Suyakli baliQlarning tashQi va ichki tuzilishi Reja


-rasm. Sazanning tashqi tuzilishi



Download 116,09 Kb.
bet2/5
Sana23.06.2022
Hajmi116,09 Kb.
#696833
1   2   3   4   5
Bog'liq
SUYAKLI BALIQLARNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI

9-rasm. Sazanning tashqi tuzilishi: 1-jabra qopqog’i; 2-burun teshigi; 3-yon chiziq organi; 4-ko’krak suzgichi; 5-qorin suzgichi; 6-anal teshigi; 7-orqa suzgichi; 8-anal suzgichi; 9-dum suzgichi; 10-og’iz teshngi.


Baliqni yorish:
1. Baliqning qornini tepaga qilgan holda chap qo’lga yotqizib dumsiz tarafda turgan anal teshigining oldidan qaychi uchi bilan ko’ndalang kichik kesik hosil qiling.
2. Qaychining o’tmas (to’mtoq) uchini kesilgan teshikka tiqib, korin bo’ylab baliqning to jabra qopqoqlari orasiga qadar kesing (bunda ichki organlarga zarar etkazmaslik kerak).
3. Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasiga (ichki bo’shliqni ustki devoriga) qadar ko’ndalangiga kesing.
4. Qesikdan hosil bo’lgan tana devorini ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga harab kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling.
5. Jabra qopqog’ini kesib tashlang.
Bu ishlar bajarilgach, preparatni aniq ko’rish uchun uni pintset, skalpel va nina yordamida muskul parchalari va har xil pardalardan (ba’zi organlarga zarar etkazmaslik uchun) sekin-asta tozalang, kesish vaqtida hosil bo’lgan qonni paxta yoki doka tamponlar bilan tozalab turing.
6. Bu ishlar bajarib bo’lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing.
Ichki organlarining tuzilishi:
Qon aylanish sistemasi.Sazanning yuragi (soch) tana bo’shlig’ining oldingi qismida qorin tomonida joylashgan. Uning faqat uchta bo’limi: venoz sinusi (qo’ltig’i) (10-rasm), yurak bo’lmasi va uning ostida joylashgan muskulli yurak qorinchasi bor. Shunday qilib, sazan va umuman suyakli baliqlar yuragida arterial konus bo’lmasligi bilan tog’ayli baliqlar yuragidan farq qiladi. Yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomiri-qorin aortasi chiqib, boshlanish joyida aorta so’g’oni deb ataladigan kyongayish hosil qiladi.
Aorta so’g’oni klapanlari va ko’ndalang yo’lli muskullari bo’lmasligi bilan yurak bo’limlaridan, xususan, arterial konusdan farq qiladi, shuning uchun ham u, yurak singari mustaqil urib (ishlab) turolmaydi. Til osti jabrasining yarim bo’lagi to’liq taraqqiy etmaganligi natijasida uning qon olib keluvchi jabra arteriyasi yo’qolgan, shuning uchun faqat to’rt juft qon olib keluvchi jabra arteriyasiga ega.
Qon aylanish sistemasining navbatdagi periferik qismlarini oddiy preparovkalarda ko’zdan kechirib bo’lmaydi, buning uchun maxsus in’ektsiya qilingan preparat talab qilinadi.Shunday qilib, olib keluvchi jabra arteriyalari, jabra yaproqlarida kapillyarlar sistemasiga bo’linib ketadi.Bu kapillyarlarning juda yupqa devorlari orqali qon bilan jabrani yuvib o’tuvchi suv orasida gazlar almashinuvi ro’y beradi.So’ngra kislorodga boy arterial qon, kapillyarlar orqali olib ketuvchi jabra arteriyalariga yiqilib, natijada toza qon orqa (dorzal) tomonda joylashgan bir juft aorta ildiziga quyiladi.Aorta ildizlari boshning orqasida umurtqa pog’onasining tagida bir-biri bilan qo’shilib, butun organlarga qon olib boruvchi qon tomirlar chiqadigan orqa aortani hosil qiladi.




Download 116,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish