O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut, bug‘, gaz va hokazolarni o‘lchagichlarga bo‘linadi.
Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash. Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Vaqt oralig‘i t1—t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchashasbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi formulaga muvofiq bajaradi:
(2.1)
bu erda Q – vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori; g – vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi.
Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan davrning boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu davr ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi.
Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga – porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilansarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash diapazonining kattaligidir.
Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotatsion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 5.1-rasmda ovalsimon shesternyali hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
SHesternyalar oqimining kirishiga ko‘ra bir-birini ketma- ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. SHesternyaning bir marta to‘liq aylanishida hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgansuyuqlik miqdori shesternyalarning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. 1 holatda (2.1- rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning I qismini chiqarib tashlaydi. II holatda chap shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi, o‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmi hisoblagichning chiqishiga uzatadi.
2.1-rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi.
Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-sig‘im batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib, o‘ng shesternya yana etaklovchi bo‘lib qoladi. SHesternyalar aylanishining ikkinchi yarmi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8 ... 36 m3/soat diapazondagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. SHartli o‘tish diametrlari 15 . . . 80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosimi 1,57 MPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich o‘rnatilishidagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).
Do'stlaringiz bilan baham: |