Nazorat savollar:
1 Qarshilik termometrlarining ishlash prinsipini aytib bering.
Qarshilik termometri materialiga quyidagi talablar qanday.
Qarshilik termometrlarni qanday turlarini bilasiz.
5-LABORATORIYA ISHI
Termoelektrik termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish.
Ishdan maqsad: Termoelektrik termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish.
Narzariy qism.
Haroratni termoelektrik termometrlar bilan o‘lchash termoelektrik effektga asoslangan. Ikki yoki bir nechta xar xil jinsli o‘tkazgichlardan tashkil topgan berk zanjirida, agar o‘tkazgichlar ulangan (kovsharlangan) joylarining kamida ikkitasida harorat xar xil bo‘lsa, elektr toki xosil bo‘ladi.
Ikki xar xil jinsli o‘tkazgichlardan tashkil topgan zanjirga termojuft deyiladi. O‘zgaruvchan haroratga (t) ega bo‘lgan kovshar issiq ishchi kovshar va o‘zgarmas haroratga (t0) ega bo‘lgan kovshar sovuq kovshar deyiladi. A va V o‘tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi.
T ermoelektrik effekt metallarda erkin elektronlar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Erkin elektronlar soni o‘tkazgich turiga (jinsiga) va uning haroratsiga bog‘liq bo‘ladi.
1-rasm.
Faraz qilaylik, A metalda V metaldagidan ko‘proq erkin elektronlar mavjud (1-rasm) va shu sababli A metaldan V metalga V metaldan A metalga nisbatan ko‘proq elektronlar diffuziyasi kuzatiladi. Natijada A metal musbat va V metal manfiy zaryadlana boshlaydi.
Kovsharda xosil bo‘layotgan elektr maydoni bu elektronlar diffuziyasiga to‘sqinlik qiladi va elektronlar diffuziyasi tezligi elektronlarning orqaga qarab diffuziyalanish tezligiga teng bo‘lib qoladi (ya’ni, A dan V ga qancha elektron o‘tayotgan bo‘lsa V dan A ga ham shuncha elektron diffuziyalanib o‘tadi). Bunda A va V elektrodlar orasida qandaydir potensiallar farqi xosil bo‘ladi.
E(tt0)=eAB(t)-eAB(t0)
Bundan tashqari, termoelektrodlarning xar xil haroratga ega bo‘lgan uchlari orasida ham TEYUK hosil bo‘ladi. Bunda, haroratsi katta bo‘lgan kovshardan, haroratsi kichik bo‘lgan kovsharga qarab elektronlar diffuziyasi, haroratsi kichik bo‘lgan kovshardan, haroratsi katta bo‘lgan kovsharga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Elektronlar diffuziyasi elektrod kovsharlari orasida hosil bo‘lgan potensiallar farqi bilan muvozanatlanguncha davom etadi.
Termoparalarda yuqorida keltirilgan ikki faktor ishlab, 1 va 2 kovsharlarda, ularning haroratsi va termoelektrod materiallariga mos ravishda ikki TEYUK (eAB(t) va eBA (t0)) hosil bo‘ladi.
Termoparada hosil bo‘layotgan yig‘indi termoelektr yurituvchi kuch TEYUK EAB(tt0), kovsharlarda hosil bo‘layotgan potensiallar farqlarining algebraik yig‘indisiga teng
EAB(tt0)=eAB(t)+eBA (t0),
agar eBA (t0) = -eAB(t0) ligini hisobga olsak, unda,
EAB(tt0)=eAB(t) - eAB(t0),
t=t0 bo‘lganda EAB(tt0)=0. YA’ni, issiq kovshar haroratsini o‘lchash uchun sovuq kovshar haroratsi o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lishi kerak (masalan, t0=0).
Do'stlaringiz bilan baham: |