etish;
tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Morfologik moslanishlar haqida gapirib bering.
2. O‘simliklar olamidagi moslanishlarning ahamiyati.
3. Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligini qanday izohlaysiz.
4. Zoologiyadan o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida sutemizuvchilardagi etologik moslanishlarga misollar
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Populatsiya evolutsiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolutsion jarayon populatsiya ichida boshlanadi. Populatsiya individlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaruvchanlik populatsiya individlari orasida tarqaladi. Populatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolutsion jarayonlarda populatsiya kenja tur va turlarni hosil
qiladi. Populatsiya genofondning yo‘naltirilgan o‘zgarishlari tabiiy tanlanish natijasida kechadi. Tabiiy tanlanish tufayli populatsiyalarning genofondida foydali, ya’ni mazkur muhit sharoitida organizmlarning yashab qolishini ta’minlaydigan genlar mustahkamlanadi. Genetika, ekologiya, molekular biologiya singari biologiyaning yangi shoxobchalari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo‘shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Evolutsiya sintetik nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Populatsiya – evolutsiyaning eng kichik, elementar birligi. 2. Populatsiya genetik tarkibining o‘zgarishi evolutsiyaning elementar hodisasi hisoblanadi. 3. Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. 4. Evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillari: populatsiya to‘lqini, enetikavtomatik jarayonlar (genlar dreyfi ), migratsiya, alohidalanish, yashash uchun kurashda yuzaga chiqadigan tabiiy tanlanishdan iborat. 5. Mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiya to‘lqini va alohidalanish tasodifi y yo‘naltirilmagan xarakterga ega omillardir. 6. Evolutsiyaning yo‘naltiruvchi omili yashash uchun kurash asosida paydo bo‘ladigan tabiiy tanlanishdir. 7. Evolutsiya asta-sekin va uzoq davom etadigan jarayondir.8. Tur o‘zaro bog‘langan, morfologik, fi ziologik va genetik jihatdan farq
qiladigan, biroq reproduktiv jihatdan alohidalashmagan birliklar – kenja turlar va populatsiyalardan tarkib topadi. 9. Allellar almashinuvi, genlar oqimi tur ichidagina ro‘y beradi. 10. Evolutsiya divergent xarakterga ega, ya’ni bir turdan bir necha turlar kelib chiqishi mumkin, ba’zan esa yagona bir turdan boshqa yagona tur kelib chiqishi mumkin. 11. Mikroevolutsiya tur doirasida, makroevolutsiya turdan yuqori sistematik birliklarda yuzaga keladigan evolutsion jarayonlarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |