Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayonida ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:1. Vaziyatni tahlil qilish.2. Muammoni aniqlash.3. Mezonlarni tanlash.4. Muqobil variantlarni tanlash.5. Muqobil variantni tanlash.6. Qaror to’g’risida kelishib olish.7.Qaror ijrosini uyushtirish.8. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va baho berish
Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob’yektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning yechimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko’rsatib berilishi mumkin.
Qaror qabul qilish jarayoni va bosqichlari
Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:1. Vaziyatni tahlil qilish.2. Muammoni aniqlash.3. Mezonlarni tanlash.4. Muqobil variantlarni tanlash.5. Muqobil variantni tanlash.6. Qaror to’g’risida kelishib olish.7. Qaror ijrosini uyushtirish.8. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va baho berish. Yuqorida yozilganlar taxminiy bo’lib vaziyatga va hal qilinayotgan xususiyatlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Umuman qarorni ishlab chiqish quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi:
Nima qilish kerak (ob’yekt miqdori va sifati)?
Qanday xarajat (resurslar) evaziga?
Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak?
Kim uchun bajarish kerak?
Qanday muddatda bajarish lozim?
Kim tomonidan bajarilishi kerak?
Qaysi joyda bajarish lozim?
Qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi?
Qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni tahlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
tahlil qilinayotgan ob’yekt holatini, uning sifat jihatlarini, resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
mazkur ob’yekt samaradorligini eng yuqori samaraga ega bo’lgan o’xshash ob’yekt bilan taqqoslash;
taqqoslanayotgan ob’yektlar ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovutlar sababini aniqlash;
adabiyotlar manbaini, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hisobotlarni, patent fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va shu kabilarni tahlil qilish;
ishlab chiqaruvchi va raqobatchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish;
mazkur ob’yektning taraqqiyot yo’nalishlarini shakllantirish va h.k.