T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet67/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Kiyim furniturasi. Kiyim furniturasiga tugmalar, ilgaklar, izmalar, pistonlar, taqilmalar va hokazolar kiradi.

Tugmalar kiyimni bezatish va ilgakni yasash uchun ishlatiladi. Tugmalarga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagicha. Ular mustahkam, suv ta’siriga chidamli bo’lishi kerak, sovunli eritmada qaynatilganda tashqi ko’rinishi, kifoyasi, bo’yoqi buzilmasligi talab qilinadi. 1,5 m balandlikdan tashlab yuborilganda shikastlanmasligi lozim.

Ishlatilichiga ko’ra tugmalar palto, kostyum, ko’ylak, shim, ich kiyim, bolalar kiyimi va forma kiyimlari uchun mo’ljallangan xillarga bo’linadi.

Erkaklar kiyimlari uchun ishlatiladigan tugmalar oddiy ko’rinishda bo’ladi. Paltolar uchun diametri 26-33 mm li, pidjaklar uchun 20-25 mm, nimchalar uchun 15-17 mm, shimlar uchun 14-17 mm, ko’ylaklar uchun 10-19 mm li tugmalar ishlatiladi. Ayollar kiyimlarida ishlatiluvchi tugmalarning rangi, kifoyasi, o’lchovi modaga bog’liq bo’ladi. Odatda esa paltolar uchun 30-48 mm li tugmalar, kostyum va jaketlar uchun 23-39 mm, ko’ylaklar uchun 12 mm, ichki kiyimlar uchun 10-19 mm li tugmalar ishlatiladi.

Shakliga ko’ra tugmalar dumaloq, sharsimon, oval, yarimsharsimon tugmalar; sirtining ko’rinishiga ko’ra - silliq va bo’rtmali; rangiga ko’ra - qora, oq, rangli, guldor va boshqa rangli tugmalar bo’ladi. Kiyimga mahkamlab qo’yish usuliga ko’ra tugmalar ikki yoki to’rt teshikli va yo’nib oshilgan, ko’rinadigan yoki sim quloqli, yarmi ko’rinib turadigan o’simtali xillarga bo’linadi.

Tugmalar tayyorlanadigan materiallarning xillari ham ko’p. Bular jumlasiga plastmassalar, yog’och, shisha, metallar, suyak va hokazolar kiradi. Tugmalarning xossalari ular ishlab chiqarilgan materialning xossalariga bog’liq.

Aminoplast kukunidan presslab tayyorlangan tugmalar mustahkam, suv ta’siriga chidamli, 800S gacha issiqqa chidaydi.

Akrilat tugmalar shaffof, mustahkam, yorug’lik, suv va sovuq ta’siriga chidamli, har xil ranglarga oson bo’yaladi, lekin issiq ta’siriga uncha chidamli emas.

Sadaf tugmalar jilvalanib turadi, issiqlik, suv, ishqor va kislota ta’siriga chidamli.

Shisha tugmalar har xil rangli va mo’rt bo’ladi.

Yog’och tugmalar suv ta’sirida shishib, shaklini va yaltiroqligini yo’qotadi.

Suyak tugmalar issiq ta’siriga chidamli, ancha mustahkam, lekin ma’lum vaqt o’tganda sarg’ayib ketadi.

Metallardan olingan tugmalar ancha mustahkam va kimyoviy moddalar ta’siriga turg’un.

Ilgak va izmalar o’zining vazifasi va o’lchovlari jihatidan har xil bo’ladi. Ustki kiyimlar va ko’ylaklar uchun ishlatiladigan ilgak va izmalar po’lat yoki mis-rux qotishmalaridan qilingan simdan tayyorlanadi. Ularni zanglanishdan saqlash uchun lak, bo’yoqlar, nikel’ yoki kumush bilan bo’yaladi. O’lchovlari jihatidan ko’ylaklik ilgak va izmalar quyidagi nomerlarga bo’linadi: № 2 - ilgakning uzunligi 24 mm; № 3 - 20 mm; № 5 - 16 mm; № 6 - 11 mm; № 7 - 9 mm. Nomeriga qarab ilgaklar mo’yna po’stinlari (№2), palto va shinellar (№ 3), kitel va gimnastyorkalar (№5), ayollar va bolalar ko’ylagiga (№ 6 va № 7) mahkamlab qo’yish uchun ishlatiladi.

To’qalar. Shim va nimchalar uchun to’qalar po’latdan tayyorlanadi va loklanadi. Shakli jihatidan bir tomonida ishlari va o’rtasida ikkita kachagi bo’lgan to’rtburchak shaklli yoki o’rtasida ikkita tili bo’lgan to’rtburchak shaklli xillari bo’ladi. Palto, kostyum, ko’ylaklar uchun turli rang, shakl va o’lchovli plastmassa yoki yog’och to’kalar ishlab chiqariladi.

Pistonlar nikellanib, kumushlanib yoki laklanib ishlab chiqariladi va ko’ylak, bluzka, yubka, bolalar buyumlari va bosh kiyimlariga qadash uchun ishlatiladi. Piston ikkita qismdan iborat. Prujina silliq va qayishqoq bo’lishi lozim. Pistonlar 7 va 9 mm li diametrda ishlab chiqariladi.

Molniya taqilmasi gazlama to’qish usulida olingan ikkita bort jiyaklaridan iborat bo’lib, jiyaklarda metall yoki plastmassa halqalar joylashgan bo’ladi. Ulardan tashqari qulfi ham bo’ladi. Bularning po’lat detallari nikellanadi, bo’yaladi yoki laklanadi. Halqalarning eni 3-10 mm va undan ortiq bo’ladi. Taqilmaning uzunligi 120, 150, 180, 200, 250, 300 mm va undan ortiq bo’ladi.


Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish