Boshqaruv uslubi nima?
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o’ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi.
Biroq har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Shunday qilib, muayyan metodlarni amalga oshirishga har xil rahbarlar o’z indivudual uslublari bilan yondoshadilar.
Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay indivudual asosga ega deb qarash noto’g’ri bo’lur edi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan yagona talablar, jamoadagi sotsial-psixologik muhit, yuqori rahbarlarning boshqarishda qo’llaniladigan usullari kabi ko’pgina ob’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’ektiv va ob’ektiv unsurlari aralashib ketadi. Sub’ektiv unsurlar rahbarning:
ishchanlik va shaxsiy sifatlari;
mijozi, qobiliyati va qiziqishi;
bilimi, ko’nikma va mahorati;
tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlarida namoyon bo’ladi.
Rahbarlik uslublarining mazmuni
Rahbarlik uslubi haqidagi masala birinchi marta K.Levin tomonidan ko'rib
chiqilgan. U rahbarlikning avtoritar, demokratik va anarxik uslublarini qayd etadi.
Rahbarlik uslublarining quyidagi tasnifi zamirida mana shu yondashuv yotadi. Avtoritar
(avtokratik) uslubga hokimiyatning bir rahbar qo‗lida jamlanishi xosdir. Bunday rahbar
barcha ishlar yuzasidan faqat o'ziga ma‘lumot berishni talab qiladi. Mazkur uslubga
ma‘muriyatchilikka tayanish, qo'l ostidagilar bilan kam aloqa qilish xosdir. Bunday
menejer qarorlarni shaxsan o'zi qabul qiladi (yoki bekor qiladi), qo'l ostidagilar
tashabbus ko‗rsatishiga imkon bermaydi. U doim buyruq, ko'rsatma beradi, yo'l-yo'riq
ko'rsatadi, lekin hech qachon iltimos qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar
rahbar boshqaruv faoliyatining asosiy mazmuni buyruq va ko'rsatma berishdan iborat.
Avtokratrahbarga dogmatizm va bir qolipda fikrlash xosdir. Yangiliklarni u juda
ehtiyotkorlik bilan qabul qiladi yoki umuman qabul qilmaydi, chunki boshqaruv
faoliyatida u ayni bir usullardan foydalanadi. Bu holda butun hokimiyat avtokrat-rahbar
qo’lida jamlanadi. Rahbar o’z fazilatlariga ko'ra qo’l ostidagi xodimlardan pastda tursa yokiuning qo'l ostidagilar umumiy va kasbiy madaniyati darajasi haddan tashqari past bo’lsa,u avtokratga aylanadi. Mazkur rahbarlik uslubi qo'l ostidagilarning tashabbusini
rag'batlantirmaydi: aksincha, avtokrat tashabbus ko'rsatgan xodimlarni ko'pincha
jazolaydi, bu esa mehmonxonaning ish samaradorligini oshirish imkonini bermaydi.
Avtokrat rahbarning qo'l ostida ishlash juda og'ir, chunki «nomaqbul» xodimlarni
ishdan bo'shatish uning boshqaruv faoliyati maqsadi hisoblanadi. Biron-bir xodim bilan
o‗rtada bahs chiqqudek bo‗lsa, avtokrat-rahbar ko‗pincha: «Siz bilan ishlab ketolmasak
kerak», degan so'zlar bilan bahsga nuqta qo‗yadi. Tabiiyki, bunday sharoitda xodimlar
o‗z mehnatidan qanoatlanmaydi, chunki avtokrat rahbarning qo‗l ostidagi xodimlar o‗z
ijodiy imkoniyatlarini lozim darajada namoyon eta olmaydilar.
O'z faoliyatida asosan demokratik rahbarlik uslubiga tayanadigan menejer barcha masalalarni mumkin qadar kollegial tarzda hal qilishga, jamoadagi ishlarning holati haqida qo'l ostidagilarga surunkali axborot berib borishga harakat qiladi, tanqidni ijobiy qabul qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |