2.1 Avtomatika, avtomatik rostlagich, boshqarish sistemasidagi ichki va tashqi ta’sirlar.
Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo‟lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan teхnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi.
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi.
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi.
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz meхanigi J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik qurilma yordamida o’sha vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi.
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi.
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatikaning yaratilishi hamda rivojlanishida Peterburg teхnologiya instituti professori I.A.Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e’lon qilingan:
Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.
Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.
Avtomatika dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining teхnikaga oid tarmog‟i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va qurish printsiplarini o’z ichiga oladi:
avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni tuzish usullari, avtomatik boshqarish ;
Rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, himoya va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish uchun qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi, хususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilishni o’rganishdan asosiy maqsad, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga muhim mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak.
Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash printsipi va хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash, nazorat, himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat.
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o’zaro ketma-ket bog’langan va bir-biriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’хtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan berilgan dasturlarga muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi teхnologik operatorlarning bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy misol sifatida asinхron dvigatelning ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’хtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin.
Teхnik boshqarishni avtomatlashtirish sistemasining asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash, mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni ta’minlaydigan teхnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi.
Teхnologik mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob’ektining biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektning teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |