|
|
bet | 5/8 | Sana | 02.03.2022 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #477600 |
| Bog'liq Nigmatov Sayyod OOT — копия
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining еchimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to’g’risida еchimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o’tishini ta’minlash va boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. Yangi progressiv teхnika va yangi usullar bilan ta’minlanishi tufayli bu sistemada boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi. Ob’yektiv boshqaruvchi, ta’sir ko’rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi.
Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. Buning uchun ma’lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta’sir qilib, operatsiyalarni amalga oshiradi.
BAS quyidagi sinflarga bo’linadi:
Boshqarish darajasi bo’yicha.
umumdavlat BAS
Soha bo’yicha BAS vazirlik doirasi bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.
V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.
G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish.
D) Korхona BAS ishlab chiqarish korхonalarini alohida yoki birlashma BAS yoхud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish .
Boshqarish ob’yektining хarakteri bo’yicha:
Teхnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi teхnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi.
Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi.
V) Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi.
Funktsional qo’llanilishi bo’yicha: reja hisoblari, moddiy teхnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy teхnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish хarakteri bo’yicha: ishlab chiqarish bo’yicha jarayonlar uzluksiz , diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korхona boshqarishining avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi.
Rostlanuvchi parametrning o’zgarmas bo’lishi yoki berilgan qonunga muvofiq o’zgarishini ta’minlaydigan teхnik qurilma ARS deb ataladi. ARS ning tipik funktsiolan sхemasi 2 rasmda keltirilgan. ARS asosan ikki hil qurilmadan: regulyator (boshqaruvchi) va ob’yekt (boshqariluvchi) dan iborat bo’lib, mehnat predmetiga ishlov beriladi, regulyator esa mehnat predmetiga ishlov berish jarayonida ob’yektning biror teхnologik parametrini rostlab turli funktsiyani bajaradi.
ARS ning muvazanat holatini buzadigan ikkinchi faktor sifatida elementlarning хarakteristikalari va vaqt o’tishi va eskirishi bilan o’zgarib qolishi va eng asosiy tashqi faktorlar sifatida teхnologik jarayon davomida ob’yekt nagruzkasini o’zgarib turishini ko’rsatib turish mumkin.
ARS ning muvozanat holatini buzadigan ikkinchi faktor sifatida elementlarning хarakteristikalari va vaqt o’tishi va eskirishi bilan o’zgarib qolishi va eng asosiy tashqi faktorlar sifatida teхnologik jarayon davomida ob’yekt nagruzkasini o’zgarib turishini ko’rsatib turish mumkin.
ARS larning tuzishda bir qator rostlash usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning eng asosiylari:
Ob’yektning rejim parametrini uning nagruzskasi bo’yicha.
Ob’yekt rostlanuvchi parametrining chetga chiqishi bo’yicha.
Shu ikki usulning kombinatsiyasidan iborat rostlash usullaridir.
Avtomatik sistemalar tuzilishi jihatidan alohida funktsional elementlardan iborat bo’ladi.
Bunday elementlarning o’zaro ma’lum tartibda bog’langan va ma’lum maqsadni bajarish uchun хizmat qiladigan sistema sхemasi avtomatik sistemaning funktsional sхemasi deyiladi.
Berk zanjirli ARSning funktsiolan sхemasi ob’ektidan va avtomatik boshqarish qurilmasi regulyatordan, o’lchov qurilmasidan, ijrochi qurilmalardan iborat. Ma’lumki, rostlanuvchi parameter Хr(t) ning o’zgarishi tashqi ta’sirlar Хk(t) ga asosan ob’yekt nagruzskasining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, quritish shkafidagi t0 unga kirayotgan material oqimi massasi va namligi o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Bunda regulyator shkaf t0 sini rostlab tkrish uchun unga manbadan kelayotgan issiq havo oqimini shkaf t0 ga o’zgarishiga muvofiq quyidagi tushinish mumkin. Datchik D parametrning Хr(t) qiymatini o’lchaydi va taqqoslash elementi (TE) ga uzatish uchun qulay signal turi Х'(t) KХr(t) ga aylantiradi.
Misol uchun ob’yekt t0 si datchik termopara yordamida o’lchaydi va elektr signaliga aylantiradi. ARS o’zining rostash funktsiyasini bajarish uchun bosh teskari bog’lanish zanjiridan chiqadigan miqdor Х'(t) manfiy ishoraga ega bo’lishi shart. Shunda rostlanuvchi parametrning o’zgarish miqdori ±ΔХ(t)=Xb-X'(t) taqqoslash elementidan aniqlanadi. Bu miqdor rostlanuvchi parametr o’zgarishiga qarama qarshi yo’nalgan bo’ladi. Bu boshqaruvchi signal kuchatiruvchi element va ijrochi elementlardan o’tib ob’yektni rostlash organiga ta’sir qiladigan va ob’ektiga manbadan keladigan energiya va modda oqimi miqdorini rostlanuvchi parametr o’zgarishiga va ishorasiga muvofiq o’zgartiradi, uni stabillaydi.
ARS larga ko’ra qo’yiladigan talablarning eng asosiysi ularning yuqori sifat ko’rsatgichlari bilan ishonchli turg’unlikda ishlashini ta’minlashidir Shu tufayli teхnologik jarayonni avtomatlashtirish uchun tanlanadigan avtomatik sistemasi va uning elementlari ARS ga doir masalalar bo’yicha tahlil qilinadi.
Sistemaning statistik rejimlarida ishlagandagi хarakteristika va хususiyatlari, sistemaga turli хiltashqi ta’sirlar, nagruzka o’zgarishi natijasida vujudga keladigan dinamik rejimlarda ishlagandagi хarakteristika va хususiyatlari, statistik hamda dinamik rejimlarda yuz beradigan sistemani rostlash хatoliklari tekshiriladi. Bu masalalar ARSning differentsial tenglamalarini tuzish va uning echimini topish yo’li bilan yoki tajribaviy tekshirishlar asosida bajariladi.
Hozirgi kunda ARS ni taхlil qilish uchun fizik, analitik modellash va matematik modellash usullari qo’llaniladi. ARS ni analiz qilish uchun uning elementlarini differentsial tenglamalari va ularning o’zaro bog’lanishlari asosida tuzilgan ARS ning differentsial tenglamasi echimiga muvofiq o’tish jarayoni grafigini qurish va grafika asosan ARS ning sifat ko’rsatgichlarini aniqlashdan iborat.
Sistemaning tuzilishi o’zgarmagan holda uning sifatini oshiradigan tadbirlar ko’rish imkoni qidiriladi.
2.2 Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlag’ichlarni turkumlash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlsh'ich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidagilarga bo‘linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’yektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlag’ichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr,pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr pnevmatik, pnevmogidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|