163
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
aholisi, mahalliy aholi va qochqinlar o‘rtasida ham kuzatilishi
ehtimoli bor.
Hozirgi kunda suv resurslarining eng yirik iste’molchisi
qishloq xo‘jaligi hisoblanadi va mazkur sohaga beriladigan
suv dunyo bo‘yicha suv iste’molining qariyb 70%ini tashkil
etadi. Albatta bunday suvga bo‘lgan talab va iqtisodiyot bosh
-
qa tarmoqlarining suvga bo‘lgan talablari o‘rtasida
ham kes
-
kin ziddiyatlar mavjud. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘sib borayotgan aho
-
lining oziq-ovqat xavfsizligi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha
talabi suv sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki
o‘g‘itlar va pestitsidlar kabi vositalardan foydalanish yer osti
suvlari yoki atrof-muhitning yer usti suv havzalarini ifloslan
-
tirishi mumkin. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligining suv bilan
ta’minlanmasligi oziq-ovqat xavfsizligiga erishishga to‘sqin-
lik qilishi mumkin.
Shuningdek, suv taqchilligi tufayli qish
-
loq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlari, energetika va boshqa sohalar
o‘rtasida suvga bo‘lgan raqobat kuchayishi mumkin. Xullas,
qishloq xo‘jaligi ham ichimlik suvi ta’minoti, sog‘liqni saqlash,
sanoatning alohida tarmoqlari kabi qator suvga bo‘lgan imti-
yozlardan foydalanishi mumkin. Bu esa boshqa tomonlarda
ishonchsizlik bilan bog‘liq tashvishlarni kuchaytiradi va natijada
kelishmovchilik va mojarolar kelib chiqishiga hissa qo‘shadi.
Infratuzilmalarni takomillashtirish va modernizatsiya qilish,
sanoatni rivojlantirish ortiqcha iste’mol va ifloslanishni ham o‘z
ichiga olgan muhim ekologik jarayon hisoblanadi. Mahalliy da
-
rajada burg‘ulash va nasos texnologiyasidan
keng foydalanish
yer osti suvlarini ortiqcha qazib olish ko‘payishiga olib kelishi
mumkin. Muvaffaqiyatli va kuchliroq tomonlar ko‘pincha yaxshi
imkoniyatga ega bo‘lib, o‘zlarining o‘sib borayotgan ehtiyojlari
-
ni yangi va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga ta’min
-
lab boradilar. Bu esa imkoniyati cheklangan aholi qatlamlariga
164
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
suv yetkazib berishni qiyinlashtirishi va sinflararo mojarolarni
keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, chiqindilarni qayta ishlash
sanoati korxonalari va chiqindilardan chiqadigan suv oqimi inson
va atrof-muhit holatiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Suvning
sifati yomonlashishi turli guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchi
-
liklarga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda, suv omborlari
kabi ko‘p maqsadli suv infratuzilmasi ham bahs-munozaralarni
keltirib chiqarishi mumkin. To‘g‘onlar va suv omborlari aholini
joylashtirishni va yashash joyidagi o‘zgarishlarni talab qilishi
mumkin.
Rivojlanish strategiyalari talablarni qondirish, barqaror
-
likni ta’minlash va foydalanuvchilarning
suv resurslari va
ta’minotidagi
kelgusidagi
o‘zgarishlarga
chidamliligini
oshirish uchun yetarli suv boshqaruvini va infratuzilmani
rejalashtirish maqsadida salmoqli gidrologik va ijti
-
moiy-iqtisodiy ma’lumotlar talab qilinadi. Suv yetka
-
zib berishning o‘zgarishi yoki suv xavfsizligi masala-
lari ishonchli ma’lumotlar to‘plash
hamda axborot
almashinuvi – guruhlar o‘rtasida ishonchsizlik va shubhalarni
kamaytirishi mumkin. Biroq ishonchli suv ma’lumoti ko‘pincha
o‘lchovdagi texnik talablarga javob berishi lozim. Ayrim hollarda
noqonuniy ta’sir ko‘rsatgan mamlakatlarda jismoniy shikastlanish,
infratuzilmaning shikastlanishi va hukumat resurslariga
bo‘lgan talablar tufayli ko‘pincha ma’lumot yig‘ilmaydi. Bundan
tashqari, ushbu ma’lumotlar olingan taqdirda, ayrim hollar
-
da ma’lumotni ushlab turgan shaxslar o‘zlarining (siyosiy yoki
boshqa) manfaatlarini himoya qilish uchun uni o‘zgartirishi yoki
yo‘q qilishi mumkin.
Suv ma’lumotlari suvdan foydalanuvchilar tarafidan juda ko‘p
tanqid qilinishi ehtimoli bor va uning
aniqligi sezilarli ahami
-
yatga ega masala hisoblanadi. Hatto ishonchli suv ma’lumotlari
mavjud bo‘lib, shubha ostiga olinmasa, u barcha tomonlar uchun
165
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
ochiq bo‘lmaydi. Masalan, ba’zi foydalanuvchilarning mavjudligi
yoki unga kira olmasligi (masalan, til yoki Internetga kira olish
imkoniyati) sababli yomon tartibga solinishi yoki e’lon qilini
-
shi mumkin. Bundan tashqari, turli xil aniqlikdagi ma’lumot
-
lar majmualari mavjud, ammo ularni vaqt va makon bilan taq-
qoslash natijali bo‘lishi mumkin. Hatto yuqori sifatli ma’lumotlar
ham turli xil iqlim ssenariylari bo‘yicha mintaqaviy yoki mahal
-
liy miqyoslarda jiddiy noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumot almashish ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bor
-
gan sari qiyinlashadi, chunki suvni boshqarish bo‘linmalari
ko‘lami kengayadi yoki suvdan foydalanadigan
tomonlar soni
ortadi. Favqulodda vaziyatlarda, masalan, suv toshqini yoki og‘ir
zaharlanish kabi suv bilan bog‘liq ma’lumotlarni samarali tarzda
almashish inson va atrof-muhitni himoya qilish hamda zaif va
murakkab vaziyatlarda ishonchsizlik hislarini boshqarish uchun
juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: