5-mavzu: Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari



Download 64,67 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi64,67 Kb.
#589850
  1   2   3
Bog'liq
5. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari


5-mavzu: Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari
Reja:

  1. Korxona kadrlar potensiali va uning bozor munosabatlari sharoitidagi roli

  2. Mehnat resurslarini sifati va miqdoriy tavsifi

  3. Kadrlar strukturasi

  4. Kadrlar boshqaruvi va ishchi kuchini rejalashtirish.




        1. Korxona kadrlar potensiali va uning bozor munosabatlari sharoitidagi roli

Mexnat resurslari 16 yoshdan oshgan,doimiy ishlaydigan yoki ish qidirayotgan fuqarolarni o‘z ichiga oladi.
Korxona mexnat resurslari yoki kadrlari ushbu korxonada faol ijodiyot ko‘rsatuvchi barcha kasbiy-malakaviy guruh xodimlaridir, korxona faoliyati natijalariva uning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan llardan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq.Bozor munosabatlari sharoitida kadrlar potensialining axamiyatishundan iboratki,u inson omili sifatida ishlab chiqarishda boshqa qolgan resurslarni bir-biriga bog‘laydi,qarorlar qabul qilish va tavakkalchilik qobiliyatlariga ega,moliya va moddiy omillar holatini belgilab ,natijada korxonaning bozordagi mavkeini ,uning raqobat ustsnligi va tijoriy yutug‘ini ta’minlaydi.
Mexnat munosabatlari korxona faoliyatida muhim va murakkab hisoblanadi. Qanchalik tehnika darajasi yuqori va takomillashgan bo‘lmasin , korxona samaradorligining o‘sishida hal qiluvchi kuch –bu munosib insoniy resurslar ,kadrlardir.
O‘ta murakkab tehnik va ishlab chiqarish muammolarini echishda ko‘pchilikni bir-biri bilan bo‘lgan harakatini ta’minlash har bir odamning umumiy natijaga rag‘batlantirish va ishga ongli yondashuvisiz mumkin emas .Aynan insoniy kapital raqobatbardoshlik ,iqtisodiy o‘sish va samaradorlik garovidir.
Korxona samaradorligini o‘sishida insoniy faktor ta’sirining asosiy jihatlari quyidagilardir:
-kadrlarni tanlash va ko‘tarilishi;
-kadrlarni tayyorlash va ularni uzluksiz o‘qitish;
-xodimlar mexnatini moddiy va ma’naviy baxolashni takomillashtirish.
Xodimlarni tanlash va ko‘tarilishida ikkita omil mavjud:
-yuqori malaka va o‘qishga bo‘lgan qobiliyat;
-hamkorlikka moyillik va muomala tajribasi.
Kadrlarni o‘qitish,doimiy takomillashtirish,ishchi kuchidan oqilona foydalanish imkoniyati, unumsiz sarflarni kamaytirish uchun zamin yaratadi.
Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Prezident I.Karimov aytganidek: “Bugungi kunda biz oldimizga qanday vazifalarni qo‘ymaylik, bizning oldimizda qanday muammolar mavjud bo‘lmasin, ularning barchasi pirovardida kadrlar va faqat kadrlarga borib taqaladi.”
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalarini, garchi ular o‘rtasida ma’joziy ma’noda aytganda “xitoy devori” yo‘q bo‘lsa va ular kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo‘llansada, bir-biridan farqlash lozim.
Salohiyat (potensial) tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug‘at va qo‘llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi, ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan vosita, zahira, manba deb ko‘rsatilgan.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiymalakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir.
Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi.
Korxona personali doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz barcha xodimlardan iborat bo‘lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy «shaxs», iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa tovarlardan farqi shundaki, birinchidan, u o‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat yaratadi, ikkinchidan, uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas, uchinchidan, asoiy fondlar va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish darajasi, xo‘jalik yuritish iqtisodiyoti ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonada kadrlar ishchi, xizmatchi, mutaxassis va rahbarlarga bo‘linadi. Rahbarlarga afzallikni berish lozim. Tadqiqotlar va amaliyot tajribalari shuni ko‘rsatadiki, korxona faoliyatining samaradorligi 70-80 % ga korxona rahbariga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonalarda ishchi kuchi va umuman kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va hokazolar. Ayniqsa mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 64,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish