Unli tovushlarning TASNIFIGA KO’RA ikkiGA BO’LINADI: 1-labning ishtirokiga ko’ra:
Lablangan;
u,o,o’
Lablanmagan;
a,i,e
2-Tilning vertikal harakatiga ko’ra:
Yoroqi tor:
O’rta keng:
Quyi keng:
Ayrim hollarda biz unli tovushlarning 3-tasnifini ham ko’rishimiz mumkin:
i,e,a
Til oldi(old qator)
u,o,o’
Til orqa(orqa qator)
Nutqimizda 24 ta undosh tovush bor, ular tasnifiga ko’ra uchga bo’linadi:
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra;
Hosil bo’lish usuliga ko’ra;
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra ham uchga bo’linadi: - Bog’iz undoshlari: h
- Lab undoshlari:
- Lab-lab; b,p,m
- Lab-tish; v,f
- Til undoshlari:
- Chuqur til orqa - q,g’x
- Til orqa - g,k,ng
- Til o’rta – y
- Til oldi – d,t,z,s,l,r,n,ch,sh,dj,j
Hosil bo’lish usuliga ko’ra ikkiga bo’linadi:
Portlovchi:
b,dj,m,n,ng,t,g,q,p,ch,d,k
Sirg’aluvchi:
sh,h,v,f,s,z,y,r,l,g’,x,j
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra: - b,d,g,v,z,g’,j,dj,y,m,n,ng,l,-,-
Jarangli:
- p,t,k,f,s,x,sh,ch,-,-,-,-,-,-,q,h
Jarangsiz:
bo’g’in: Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi. Savod chiqarishda va yozuvda bo’g’in juda katta amaliy ahamiyatga ega. Bo’g’inni tashkil qilishda unli va undosh tovushlar xilma-xil kombi Masalan: - unli — undosh: ol, uy, il...
- undosh — unli: ha, ma, na...
- unli — undosh — unli: ola, una, ura...
- undosh — unli — undosh: bir, til, kir...
- undosh — unli — undosh — unli: vafo, qora, bola...
- undosh — unli — undosh — unli — undosh: bodom, g’azab, lobar va hokazo. natsiyalarda bir-birlariga qo’shiladilar.
Bo’g’inlar ikkita turga bo’linadi:
So’zlar unli tovush bilan tugasa bular ochiq bo’g’in deyiladi
So’zlar undosh tovush bilan tugasa bular yopiq bo’g’in deyiladi
Yozuv va uning tarixi: - Og’zaki nutqda tovushlardan, yozma nutqda esa harflardan foydalanamiz. Yozma nutq yozuvning kelib chiqishi va uning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.
- Boshqa xalqlar qatori o’zbek xalqi ham o’tmishda bir qancha yozuv turlaridan foydalangan. Avesto, urxun-enasoy, sug’d, xorazm, uyg’ur yozuvlari shular jumlasidandir. Bu yozuvlarda xalqimizning tarixi, urf-odatlari, madaniyati va san‘atiga aloqador bo’lgan qimmatli ma‘lumotlar saqlanib qolgan.
O’zbek xalqi 1930-yilga qadar bir necha yuz yillar davomida arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir bebaho asarlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug’bek, Forobiy singari buyuk olimlarimizning ilmiy mushohadalari, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho’lpon-u Fitratlarning aql bovar qilmas go’zal satrlari aynan ana shu yozuvda bitilgan. - O’zbek xalqi 1930-yilga qadar bir necha yuz yillar davomida arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir bebaho asarlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug’bek, Forobiy singari buyuk olimlarimizning ilmiy mushohadalari, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho’lpon-u Fitratlarning aql bovar qilmas go’zal satrlari aynan ana shu yozuvda bitilgan.
- 1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalandi. 1940yilning may oyidan boshlab esa rus grafikasiga asoslangan o’zbek yozuvi amalda tatbiq etildi.Mustaqillik barcha sohalarda bo’lgani singari yozuv borasida ham milliy davlatchilik siyosatini yurgizish imkoniyatlarini yaratdi.1993-yilning 2-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
E’tiboringiz uchun rahmat…! 2021-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |