10
XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORGARLIK KOʻRISHGA YOʻNALTIRIL-
GAN TAYANCH MAKTABLARI UCHUN TRENINGLAR O‘QUV DASTURINING
OʻQISH SAVODXONLIGI
BO‘LIMIGA
KIRISH
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan Tayanch
maktablar uchun treninglar o‘quv dasturining mazkur bo‘limida
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash
va rivojlantirishga
qaratilgan mavzular o‘rin olgan. Ushbu mavzularni tayanch
maktablaridagi seminar, davra suhbatlari va treninglar davomida
filologiya fanlari o‘qituvchilari uchun yetkazib berish mo‘ljallangan.
Mazkur bo‘limdagi mavzularni shakllantirishda mavzuning
dolzarbligi, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim
maktablari
oʻqituvchilarining ehtiyojlari, oʻquvchilarning yosh xususiyati hamda o‘quv
dasturi doirasida ko‘rib chiqilishi tavsiya etilgan matnlarning o‘quvchilarda
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati e’tiborga olindi.
Oʻquv dasturida ta’limdagi oʻzgarishlar, metodologiya, baholash shakllari
va mezonlari, XXI asr koʻnikmalari, test turlari, matn turlari, xalqaro baholash
mezonlari, kreativ yondashuv, xalqaro tajribalar kabi berilgan mavzular asosida
tinglovchilarning o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini, shunigdek xalqaro
tadqiqotlarda baholanayotgan kompetensiyalarni rivojlantirish boʻyicha kasbiy
mahoratini oshirish nazarda tutilgan. Dastur ta’limdagi islohotlar, faol oʻqitish
metodlari va metodologiya, xalqaro tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni
tizimli yetkazib berish maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, amaliy
mashgʻulotlar sifatida mavzular berilgan bo‘lib, ular xalqaro tadqiqot doirasida
berilayotgan topshiriqlar ustida ishlash tajribalarini orttirishga qaratilgan.
Dasturdagi “XXI asr koʻnikmalari”, “Matn turlari”, “Til va nutq”,
“Kompetensiya”, “Kommunikativ savodxonlik” kabi mavzularga muomala
madaniyati,
mutolaa odobi, adabiy oʻqish tushunchalari singdirilgan.
Ushbu
oʻquv
dasturidan
o‘rin
olgan
mashgʻulotlar,
tayanch maktablarida filologiya fani o‘qituvchilarining metod
kunlarida ikki haftada bir marta tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Oʻquv dasturidagi mavzular bir yilga moʻljallangan boʻlib, 17 ta oʻquv
mashgʻulotiga taqsimlangan. Har bir oʻquv mashgʻulotining davomiyligi
astronomik 3 soat qilib belgilangan boʻlib, jami 51 soatni tashkil etadi.
Berilgan mavzularni mazmunan keng qamrab olishni ta’minlash
maqsadida oʻquv mashgʻulotlari uchun ajratiladigan vaqtni quyidagicha
11
taqsimotlash tavsiya etiladi:
nazariy -25 daqiqa; tanaffus -5 daqiqa;
amaliy- 80 daqiqa; tanaffus- 10 daqiqa;
mustaqil ish - 60 daqiqa.
O‘quv dasturidagi mashg‘ulotlarning nazariy jihatdan yoritib berilishi
uchun tayanch maktablarining o‘qish savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha
trener
o‘qituvchilari tomonidan xar bir mavzu bo‘yicha taqdimotlar tayyorlangan
holda tinglovchilarga atroflicha tushuntirib berilishi lozim bo‘ladi.
Amaliy mashgʻulot sifatida berilgan mavzular xalqaro baholash
dasturlari doirasidagi topshiriqlarni yechish bo‘yicha amaliy
ko‘nikma va tajribalarni orttirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda trener
o‘qituvchilar mashg‘ulotlarni tinglovchilar bilan birgalikda bajaradilar.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida
olingan bilimni
mustahkamlash maqsadida mustaqil ish mavzulari ham berilgan bo‘lib,
ular tinglovchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Mustaqil ish jarayonida har bir tinglovchi berilgan topshiriq
asosida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi kompetensiyalarini
baholashga qaratilgan matn va topshiriqlar ustida mustaqil ravishda
ishlaydi, tahlil qiladi, qaysi kompetensiyani baholanayotgani o‘rganiladi.
O‘rganish va tahlil natijalari hamda guruh ichida taqdimot qilinadi.
Matnda baholanishi ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalarni
o‘quvchilarda rivojlantirishning zamonaviy usullari muhokama qilinadi.
Natijada, tinglovchilar o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishning
zamonaviy modellari, shu jumladan xalqaro baholash dasturlarida o‘qish
savodxonligini
baholash usullari, undagi berilayotgan matn va topshiriqlarning
o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurlarini boyitish hamda o‘zidan keyingi
tinglovchilarga yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishiladi.
O‘z navbatida ushbu mashg‘ulotlarda qatnashib, bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lgan tinglovchilar umumta’lim maktablarining tegishli fan o‘qituvchisi
sifatida darslar orqali o‘tilayotgan mavzularni real hayotiy vaziyatlarga
bog‘lagan holda tashkil etish yo‘lida tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.