Suyakli baliqlar – Osteichthyes sinfi. Zog`ora baliq – Cyprinus carpio ning tashqi va ichki tuzilishini o`rganish



Download 2,56 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#679893
Bog'liq
Isomiddinova. Xolmatova.Z

Bajardi: Isomiddinova Anora xolmatova zilola Qabul qildi: Toshkent - 2022


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI 2-kurs 20.06-GURUH TALABAlariNING Zoologiya FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Suyakli baliqlar . Zog`ora baliqning tashqi va ichki tuzilishi

Suyakli baliqlar – Osteichthyes sinfi. Zog`ora baliq – Cyprinus carpio ning tashqi va ichki tuzilishini o`rganish.


Suyakli baliqlar (Osteichthyes) — umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan maʼlum. Uzunligi 1 sm dan 5—7 m gacha, baʼzan undan koʻproq, vazni 1,5 t gacha bo`ladi. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, baʼzi turlarida togʻaydan iborat. Dum boʻlaklarini togʻay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari toʻsiq bilan boʻlinmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yoʻqolib ketgan. 
Сверху (лопастепёрые рыбы): рогозуб, латимерия Latimeria chalumnae; Снизу (лучепёрые рыбы): Pangasianodon hypophthalmus, американский атлантический осётр.
Urugʻlanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suvning chiqarilishi orqali amalga oshadi. Dengiz Suyakli baliqlarda bu jarayon buyrak va jabralar orqali amalga oshadi. Osmoregulyasiya jarayonining keng diapozonga ega boʻlishi tufayli Suyakli baliqlar har xil shoʻrlangan suvlarda yashay oladi. Oʻtkinchi baliqlar dengizdan chuchuk suvga, chuchuk suvdan dengizga oʻtishi mumkin.
Forel
Tunes
Suyakli baliqlarning 33 turkum 420 oila va 20000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston suv havzalarida Suyakli baliqlar ning 8 turkum, 14 oilaga mansub 48 turi tarqalgan. Suyakli baliqlar ning 18 turi, jumladan 3 ta Oʻrta Osiyo endemik turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Ленок Brachymystax lenok
Муксун Coregonus muksun
Сибирский подкаменщик Cottus sibiricus
Сибирский хариус Thymallus arcticus
Zogʻora baliq (Cyprinus carpio) (sazan) — karpsimonlar oilasiga mansub tur. Uzunligi 50—60 sm (baʼzan 1 m gacha), vazni 1,8—4,5 kg (baʼzan 16 kg va undan ortiqroq). Ogʻzi boshining pastki tomonida. Suzgich qanotlari qizgʻish tovlanib turadi. Orqa va anal suzgichlarida bittadan tishli suyak nurlari, yuqori labi va ogʻzi chetlarida bir juftdan moʻylovlari boʻladi. Oʻrta, Qora, Kaspiy va Orol dengizlari hamda Tinch okean havzalariga qarashli daryo va koʻllarda, shuningdek, Sirdaryo, Amurdaryo, Zarafshon va Murgʻob daryolarida tarqalgan.
Zog’ora baliq tanasini o’nga va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi.Baliqning toq (orqa,dum,anal) va juft (ko’krak,qorin) suzgichlari mavjud.Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumning ostida joylashgan .Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylaridan iborat. Oldingi tomonga suzishida dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muozanztga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to’xtashiga , shuningdek ,oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.
Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keying qirrasi o’zidan keying tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga halaqit bermaydi. Baliq o’sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliq yoshini aniqlash mumkin.Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqaradigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib,harakatini osonlashtiradi.
Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish