46
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
▪
suv resurslarini boshqarishning barcha pog‘onalarida –
daryo va magistral kanallardan boshlab xo‘jalik ichki kanallari,
suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarigacha – suv
resurslarini boshqarishni takomillashtirish;
▪
suv resurslarini havzaviy boshqarish va rejalashtirish
usullarini keng qo‘llash.
Tashqi ta’sirlarga javob tariqasida suv resurslarini barqaror
boshqarish o‘z ichiga boshqarishga adaptiv yondashuvini ham
olishi kerak. Boshqa yondashuv – preventiv, iqtisodiyot va op
-
timallashtirish sohasida suv resurslarini boshqarishda foydala
-
niladigan qarorlarni qabul qilishning amaldagi qoidalarini qayta
ko‘rib chiqishni talab etmaydigan
ishonchli loyiha yoki strate
-
giyalarni izlash orqali ehtimoliy variantlarning yanada maqbul
diapazonini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Suv resurslarining in
-
tegratsiyalangan boshqaruvi borgan sari adaptatsiyalanayotgan
bir vaqtda yanada faol ko‘p sektorli hamkorlikka, ya’ni havzaviy
boshqarish va rejalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj orta boradi.
Avval ta’kidlanganidek, suv resurslarini zamonaviy boshqa
-
rish juda murakkab jarayon. Suv resurslarini boshqarishning eng
muhim belgilovchilaridan biri suv resurslari va ularning iste’mo
-
lini mohirona moslashtirish hisoblanadi. Dunyodagi istiqbolda
-
gi suv ta’minoti destabillovchi qator omillarni, jumladan aholi
sonining ortishi, iqtisodiyotning o‘sishi,
ifloslanishning ortishi
kabilarni hisobga olishi bilan birga iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan suv miqdorning kamayishi ehtimoli kabilarni ham e’ti
-
bordan qochirmasligi lozim.
Shunday qilib, suv resurslarini boshqarish jamiyat va tabiat
-
ning suvga bo‘lgan ehtiyojlarini kerakli sifat va miqdorda barcha
vaqt davrlarida – operativ, ko‘p yillik va istiqboldagi ehtiyojlarni
qondirishni ta’minlashi zarur.
Suv resurslarini integratsiyalashgan tarzda boshqarish
(SRIB) suv, yer va ular bilan bog‘liq bo‘lgan resurslarni hayotiy
47
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
ekotizimlar barqarorligiga zarar yetkazmasdan jamiyatning iq
-
tisodiy va ijtimoiy farovonligini maksimallashtirish maqsadi
-
da muvofiqlashtirilgan rivojlantirish
va boshqarishga yordam
beruvchi jarayon sifatida shakllanadi. Aynan barcha suvlarning
o‘zaro bog‘liqligi ulardan foydalanishni integratsiyalashga
chorlaydi.
Integratsiya
o‘zaro
bog‘lanishning
ikkita
bazisli
kategoriyasini ko‘zda tutadi: suv resurslari ehtimoli va sifati
-
ning kritik belgilovchisi bo‘lgan tabiiy tizimlar hamda suv re
-
surslaridan
foydalanish ulushi, suv olish tizimi, resurslarni
ifloslanishdan himoyalash va ijtimoiy barqarorlikning yomon
-
lashuvini belgilovchi ijtimoiy tizim.
SRIB vaqt va makondagi
o‘zgarishlarni va bu kategoriyalar orasidagi bog‘lanishlarni e’ti
-
borga oladi. Shuningdek, suv xo‘jaligi faoliyatini maxsus yopiq
tizim sifatida saqlashdan farqli ravishda, suv resurslarini bosh
-
qarish ishini ulardan foydalanuvchilar ishtirokidagi jamoat
ishiga aylantirish SRIBni an’anaviy
fragmentar yondashuvdan
ajratib turadi. SRIB yondashuvlaridan foydalanish, suv resurs
-
larini boshqaruvchilarga suvga bo‘lgan ehtiyojga jamiyat mu
-
nosabati qanday ta’sir ko‘rsatayotgani
va bundan kelib chiqib
suv resurslari an’anaviy boshqaruvini suv tejovchi boshqaruvga
o‘zgartirishga yordam beradi. Bunda suv resurslarini havzaviy
boshqarish va rejalashtirish eng muhim mexanizm sifatida xiz
-
mat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: