Suyuq taom turlari va tayyorlash jarayoni



Download 85,25 Kb.
bet1/9
Sana30.12.2021
Hajmi85,25 Kb.
#194986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Julrux must. Serv.


SUYUQ TAOM TURLARI VA TAYYORLASH JARAYONI

REJA:

  1. Suyuq taomlarga qo’yiladigan talablar va Suyuq oshlarning sifatiga qo’yiladigan talab

  2. Suyuq taomlar sifatiga qo’yiladigan talablar

  3. O’zbek milliy suyuq taomlari

Suyuq taomlar pazandachiligi inson faoliyatining san'at darajasiga ko'tarilgan eng qadimiy sohalaridan biridir. Bu san'at davr o'tishi bilan takomillashib, iste'molchilar talabiga tobora ko'proq moslashib bormoqda. Pazandalar tayyorlagan yuqori sifatli taomlar xo'randalar ish qobiliyati, sog'lig'i va boshqa jismoniy salohiyatiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Taomlar xonaki usulda yoki umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanib, tayyorlash va tarqatish usullariga ko'ra sovuq, issiq, suyuq, quyuq yoki umumiy, milliy va hokazo turlarga bo'linadi.

Suyuq taomlari boshqa millat taomlaridan o'ziga xos an'anaviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Tabiatimizning saxiyligi, xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlariga boyligi va uzoq zamonlardan davom etib kelayotgan O'zbek pazandachiligi xalqimizning ulkan xazinasi va milliy faxridir. O'zbek milliy pazandachiligi, ayniqsa, masalliqqa o'ziga xos ishlov berilishi, taom tayyorlashda o'ziga xos asbob-anjomlar, qurilmalar va boshqa jihozlar ishlatilishi, taomlarni tarqatishda o'ziga xos idish-tovoqlardan foydalanilishi bilan ajralib turadi.

Suyuq taomlarini tayyorlashdan awal ayrim masalliqlarga maxsus ishlov berilib, ularning xushxo'rligi oshiriladi. Bunday usullardan biri go'shtni tilimlab, unga tuz va ziravor bilan ishlov berishdir.

Suyuq taomlarini tayyorlashda xalq ko'p iste'mol qiladigan go'sht, un, sut-qatiq, loviya,no'xat,shuningdek,meva,poliz,ko'kat mahsulotlari va hokazolardan foydalaniladi. Bu masalliqlar taom turlariga qarab o'ziga xos ishlovdan o'tadi. Xonaki usulda taom tayyorlashda qozon va o'choqdan, issiqlik manbayi sifatida esa o'tin, ko'mir, tabiiy gaz va boshqalardan ayrim taomlarni tayyorlashda esa maxsus tandirlardan ham foydalaniladi.

Hozirgi O'zbek pazandachiligi tabiiy,tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ta'siri ostida shakllangan. Xalqlarning o'zaro madaniy aloqalari orqali O'zbek taomlarini tayyorlashda kam iste'mol qilinadigan masalliqlarni ishlatish imkoniyati yaratilib, milliy taomlar turi kengayib bormoqda.еп5

Sho’rvalar kishi tanasini oziqa moddalari va malum darajada suyuqlik bilan ham ta'minlaydi. Oziq moddalarining ko'p miqdori suyuq oshlarning quyuq qismida bo'lib, ularning miqdori ishlatiladigan masalliq turiga bog'liq bo'ladi.Taomlarning quyuq qismidagi oziqaviy moddalarning ma'lum miqdori issiq ishlov berish natijasida suyuq holatga o'tadi. Shu sababdan taomning suyuq qismida ham 10-30% gacha oziq moddalari bo'lishi mumkin. Suyuq oshlarning quyuq masalliqlariga go'sht, sabzavot, yorma un, un mahsulotlari, dukkaklilar va hokazolar kirsa, suyuq masalliqlariga suv, sut, qatiq, har xil sho'rvalar kiradi. Bundan tashqari, taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan yog'lar ham o'ziga xos ahamiyatga egadir.O'zbek milliy suyuq oshlarini tayyorlashda o'simlik yog'lari bilan birga hayvon yog'lari ham ishlatiladi.Hayvon yog'laridan qo'y suyak yog'lari ishlatilishi mumkin.

O'zbek taomlarini xonaki usulda tayyorlashda omixta yog'larni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Omixta yog' deyilganda o'simlik va hayvon yog'i aralashmasi tushuniladi. O'zbek milliy taomlarining sovuq va issiq turlarini uchratish mumkin. Issiq taomlarning harorati 75-80°C, sovuq taomlarning harorati 10-14°C darajada bo'lishi mumkin.

O'zbek suyuq oshlarini tayyorlash usuli boshqa milliy taomlarni tayyorlash usulidan ma'lum darajada farqlanib, ularning ko'pchiligi bir qozonda mahsulotlar pishish xususiyati va vaqti hisobiga olinib, ketma-ket solishga asoslangan holda tayyor holga keltiriladi. Ba'zan mahsulotlarning pishish sharoitlari to'g'ri kelmaganda, ular chala yoki tola pishirib qo'yilishi ham mumkin. Lekin har bir mahsulotning pishgan suyuqligi va o'zi shu taomda birga qaynatilib, tayyor holga keltiriladi.

O'zbek suyuq oshlarini tayyorlash va dasturxonga tortishda o'ziga xos ko'kat va ziravorlarni ishlatish ularning xushxo'rligi hamda tashqi ko'rinishidagi farqni aniqlaydi. O'zbek taomlari o'choq va qozonlar, shuningdek, o'tin, ko'mir, tabiiy gaz, elektr hamda boshqa issiqlik manbalaridan foydalanilgan holda suyuqlikda qaynatiladi yoki awal yog'da qovurib, so'ngra suyuqlikda qaynatilib pishiriladi. O'zbek suyuq oshlarini dasturxonga tortish ham boshqa suyuq oshlarni tortishdan farqlanadi.Ular, asosan, kosalarga solinib, tagiga kichik taqsimcha qo'yib tortiladi. Ba'zi suyuq oshlarga rayhon, jambil, kashnich, yalpiz va hokazolar ishlatilishi, ba'zan qatiq berilishi shart. Ayrim hollarda taomlarga tuyilgan qora murch bilan mayda to'g'ralgan bosh piyoz ham berilishi mumkin. Yuqoridagi farqlar har bir hudud va viloyatda o'ziga xos bo'ladi. Xonaki usulda tayyorlangan o'zbek suyuq oshlari ham o'zgacha bo'lishi mumkin.Biz quyida umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan suyuq oshlarni pazandachilik qoidalariga asoslanib tayyorlash usullari bilan tanishtiramiz.




Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish