v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning genmuhandisligi usullari asosida olimlar tomonidan olib borilgan tajribalar ahamiyatii haqida ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi:Hamkorlikda ishlash, fanlararo bog`lsh , BBB metodi
Darsning usuli: Aqliy hujum ,FSMU
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
T.K 6 Matematik savodxonlik dars jarayonida o‘z faoliyati natijalarini ko‘rsata olishi, hayvonlarni bir-biridan ajrata olishi, ularning klassifikatsiyasini tuza olishi.
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Tur deganda nima tushuniladi?
2. Tur tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim haqida ma’lumot bering.
3. Dastlab olimlar tur haqida qanday fi krlar bildirgan?
4. Tur mezonlari nima?
5. Turlarni bir-biridan farqlashda turli mezonlardan foydalanish qanday ahamiyatga ega?
6. Sudraluvchi ayiqtovon qayerllarda uchraydi va uning turlari qanday belgilarasosida farqlanadi?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Populatsiya – tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkinchatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Har xil turgakiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo‘ladi. Populatsiyani tashkil etuvchi individ o‘rtasida murakkab o‘zaro munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o‘zaro raqobatda bo‘lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari m-n Populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar.
Mutatsiyalar irsiy o‘zgaruvchanlikning asosiy manbayidir. Bir Yangi turlarning paydo bo‘lish
jarayoni populatsiya genofondining o‘zgarishidan boshlanadi.. Mutatsiyalar gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo‘linadi.Genlar dreyfi – genetik-avtomatik jarayonlar – bir necha avlodlardavomida gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifiy
oʻzgarishi, Populatsiya to‘lqini populatsiyani tashkil etgan individlar so nini davriy o‘zgarib turish hodisasi. Individlar sonining ortishi ular orasida kasalliklarning tarqalishiga va sonining kamayishiga sabab bo‘ladi.Kamayishi yoki ko`payishi populatsiya to‘lqini deb ataladi
Alohidalanish. Geografik alohidalanish daryolar,tog‘lar to‘siqlar paydo bo‘lishi natijasida Ekologik alohidalanish bir turning populatsiyalari tur tarqalgan arealning turli muhitda yashashi
Biologik alohidalanish tur ichidagi individlarning jinsiy organlaridagi tafovutlar, natijasida chatishmasligiga olib keladi.Etologik alohidalanish hayvonlarning hatti-harakati bilan aloqador. Alohidalanishning turli shakllari uzoq muddat davomida har xil allellarga ega organizmlarning erkin chatishishini bartaraf etadi, ya’ni reproduktiv alohidalanishga olib keladi.
Mustahkamlash- 10 daqiqa
1. Populatsiya deb nimaga aytiladi.
2. Populatsiya genofondidagi genlarining tasodifiy o`zgarishi nima deyiladi.
3. Populatsiya to`lqini nima.
4. Populatsiya genefondi qaysi jarayonlar natijasida o`zgaradi
5.Organizmlarda alohidalanish xillarini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |