Yozda ular o’simlik mevalarini, pakana tollarning yangi novdalarini yeydilar. Eskimoslar bir o’tirishda 8 kg go’sht yeyishlari mumkin. Ularda yod yetishmaslik kasalligi uchraydi.
Neolit davrigacha bo’lgan odamlar ozuqasi. Eskimoslarning ozuqasi ovchilik bilan shug’ullanuvchi odamlarning va shu bilan birga neolit, mezolit davrlarida yashagan odamlarning ozuqasini eslatadi. Lekin bir farq eskimoslar ozuqasida o’simlik mahsulotini nihoyatda kamligidir. Hozirgi davrda ovchilik bilan shug’ullanuvchi qabilalarda kaniballik ma’lum emas. Dastlabki mevalarni yig’ib oziqlanuvchi odamlar pitekantroplar, neandertallarda va tosh davridagi boshqa odamlarda kannibalizm keng tarqalgan. Umuman aytganda ovchining ozuqasidagi kalloriya, agar ov baroridan kelsa, organizm uchun yetarli bo’ladi. Dastlabki odamlar dehqonchilik bilan shug’ullanguncha shunday yashagan.
Sinantrop skeleti va uning suyaklari topilgan joylarda kuydirilgan, sin- dirilgan bizon, ot, nasarog, bug’u, qo’ng’ir ayiq, yirik shoxli qo’y, tuyaqush, kiyiklar, hind buyvoli, yovvoyi cho’chqa va boshqa hayvon suyaklarining bo’lishi sinantroplar ularning go’shtini yeganligidan dalolat beradi. Demak, ovchilik bilan shug’ullanuvchi boshqa odamlar qabilalari ham shu hayvon go’shtlari bilan oziqlanganlar. Xitoyda topilgan sinantroplar yana tulki, yovvoyi mushuklar, makak, babuin kabi maymun go’shtlarini ham iste’mol qilishgan. Sinantroplar dukkakli va vitaminlarga boy o’simliklarni ham yeganlar.
Neandirtal hayvon suyaklarini parchalab, miyasni yeganlar. Ular ot, cho’chqa, ayiq, nasorogning go’shtlari bilan oziqlanganlar va ular ham sinantroplar singari kannibalizm bilan mashg’ul bo’lganlar. Gabraltov g’orlardan gagara qushlarining, mollyuskalarning chig’anoqlari, shu jumladan, ikki pallali chig’anoqli mollyuskalar chig’anoq qoldiqlarining topilishi ular qushlar va mollyuskalami yeganliklarini tasdiqlaydi.
Gambiya dehqonchilik topilmalari. Gambiyada yashovchi aholining ozuqasi findi, makkajo’xori, guruch, qamish tarig’i, sorgo donidan iborat bo’lgan. Findi yem -xashak o’simligi bo’lib, urug’i boshqa donlilarga o’xshash. U maydan boshlab pishadi va ovqatga ishlatiladi. Sholidan hamma vaqt ovqat qilinganda uning zahirasi tugaguncha apreldan boshlab guruch tamom bo’lgach tariq va sorgodan foydalaniladi. Sut va tuxum ahyon - ahyonda yeyiladi. Demak, har kuni uglevodlar ozuqaga ishlatiladi va ozroq go’sht va quritilgan baliq, yeryong’oq, dukkakli o’simliklar yilning ma’lum vaqtida ko’katlar va mevalar iste’mol qilinadi. Binobarin, gambiyaliklar ozuqasida oqsil kam, Shunga ko’ra jigar serrozi ko’p uchraydi. Organizmda tez - tez temir, kalsiy yetishmaydi.
Chorvachilik bilan kun ko’ruvchi xalqlarda ham ozuqa yetishmasligi ro’y beradi. Sudanda qisqa yomg’irli mavsumdan so’ng chorvani boqish, yerni haydash qiyin bo’ladi. Natijada hayvon oqsillari vitamin A va C yetishmaydi. Yomg’ir ko’p yog’sa, chorvadorlar sut va ko’katlar hamda donga ega bo’ladilar. Chorva bilan shug’ullanadigan odamlarga qaraganda dehqonlar ozuqasi ishonchli, lekin uning sifati, energiyasi past .Unda oqsil, mineral tuzlar, vitaminlar kamyob. Shunga ko’ra bir vaqtning o’zida dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shug’ullanish ozuqani sifatli bo’lishiga sharoit yaratadi. Bu eramizdan 4000 yil oldin Yevropada kuzatilgan. Ular arpa, bug’doy, no’xat, loviya va boshqa o’simliklarni ekkanlar, shuningdek, echki, qo’y, cho’chqa, qoramol boqqanlar.
Ozuqaga qarab jismoniy va irqiy tafovutlar. Antropologlar gavda kattaligini uning jismoniy taraqqiy etganligi yuz, kalla, gavda kattaligi uzoq davom etgan irqiy va genetik omillar ta’siri natijasi deb tushuntiradilar. Vaholanki, bunday farqlar tashqi muhit birinchi navbatda oziqlanish ta’siri bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Chunonchi kolonizatsiya boshlanishi bilan islandiyaliklar qadimda ajdodlari bo’lgan norvegiyaliklar singari novcha bo’lganligiga qaramay janubiy italiyanlar singari past bo’yli bo’lganlar. Bu davr iqlim o’zgarish bilan bog’liq holda ocharchilik ro’y bergan. Grelandiyaliklar ham ocharchilik tufayli islandiyaliklarga qaraganda ham past bo’yli bo’lgan. Keyinchalik islandiyaliklar yana o’sgan va hozirgi vaqtda eng novcha odamlar sanaladi. Oziqlanish genetik omilga qaraganda jismoniy tafovutni ko’proq keltirib chiqaradi. Agar odamda ozuqa yetishmasa, uning bo’yi past, gavdasi ixcham bo’la boshlaydi. Masalan, Hindistonning shimolida yashovchi sinxlarning bo’yi baland, kuchli gavdali, yashovchan bo’lishgan. Bu ularning ozuqasida go’sht, sut mahsulotlari ko’pligidandir. Hindistonning janubida yashovchi madraeslar va vegetariyanlar esa unchalik bo’ychan emas. Mak Karrisan degan tadqiqotchi kalamushlarni ikki guruhga ajratib, biriga sinxlar, ikkinchisiga madraeslar ovqatini muntazam berib borganda birinchisining o’rtacha vazni 155gr ikkinchsining vazni 25gr bo’lgan.
Keniya davlati (Sharqiy Afrika)da masai va kikuyyu qabilalari yashaydi. Kikuyyular ozuqasi donli, tugunak va ozroq dukkakli o’simliklardan iborat. Masailar uy hayvonlarini boqqanligi sababli go’sht, sut, buyvollar qonidan tayyorlangan ovqat yeyishgan. Shunga ko’ra masai qabilasidagi odamlar kikuyyularga nisbatan 7- 8 sm baland bo’lgan, vazni esa 10 -11kg ortiqcha bo’lgan.
Nikols ta’kidlashicha seylonliklarning bo’yi va gavdasining og’irligi irqiy belgilarga emas, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga bog’liq. Boy aholining 15 yoshli o’g’il bolalari kambag’allarning shu yoshdagi o’g’il bolalariga qaraganda 12 - 13sm baland, vazni esa, 8 kg ortiqcha. Tasmaniya va Porto - Rikadagi boy negr bolalarining bo’yi faqat kambag’al negrlar emas, balki kambag’al yevropaliklarga qaraganda ham baland ekanligi aniqlangan.
Oziqlanishning ijtimoiy aspekti. Birlamchi odam to’dasi atrofdagi muhitning ozuqa zahiralaridan nima yeyilishi mumkin, nima zaharli ekanini yaxshi bilgan. Avstraliyaning tub aholisini shu jihatdan ekologiya bo’yicha mutaxasislar deb atash kerak. Ular har bir o’simlikni, daraxtni yaxshi bilganlar. Ular hosilni qachon yig’ib olish, ovchilari esa hayvon izidan u qanday hayvon ekanligini bilganlar. Bu ularning mimikalarida, bushmenlarning o’yinlarida, devordagi suratlarda yaxshi ifodalangan. Bushmenlar hasharot qurtlarini, baqalarni, ilonlarni kaltakesaklarni, chigirtkalar va chumolilarni iste’mol qilgan. Chunki ularda odam uchun foydali yog’lar, oqsillar, vitaminlar bor.
Avstraliya tub aholisi tungi kapalaklar, qo’ng’izlar, chumolilami iste’mol qilishgan. Afrikada chivinlar gujusidan, masalan, Tanganika ko’lidan tutib, undan un tayyorlanganlar. G’arbiy Afrikaning ko’p xalqlari uchun termitlar - qirchumolilar yog’, oqsil va kalloriya manbai hisoblangan.
Baobob barglari soya joyda quritilgan, bunda vitaminlarni uzoq vaqt saqlaydi. Undan sho’rva tayyorlaganlar. Meksikada durra degan o’simlikdan tayyorlangan pivo mineral tuzlarga boy bo’lib, singa kasalini tuzatadi. Makkajo’xoriga bir protsent ohak eritmasini shimdirib bo’lgandan so’ng unda kalsiy konsentratsiyasi 20 marotaba yuqori bo’ladi. Haqiqiy kaniballik 70% ni tashkil etsa, shundan 20% avstraliyaning ovchi xalqlariga, 36% ibtidoiy dehqonchilik bilan shug’ullanganlarga ta’luqlidir. Sifatsiz oziqlanish sabablaridan biri oziqa zahiralarining saqlashni bilmaslikdir. Mahsulotlar saqlash uchun xonalarning bo’lmasligi natijasida ko’p hosil nobud bo’ladi yoki kalamushlar, hashoratlar, zamburug’ kasalliklari tufayli nobud bo’ladi.
Ibtidoiy poda (gala). Antropogenez jarayonida ikki bosqich kuzatiladi. Birinchi bosqich qurollar yasash bosqichidir. Ikkinchi bosqich qadimgi odamlarning hozirgi jismoniy tipdagi odamlarga o’tishidir. Misrdan topilgan parapitek (yunoncha ara - yonida, oldida pithecas - maymun demakdir) u ikki tarmoqga ajraladi. Ulardan biri prapliopitek (yunon pro - avvalo oldingi) ulardan gibbon paydo bo’lgan, ikkinchi tarmoq sivopitekdan orangutan tarqalgan. Propliopiteklardan keyin driopiteklar (yunoncha drio - chakalakzor, qalin o’rmon) ya’ni ulardan odam va gorilla, shimpanzelar kelib chiqqan. Ular uchlamchi davrning oxirida yashaganlar. Driopiteklar qoziq tishlari kattaligi va kurak tishlar oralig’ini birmuncha kichrayishi ularni odamga yaqinlashtiradi. Ramapitek driopiteklarning progressiv rivojlangan tarmog’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |