54
Boshlang‘ich sinflar uchun oʻqish savodxonligi, matematika va
tabiiy fanlar
boʻyicha
OʻQUV DASTUR
1. Ta’lim siyosati. PІЅA. PIRLS. TIMSS. ЅTEAM haqida umumiy
ma’lumot. 3 soat
Ta’lim siyosati. Pedagogikada ijobiy oʻzgarishlar. Oʻqituvchi faoliyati
bugungi talqinda. Metodologiya. Faol oʻqitish metodlari. PІЅA (Programme for
International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading
Literacy Study), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) xalqaro
miqyosda oʻquvchilar bilimini baholash dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik
koʻrish. ЅTEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics biologiya,
kimyo, fizika, informatika, matematika, tasviriy san’at, musiqa) dasturi haqida
umumiy ma’lumotlar. Xalqaro baholash dasturining umumiy tarkibi sifatida
dalillarga asoslangan ishlanmalar.
Amaliy mashgʻulot:
Badiiy matn “Quyon zilzila haqida ogohlantiradi
”
Mustaqil ish:
“Oyog‘i osmonda bo‘lgan sichqonlar”
2. Baholash nazariyasining asoslari. Xalqaro va milliy baholash.
3 soat
Baholash maqsadlari. Baholash turlari. Baholash mezonlari.
Oʻquvchilarning bilimi va qobiliyatini baholash. Oʻquvchilarning matematik,
tabiiy va oʻqish savodxonligi, boʻyicha namunaviy topshiriqlar ustida ishlash.
Oʻquvchilarga oʻzini oʻzi baholash va bahosini asoslashga oʻrgatish.
Amaliy mashgʻulot:
“Gʻaroyib tun”
Mustaqil ish:
“Sariq devni minib” X. To`xtaboyev
3. PIRLS tadqiqotlari haqida umumiy ma’lumotlar. PIRLS
tadqiqotida oʻqish savodxonligi. PIRLS. 3 soat
PIRLS oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini
baholovchi xalqaro
dasturning oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vazifalari. Oʻqish savodxonligining
ta’rifi. PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligi. Boshlangʻich sinflarda oʻqish
savodxonligini baholash. Tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan
ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qoʻllay olish
qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratish. PIRLS – ma’lumotlarni raqamli
baholash.
55
Amaliy mashgʻulot:
“Ozuqa izlab’’.
Mustaqil ish:
“Bolalar ensiklopediyasi-jonli tabiat’’ kitobidan matn
ustida ishlash.
4. PIRLS tadqiqoti doirasidagi matnlarning topshiriqlarini
baholash boʻyicha tavsiya etilgan namunaviy yoʻriqnoma bilan ishlash.
3 soat
PIRLS tadqiqotidagi savol turlari. Ochiq savollarni baholash mezoni.
Bir ballik baholash mezoni. Ikki ballik savollarni baholash mezoni. Uch ballik
savollarni baholash mezoni. Kodlash.
Amaliy mashgʻulot:
badiiy matn “Xaloskor delfin’’
Mustaqil ish:
“Kapalak qurtining chiroyli kapalakka aylanishi’’
5. Oʻqish savodxonligining maqsadi. Matn. Matn turlari. Badiiy
matnlar. 3 soat
PIRLS tadqiqotlarida matn mazmunini anglash. Mantiqiy fikrlash. Matn
va topshiriqlar va baholashning turli usullari. PIRLS yosh oʻquvchilarning sinfda
va sinfdan tashqari oʻqishning ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilishi.
Ma’lumot olish, ulardan foydalanish uchun oʻqish. Adabiyotni tushunish. Yosh
oʻquvchilar uchun adabiyotda hali duch kelmagan vaziyatlar, xis-tuyg‘ularni
oʻrganish imkoniyati.
Amaliy mashgʻulot:
badiiy matn “Marvarid”
Mustaqil ish:
“Buzilmagan uya”, “G`ayratiy”
6. Axborot matnlari. Axborot olish va undan foydalanish. 3 soat
Axborot matnlarning maqsad va vazifalari. Axborot matnlarining asosiy
vazifasi. Axborotni taqdim etish. Toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumot berish. Biografik
ma’lumotlar yoki vazifalarni bajarish bosqichlarini taqdim qilish. Muallifning
subyektiv qarashlari. Axborot matn shakllari: ilmiy, tarixiy, geografik yoki
ijtimoiy .
Amaliy mashgʻulot:
axborot matn. “Leonardo da Vinchi”
Mustaqil ish:
Chingiz Aytmatov “Jimjiloq” matni ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: