Saymir yoki olmaxon maymunlar kaputsinlardan o'zining kichikligi bilan farqlanadilar. Ular olmaxondan yirik bo'lmaydilar. Yungi kalta, yashil kulrang, qoramtir - ko'kish, sarg'ish, gavdaning pastki qismi oq sariq, dumining uchi qora. Quloq yunglari va ko'z atrofidagi yunglari oqish, tumshug'i qora, dumi ilashuvchi emas. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlarga qaraganda uzun. Erkagi urg'ochisiga nisbatan yirik boladi. Qoziq tishlari kaputsinlarga qaraganda kichik. Boshining orqa qismi cho'zinchoq. Olmaxon maymunlar Janubiy Amerikaning Shimoliy qismida yashaydi. Ular 100 va undan ortiq to'da bo'lib yashaydilar. Daryo atrofida, daraxt shoxlarida va yerda tez harakat qiladi. Ular bir - biriga qisilib uxlaydilar. Homila vaqti 168-180kun. Bolasini oldin qorin tomonida, keyin yelkasida olib yuradi. Saymurlar mevalar, hasharotlar, baqalar, mayda qushlar bilan oziqlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |