2-rasm. Ikki kanalli fotokalorimetr sxemasi: 1 — yorugʻlik manbayi; 2 — yorugʻlik filtri; 3 — prizma; 4 — koʻzgu; 5 — oʻlchash kyuvetasi; 6 — etalon kyuveta; 7 — fotoelement; 8 — elektron kuchaytirgich; 9 — oʻlchash asbobi.
Suyuqlikda erimay qolgan muallaq zarralar konsentratsiyasini nazorat qilish uchun loyqa muhitlarda yorugʻlikning sochilishiga asoslangan usullar qoʻllaniladi. Agar loyqa muhit orqali yorugʻlik oqimi o‘tkazilsa, u holda uning bir qismi suyuqlikdagi zarralar orqali sochiladi. Nazorat qilinayotgan suyuqlikda muallaq zarralar konsentratsiyasi qancha yuqori boʻlsa, yorugiik oqimining shuncha katta qismi sochiladi. Bunda nazorat qilinayotgan suyuqlik orqali o‘tayotgan yorugʻlik oqimi jadalligining kuchsizlanishi ham (turbidim etrik oichash) yorugʻlik oqimining sochilish jadalligi ham (nefelometrik oʻlchash) konsentratsiya oʻlchovi boʻlishi mumkin.
Ikki optik kanalli nefelometrning prinsipial sxemasi -rasm da ko‘rsatilgan. Yorugʻlik oqimi manba dan chiqib, shisha darchalar bilan jihozlangan oʻlchash kamerasi orqali o‘tadi. Kamera orqali o‘tgan yorugʻlik oqimi taqqoslash kanaliga yo‘naladi, sochilgan yorugʻlik oqimi esa oʻlchash kanaliga yo‘naladi. Har ikki oqim obtyurator yordamida navbatma-navbat fotoelement ga tushadi. Sochilgan yorugʻlik oqimi bilan taqqoslash oqimi o‘rtasidagi farq (ayirma) muallaq zarralar konsentratsiyasiga bogʻliq boʻladi. Nefelometrlarda yorugʻlik oqimlarining kompensatsiyalanish prinsipidan foydalaniladi, buning uchun ularning notengligi mavjud boʻlganida elektron kuchaytirgich chiqishiga ulangan reversiv dvigatel RD asbob strelkasini optik pona sari siljitib, yorugʻlik oqimlarini tenglashtiriladi.
Nefelometrlar, asosan, emulsiyalarni tahlil qilishda va qisman oqova suvlardagi neft mahsulotlari miqdorini tahlil qilishda ishlatiladi.
Turbidimetrik analizatorlar ichimlik va oqova suvlarning loyqaligini, tindirgichlar va texnologik uskunalardagi shlam sathini, suspenziyalardagi zarralar konsentratsiyasini oʻlchashda qoʻllaniladi. Turbidimetrik analizatorlar suv loyqaligini oʻlchaydigan dan mg/l gacha oʻlchash chegarasiga ega, oʻlchash xatoligi dan oshmaydi.
Konsentratsiyani aniqlashning polarimetrik usuli ba’zi optik jihatdan aktiv moddalarning ulardan o'tayotgan qutblangan yorugʻlikning qutblantirish tekisligini aylantirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Optik jihatdan aktiv moddalari bor eritmalar qutblanish uchun qutblanish tekisligini aylantirish burchagi eritma qalinligi bir xil turganida shu eritma qatlamiga mutanosib boiadi:
bu yerda: — qutblanish tekisligining qutblangan yorugʻlik haroratiga, uning toʻlqin uzunligiga bogʻliq boigan solishtirma aylanishi; — qatlam qalinligi; — eritmaning konsentratsiyasi.