Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


muammolar va murakkabliklar



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

muammolar va murakkabliklar
Suv resurslarini va ulardan foydalanishda vujudga keluvchi 
ijobiy hamda salbiy jihatlarni e’tiborda tutish muhim. Bir to
-
mondan suv insoniyat, hayvonot va o‘simliklar dunyosi hayoti 
uchun o‘ta muhim resurs. Masalan, suv resurslari samarali ish
-
lab chiqarish faoliyati, qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika, sanoat, 
baliqchilik, turizm, transport rivoji uchun asos hisoblana
-
di. Boshqa tomondan suv resurslari o‘ta vayronkor bo‘lib, 
kasalliklar tarqalishi va katta hududlarni suv bosishini keltirib 
chiqarishi ham mumkin. Suv taqchilligi yoki uzoq davom etgan 
qurg‘oqchilik katta miqdordagi o‘limlar va iqtisodiy inqirozni 
keltirib chiqarishi mumkin. Suv, shuningdek, milliy yoki bir yoki 
bir necha mamlakatlar birga foydalanuvchi transchegaraviy 
havzalarda yashovchi aholi o‘rtasidagi mojarolarni keltirib chiqa
-
rishi yoki uning keskinlashuviga olib kelishi mumkin. Ko‘pgina, 
ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda chuchuk suv resurslari 


50
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
holati, sifati va miqdori jihatidan suv ekotizimlari yomonlashib 
borayotganini ko‘rish mumkin. Bu esa suv resurslaridan foydala
-
nishda foydadan ko‘ra ko‘proq suv bilan bog‘liq tavakkalchilik va 
xavflarga yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatadi. 
Bugungi kunda aholi sonining o‘sishi, demografik o‘zgarish
-
lar, iqtisodiy taraqqiyot va iqlimning o‘zgarishi kabi omillar suv 
resurslariga kritik ta’sir etmoqda. Shuningdek, suv resurslari 
ishlab chiqarish va iqtisodiy taraqqiyotga, aholi salomatligi va 
hayot darajasiga hamda milliy xavfsizlikka sezilarli ta’sir ko‘rsa
-
tadi. Suvga bo‘lgan ta’sirlar ortgani sari biz yangilanib turuvchi 
suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishimiz zarur. 
Biroq suv resurslarini boshqarish murakkablashib bormoq
-
da. Ko‘pgina mintaqalarda iqlim sharoitlari o‘zgarishlaridagi 
noaniqliklar va tabiiy sharoitlar tufayli suv resurslarini bosh-
qarish asosiy muammoga aylanib ulgurdi. Iqlim o‘zgarishi tu
-
fayli bu murakkabliklar ortib bormoqda. Ayrim mintaqalarda 
bu yog‘ingarchilik va daryo oqimlari kamayishiga olib kel
-
sa, boshqa mintaqalarda, aksincha, ko‘proq suv bosishi ho
-
latlarini keltirib chiqarmoqda. Bunday o‘zgarishlar aholi va 
iqtisodiyotning o‘sishi, urbanizatsiya va oziq-ovqatga talab
-
ning ortishi (demak, suvga talabning ortishi, suv tanqis bo‘lgan 
hududlardagi manbalar va yer osti suvlarining degradatsiyasi 
ortishi) tufayli yanada kuchayishi kutiladi.
Bugungi kunga kelib havzalar boshqaruvchilari suv re
-
surslarining sog‘lom boshqaruvi va iqtisodiy taraqqiyot 
mutanosibligini ta’minlashda juda katta bosim, tavakkalchi
-
lik va muammolarga uchramoqdalar. Hukumatlar va havza 
boshqaruvchilari oldida turgan murakkab vazifa taraqqiyot 
va barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashdir. Bu har 
bir havzada suv resurslarini rivojlantirish va boshqarishning 
yanada aniqroq yo‘llarini hamda oqibatlarga qarshi mutanosib 
uslublarni topish zaruriyatini ko‘rsatadi. 


51
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Suv resurslari boshqaruvchilari oldida turgan murakkab
-
liklarning ko‘pi yangi paydo bo‘lgan emas. Ammo muammo
-
lar o‘zining miqyosi va xarakteri bo‘yicha bir havzadan bosh
-
qa havzaga o‘zgarib turadi va ularning yechimi ham turlicha 
bo‘ladi. Mazkur muammolarning yechimi odatda ikki muhim 
tomonni: ya’ni ma’lumotlarni to‘plash, infratuzilma va ularning 
ekspluatatsiyasi kabi strukturaviy muammolarni (strukturaviy 
intervensiya) hamda institutsional (ko‘pincha “yumshoq” inter
-
vensiya deb nomlanuvchi), qarorlar va narxlar yoki bilimlar va 
ma’lumotlar kabi omillarni qamrovchi tadbirlar masalasini o‘z 
ichiga olishi lozim. 
Strukturaviy intervensiya odatda xizmatlarni ta’minlovchi 
va ko‘zga ko‘rinuvchi bo‘lgani uchun siyosiy jihatdan ma’qul
-
roq va qimmatroq hisoblanadi. Ular ko‘proq e’tibor tortadilar. 
Institutsional intervensiya esa arzon bo‘lib, ayrim hollarda si
-
yosiy va ijtimoiy jihatdan kamroq e’tibor tortadi.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish