Bunday tajribalarda ter bezlarini ishi sezilarli ortib, ter chiqish kuchayadi va oqibatda tana namlanishi tekis bo’ladi.
Sovuqqotish. Sovuqqotish qari organizm reaksiyasi issiqlik kam ajralishi va organizmda ko’proq energiya hosil bo’lishi, ya’ni gomoyatermning saqlanishiga qaratilgan. Issiqlik teri orqali ajralishining kamayishi qon tomirlarining torayishi hisobiga ro’y beradi. Sovuq iqlimda hayot kechirish uchun qo’shimcha issiqlik saqlovchi kiyim kiyish kerak. Shimoliy qutb hayvonlarida energiya saqlash qalin yog’ va yung qobiq orqali amalga oshiriladi. Shu darajada inson hayvon terilaridan bo’lgan kiyim kiyishi yoki boshqa materiallardan tayyorlangan kiyim kiyishi kerak bo’ladi. Qalin yog’ qavatiga ega bo’lgan odam sovuq suvda uzoq vaqt bo’lishlari mumkin.
Sovuqda organizm ko’p issiqlik ajratadi. Bu ixtiyorsiz titrash yoki isish uchun odam ishlashi yoki yurishi kerak bo’ladi. Yurganda tik turganga qaraganda issiqlik uch marta ko’p ishlab chiqariladi. Titrash teri haroratining pasayishi tufayli ro’y beradi. Eskimoslar chanada uzoq vaqt chopishlari, lekin kuchdan qolmasligi kerak.
Qattiq sovuqqa nisbatan reaksiya muhim ahamiyatga ega. Oldin qo’l tomirlari torayadi, besh minutdan so’ng tomirlar kengaygayishi, keyin shunday holat takrorlanishi va bu yo’l orqali qo’lni sovuq urishdan saqlash mumkin. Sovuqqa moslashish sekinlik bilan rivojlangan. Eskimoslarda modda almashinuvi tezligi 7 - 30% shu muhitda yashaydigan yevropaliklarga qaraganda yuqori bo’ladi.
Termoadaptatsiya omillari. Odam gavdasining kattaligi shakli qandaydir darajada issiqlik almashinish jadallashishiga ta’sir ko’rsatadi. Teri yuzasi qanchalik katta bo’lsa, unga tomirlardan shuncha ko’p qon keladi va issiqlik ajralishi ham ko’p bo’ladi. Agar issiqlikni tanadan ajratishda terlash ahamiyatli bo’lsa, ko’p tana yuzasiga ega odamlarda issiqlikning ajralishi ham ko’p bo’ladi. Agar issiqlik ajralishi nurlanishga bog’liq bo’lsa, katta maydonga issiqlik ko’p ajraladi. Lekin bunday korrelyatsiya 0.8ga teng. Bu issiqlik ajralgan shaxsning o’ziga xos o’zgaruvchanligi terlashiga bog’liq. Binobarin gavda tuzilishi issiqlik ajralishida alohida omil emas. Issiqlik muskul ishi ta’sirida ajraladi va tana og’irligi va jismoniy mehnat turiga bog’liq. Semiz va oriq odamlarda bir kg og’irlikdan ajralgan issiqliq deyarli o’xshash. Lekin bu miqdor turg’un bo’lmay, odam gavdasi kam bo’lsa, tana yuzasi ko’p bo’ladi. Pakana odamlar tana yuzasi kam, novchalarda ko’p bo’ladi. Shunga ko’ra tana yuzasi katta bo’lgan shaxslarda issiqlik ko’p tarqalgani sababli yuza birligidan ajraladigan energiya kam, pakanalarda tana yuzasi birligidan ajralgan energiya ko’p bo’ladi.
Oziqlanish ekologiyasi. Odam bir soatda 7 kilokaloriya energiya sarflaydi. Homilador ayollar esa 1soatda 100 kilokaloriya, bolalar yoshiga qarab 40 - 60 kilokaloriya sarflaydi. Odam yurganda 110 kilokaloriya, yuk tashiganda 200, bir soat davomida daraxt kesayotganda 480 kilokaloriyani yo‘qotadi. Qishloq joylarda odamlar ko’proq uy yumushlari: o’tin to’plash, ovqat pishirish, kiyimlar va asboblarni tuzatish, uy qurish, mebel yasash kabi yumushlarni bajarishadi. Bunday ishlarga tinim davridagi qaraganda 1,5 maratoba ko’p energiya sarflanadi. Har qanday jamiyatda katta odamlar uchun bir kunda 2000-3000 kilokaloriya energiya kerak bo’ladi. Bu odam gavdasi kattaligi, iqlim sharoiti, ishining qiyinligiga qarab har xil bo’ladi. Olingan energiyaning 30 - 40 % iqtisodiy jihatdan qoloq jamoalarda Shunday tartibda sarflanadi. Odamsimon maymunlarda esa 70% energiya ozuqa topishga ketadi.
Oziqlanish va energiya manbai har xil, chunonchi tabiatdan tayyor hayvonlar, o’simliklarni yig’ish hisobiga oziqlanuvchi Kaliforniyadagi indeys (mongoloid), Avstraliyada yashovchi veddalar (ayralandlar), bushmenlar (Afrika negrlari), janubiy Afrikada yashovchi pakana negrlar yoki pigmeylar eskimoslar, Amerika indeyslari, melanaziyaliklar veddalar ovchilik, baliq tutish bilan mashg’uldir.
Negrlardan bantu, masaylar, mongoloid irqiga mansub janubiy Manjuriya odamlari cho’ponlik bilan shug’ullanadilar. Afrikaning Sahroi Kabir va uning atrofidagi dashtda yashovchi negroidlar, mongollar, chukchalar, ko’chmanchi hisoblanadilar.
Ibtidoiy dehqonchilik bilan Yangi Gveniya negrlari, janubiy mongollar (mongoloid) melaneziyaliklar (Avstraliya) Shug’ullanadilar. Yuqori rivojlangan dehqonchilik bilan esa g’arbiy Afrika xalqlari, o’rta yer dengizi atrofidagi odamlar (kavkaz irqi) indoneziyaliklar, Chunonchi shimoliy mongoliyada yashovchilar Shug’ullanadilar.
Odamlar iste’mol qiladigan ozuqa manbalari har xil. Ularning tarkibida, asosan, yog’, uglevod, oqsil va turli boshqa moddalar bo’ladi. Bir kunda buyuk Britaniyaliklar 110g yog’ (990k/k) 400g uglevod (1600k/k) 100g oqsil (400kk) olgan holda eskimoslar esa 162g yog’ (1458) 59g uglevod (236k/k) 377 oqsil (1408k/k)ni ozuqa bilan oladilar. Barbodas orolida yashovchilar esa bir kunda ozuqa bilan 63gr yog’ (567k/k) 416g uglevod (1664k/k) 45g (180k/k) oladilar. Shunday qilib har xil irqiy guruhlar bir kunda oladigan ozuqa xiliga bog’liq holda va ulardagi energiyaning o’zaro nisbati bir - biridan ancha farq qiladi. Uglevodlarning asosiy manbai donli o’simliklar, ildizmevalar, mevalar va qant, yog’lar esa o’simlik va hayvon mahsulotlaridan olinadi, oqsillar, asosan, hayvon go’shti, baliq, yong’oq va dukkakli o’simlik mevalarida bo’ladi.
Mineral tuzlar va suv. Odam hayot faoliyatida yuqorida qayd etilgan oqsillar, yog’lar, uglevodlardan tashqari temir, osh tuzi, yod, kalsiy, suv nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bu moddalar tabiatda bir xil tarqalmagan.
Kalsiy. Agar oziqada kalsiy kam bo’lsa, ichaklarda uni shimish tezlashadi. Kalsiy balansining bir maromda ushlab turish ultrabinafsha nurlarini ta’siriga ham bog’liq. Teri orqali ultrabinafsha nurlarni o’zlashtirish D vitamin uchun xom-ashyo hisoblanadi. Ergosteral moddasiga yaqin moddani ko’paytirishga olib keladi. Agar teri ultrabinafsha nurlar ta’siridan holi bo’lsa, u ruhiy kasallik paydo qiladi. U qora tanlilarda ko’p uchraydi. Chunki terida melanin ko’p bo’lishi sababli ultrabinafsha nurlar teri osti qismiga kam o’tadi. Kalsiy sut va pishloqda ko’p bo’ladi. Agar ozuqada kalsiy kam bo’lsa, odamlar past bo’yli suyaklari unchalik uzun bo’lmagan tishlarining rivojlanishi ham orqada qoladi. Seylonda go’sht, sut kam, uglevodlar ko’p ozuqa bo’masligi sababli odamlari past bo’yli bo’ladi. Agar o’simliklarda kalsiy kam bo’lsa, qo’ylar ham past bo’yli bo’ladi. Lekin laplandiyaliklar, eskimoslar kalsiyni go’sht bilan ko’p olsa ham past bo’ylidirlar.
Temir. Iste’mol qilinadigan ozuqalarda temir moddasi yetarli bo’lishi kerak. Temirga bo’lgan ehtiyoj anemiya, bezgak, talassemiya, yoysimon anemiya kasalliklarida ko’p bo’ladi. Homila va bolalar ko’krak suti bilan boqadigan ayollarda yilning ma’lum faslida temir kam bo’lishi kuzatilgan.
Osh tuzi. Osh tuziga ehtiyoj har kuni kuzatiladi. Issiq mintaqalarda yashovchi odamlarda natriy xlorid ter orqali ko’p ajraladi. Shunga ko’ra osh tuziga talab bunday joylarda bir muncha yuqori bo’ladi. Iqlimga moslashish moboynida natriy xlorid iste’mol qilish bilan uni ter va siydik orqali ajralishi orasida muvozanat paydo bo’lgan. Odam ovqatidagi tuz miqdorining kam yoki ko’p bo’lishiga tez moslashadi. Masalan Qashqadaryoning Kasbi rayoni suvlarida natriy xlorid ko’p, ba’zi buloq suvlarida uning miqdori kam. Afrikaning tropik rayonlarida yashovchi ba’zi qabilalarda yevropaliklarga nisbatan qonda natriy xlorid kam. Lekin bu irqiy belgi sanalmaydi. Chunki tropiklarda yashovchi yevropaliklar qonida ham natriy xlorid kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |