6-Ma’ruza
Konchilik ishi va metallurgiyaga oid statik va dinamik modellarni Matlab dasturida amalga oshirish.
Matematik modellashtirish doirasida «Matlab» kompyuter texnologiyasining barcha zamonaviy yutuqlarini to’liq ishlatish imkonini beradi, shu qatori vizuallashtirish va kattaliklarning audifikatsiya(ovozli) vositalarini ishlatish. Internet orqali kattaliklarni almashtirish imkoniyati ham mavjud. Bulardan tashqari, foydalanuvchi «Matlab» vositalarining imkoniyatlari orqali yechilayotgan masala talabiga va o’zining ta’biga qarab shaxsiy grafik interfeys yaratishi mumkin.
1984-yilda Kliv B.Mouler tomonidan Fortran tizimida matrisali hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlari yaratilgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan.
“MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir.
Dasturiy ta’minot bozorida MATLAB tizimi ilmiy-texnikaviy hisoblar uchun mo‘ljallangan yuqori darajadagi dasturlash tili bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, dasturlash imkoniyatining mavjudligi ushbu tilning muhim afzalliklaridan biridir.
MATLAB tizimida dasturlashning quyidagi turlari mavjud:
- protseduraviy;
- operatorli;
- funksional;
- mantiqiy;
- tarkibiy (modulli);
- obyektga-yo‘naltirilgan;
- vizual-yo‘naltirilgan.
Obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash ham MATLAB tizimida keng qo‘llaniladi va u grafika masalalarini dasturlashda aktual bo‘lib hisoblanadi.
Vizual-yo‘naltirilgan dasturlash esa bloklar ko‘rinishida berilgan qurilma va tizimlarni modellashga mo‘ljallangan Simulink paketida o‘z aksini topgan.
Matlab dasturini yorliq belgisi
Matlab dasturining interfysi
Matlab dasturiga berilgan matematik ifodalar quyidagi ko’rinishda kiritiladi
Masalan: quyidagi ifoda berilgan
Shu ifodani natijasi toplsin.
Quyidagi ko’rinishda kiritiladi
Menyu buyruqlari:
Fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlarni o’z ichiga olgan File menyusining 1-bandi New buyrug’i bo’lib, unda M-file, Figure, Model, GUI bandlari mavjud.
- New+M-file – yangi M-file yaratish
- New+Figure – yangi figura(grafik oyna) yaratish
- New+Model – yangi model yaratish
- New+GUI – yangi FGI( Foydalanuvchining Grafikli Interfeysi)ni yaratish
New bo’limining ko’rinishi
M-File oynasining ko’rinishi
Figure oynasining ko’rinishi
Model oynasining ko’rinishi
GUI oynasining ko’rinishi
Nazorat savollari:
1. Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirishning fandagi ahamiyati nimadan iborat?
2. Dasturlashning asosiy vositalari va usullari nimalardan tashkil topgan?
3. MATLAB tizimida operatorlar, komandalar va funksiyalarning ikki tomonlamaligi afzalliklari va kamchiliklari.
4. Ssenariya va funksiyalar m-fayllarining vazifalari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |