T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Uning ishlatilishi xaqida ikki xil fikr bor



Download 1,17 Mb.
bet135/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166
Bog'liq
A

Uning ishlatilishi xaqida ikki xil fikr bor.

  1. tayoq uchidagi yoriqqa tiqilgan va komon o’qi yasalgan.

  2. Suyak yoki yog’och qurollarga taqib o’tkir tig’ xosil qilingan.

Ilk mezolit bosqichida mikrolint texnikasi endigina paydo bo’lgan, o’rta mezolitda uning yirik va qalin turlari yasalgan. So’ngi mezolitda tosh bigiz tayyorlangan.

Ilk mezolit bosqichi miloddan avvalgi XI-X ming yilliklarni, o’rta mezolit miloddan avvalgi IX- VII ming yilliklarni qamrab olgan. O’zbekistonda mezolit boshqa davrlarga qaraganda kam o’rganilgan O’.Usmanov o’rganilgan yodgorliklarni Farg’ona, Toshkent, Surxondaryo teritoriyalariga bo’ladi.

Toshkentning bo’zsuv anxorining chap sohilida qurilish makoni topilgan. U yerda nukleislar, qirg’ichlar uchraydi. Markaziy Farg’onaning so’ngi mezolit davri miloddan avvalgi 6 ming yilliklarga mansub. U davrda odamlar ovchilik, termachilik, baliqchilik bilan mashg’ul bo’lgan.

Machayg’or makonida 370 toshdan yasalgan mehnat qurollari - nukleuslar, tosh qurollar, keskich, ushlatgich toshlar nayza o’q uchlari topilgan. Bulardan tashqari odam bosh suyaklari, tish, jag’ va boshqa organlarning suyak qoldiqlari uchraydi. Xozirgacha O’rta Osiyoning mezolit davriga mansub bunday topilmalar boshqa joylardan topilgani yo’q.

G’ordan yana qizil bo’ri, tulki, bars, suvsar, quyon, jayra, olmaxon, to’ng’iz, buxoro bug’usi, ayiq, echki, toshbaqa suyaklari ham topilgan. Tadqiqotlar g’orni miloddan avvalgi 7-6 ming yilliklarga mansub ekanligidan dalolat beradi. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni qamrab oladi. Neolit davrida odamlar o’troq hayot kechirgan va dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan. Yuqorida keltirilgan antropologik, arxeologik ma’lumotlar O’rta Osiyo hududida eng qadimgi, qadimgi, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar yashaganligidan guvohlik beradi.

Arxantroplar - eng qadimgi odamlar bundan 1.2 mln yil muqaddam, paleontroplar - qadimgi odamlar 100-80 ming yillar davomida hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar esa miloddan avvalgi 120-40 ming yillarda yashaganlar.

Musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni Karim odamning paydo bo’lishi to’g’risida A’ruf surasini 2 oyatida “Albatta (Biz) sizlarnir (odamni) yaratdik, so’ngra sizlarga (unga suvrot berdik)” Xijr surasini “Men (asli) qora balchiqdan (olib) quritilgan loydan inson yaratuvchiman” 29- oyat. “Bas, uni tiklab ichiga o’z (dargoximizdagi) ruximdan kiritganman”. Isro surasining 61 oyatida ham odam loydan yaratilganligi qayd etiladi. Haj surasining beshinchi oyatida “Biz. sizlarni (otangiz Odamni) tuproqdan. so’ngra (odam naslini) moniydan, so’ngra laxta qondan, so’ngra shakllanib bitgan va bitmagan parcha go’shtdan yaratdik. biz (sizlarni) xoxlaginimizcha- muayyan muddatgacha bachadonlarda qoldirib, so’ngra chaqoloq xolingizda (dunyoga) chiqrurmiz...” . Zumar surasini oltinchi oyatida (U) sizlarni bir jondan (odamdan) yaratdi, so’ngra undan juftini (xavoni paydo) qildi... . Qur’oni Karim Toshkent - 2014. Toshkent “Islom Universiteti” nashriyot- matbaa birlashmasi.

22§. Ibtidoiy odamlarning turmush kechirish xillari Tayanch tushunchalar va bilimlar: arxantrop, sinantrop, pitekantrop,

paleontrop, geydelberg, neandertal, neontrop, kromanon, Homo erectus, Homo sapiens. Odamning kelib chiqish markazlari. Monosentrizm vapolisentrizm

Bundan taxminan 1.7 mln yil muqaddam pleystosen, ya’ni muzliklar davri boshlangan. Pleystosen davridagi odam evolyutsiyasini olimlar shartli ravishda uch: arxantrop, paleoantrop va neoantroplarga bo’ladilar.

Arxantroplar - petikantrop - sinantroplar bo’lib, hozirgi vaqtda antropologlar ularni Homo eruktus turiga kiritadilar. Arxantroplardan keyin paydo bo’lgan odamlarni paleantroplar degan yig’ma atama bilan ataydilar. Chunki u bilan geydelberg odami va neandertal odamini birgalikda tushunadilar. XX asrning 60-yillaridan boshlab hozirgi zamon tipidagi odamlarni Homo sapiens sapiens, neandertal odamlarni Homo sapiens neandertalensis deb atala boshlangan.

Lekin bunday ajratish munozarali hisoblanadi. Chunonchi klassik neandertal bilan hozirgi odamlar DNKsini taqqoslash tufayli ular orasidan hozirgi irqlar orasidagi farqga nisbatan uch hissa ko’p ekanligini ko’rsatadi. Skelet tuzilishi ham neandertallar bilan hozirgi odamlar skeleti ancha farq qiladi. Bu esa hozirgi odamlarni Homo sapiens deb atash maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi.

Turkan Afrikan ko’lining g’arbiy va sharqiy qirg’oqlaridan topilgan suyaklarini tekshirgan olimlar arxantroplar bundan 1.8 mln yil ilgari paydo bo’lgan, degan fikrga keldilar. 1.7-0.5 mln yil oldin yashagan arxantroplar suyak qoldiqlari, ayniqsa, bosh miya qutisini tekshirish natijasida ularga Homo erektus turi deb atashning maqbulligini ko’rsatdi. Dastlabki yarim million yillar davomida arxantrop faqat Afrikada, keyinchalik yaqin Sharqda, hatto, Kavkazda ham topilgan.

Ularning suyaklari Gruziyaning Djumanne degan joyidan ham topilgan. Bundan 1.2 mln yil oldin erectus Yava oroliga tarqalgan bo’lib, ular 1.4 mln yil muqaddam Yevropaga ham tarqalgan.

1984- yil Gollandiyalik vrach Akaha Dyuegeo Yava orolining Solo daryosi yaqinida maymun odam - petikantropning suyak qoldiqlari miya qutisining yuqori qismi, keyin son suyagini topadi va unga petikantropus erektus deb nom beradi.

Petikantroplar million yillar ortiqroq vaqtda yashagan va keyingi vaqtlar keng maydonda butun Afrika, janubiy Yevropa, Osiyoning kop qismida tarqalgan bo’lishiga qaramay, ularning populyatsiyalari bir-biridan tabiiy to’siqlar suv, tog’lar bilan alohidalashgan holda bo’lgan. Shunga qaramay ularning ichki tuzilishi bir xil bo’lgan va morfologik jihatlari ham o’xshash bo’lgan.

Erectus turiga, ya’ni arxantroplarning ko’pchilik vakillarining skeleti odam skeletiga o’xshash. U, ayniqsa, son, yelka, bilak suyaklarining uzunligida ko’zga tashlanadi. Dastlabki gominidlarga erectus tanasining kattaligi erkak va ayol o’rtasida gavda tuzilishdagi hajmiga ko’ra farqni ortganligi bilan xarakterlanadi.

Bundan tashqari erektuslarda daraxtda yashashga moslashish bo’lmagan. Shu bilan birga tos suyak, umrtqasi hamda oyoq suyaklarida ba’zi tafovutlar arxantroplarning qadimgilar bilan keyingilar o’rtasida tafovutlar borligini bildira di. Arxantroplar evolyutsiyasida bosh suyagi tepa qismining ko’tarilishi hisobiga miya

-5

hajmi 1000 sm bo’lganligi aniqlangan. (rasm) Miya hajmining katta bo’lishi xususida ikki xil fikr bor. Ba’zi olimlar erectus evolutsiyasi davomida miya asta- sekin ortib borgan desalar, boshqa olimlar esa arxantroplar paydo bo’lishi jarayonida bosh miya sakrash yo’li bilan keskin kattalashgan, keyinchalik arxantroplar miyasida paleantroplar paydo bo’lgunga qadar ko’zga ko’rinarli o’zgarishlar yuz bermagan deydilar.



Miya hajmi o’zgargan bo’lishiga qaramay peshanasi qiya past, suyaklari qalin, uning kengligi neandertal va hozirgi odamlarnikidek kalla skeleti o’rtasida emas, balki avstralopiteklar kalla skeletining o’zagiga to’g’ri keladi. Jag’ tishlari hozirgi odamlarnikidek yirik bo’lgan.








Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish