99
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
boshqarish jarayonini o‘zgarayotgan oqibatlarga, jumladan si
-
yosiy o‘zgarishlar, tabiiy ofatlar va demografik o‘zgarishlarga
moslashtira olishimizni anglatadi.
Mamlakatlarda suv resurslaridan foydalanish va ularni mu
-
hofaza qilish bo‘yicha rasmiy siyosat odatda milliy hukumat
-
lar tomonidan o‘rnatiladi. Mazkur siyosatlarni amalga oshirish
jarayoni ko‘p hollarda samarali bo‘lsa-da,
siyosatlar havza
miqyosida amalga oshiriladigan hollarda “butun havza”
uchun maqbul qarorlarga kelishning hamda “yuqori va quyi
oqim” muammolariga (daryo havzalari uchun) va “mintaqa va
mintaqa o‘rtasidagi” (ko‘l yoki yer osti suvlari resurslari uchun)
qarama-qarshiliklariga yechim topishning kattaroq imkoniyat
-
lari mavjud. “Butun havza” yondashuvi ta’sirlarni tizim darajasi
-
da baholash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, milliy siyo
-
satlar hamda transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha xalqaro
kelishuv va mintaqaviy konvensiyalarni qo‘llash, tabiiy havzalar
miqyosida amalga oshiriladi. Mamlakat miqyosida va havza dara
-
jasida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutasaddi tashkilot
-
lar o‘rtasidagi munosabatlar esa yanada dinamik va ro‘yobga ke
-
layotgan o‘zgaruvchan oqibatlarga (ularning ekologik, ijtimoiy
yoki iqtisodiy bo‘lishidan qat’i nazar) moslashuvchanroq bo‘ladi.
Suv resurslarini havzaviy boshqarish bugun paydo bo‘lgan
butunlay yangi yondashuv emas.
Ayrim mamlakatlar, masalan
Fransiya va Ispaniya bir necha o‘n yilliklar davomida havza
-
viy boshqarish yondashuvini qo‘llab kelmoqdalar. Jumladan,
Ispaniyada 9 ta “Gidrografik konfederatsiyalar” 75 yildan
ko‘proq
davr davomida, Fransiyada esa 1964-yildan beri 6 ta
“Havza qo‘mitalari” va “Suv agentliklari” faoliyat ko‘rsatib kel
-
moqda. Germaniyaning North Rhine-Westphalia shtatidagi 11 ta
daryo havzaviy tashkilotlardan biri bo‘lgan Ruxr assotsiatsiyasi
(Ruhrverband) 1899-yilda suv xo‘jaligi va gidroenergetika soha
-
si xodimlarining ixtiyoriy alyansi sifatida tashkil etilgan. Xalqaro
100
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
komissiyalar Yevropada ko‘p yillar avval, jumladan Reyn, Meyuz,
Sheldt, Mosell va Sarre daryolari hamda Jeneva ko‘li havzasida
tashkil etilgan. AQSHda Tennessi vodiysi boshqarmasi 1933-yil
-
da tashkil etilgan. Avstraliyada 1992-yilda Murrey-Darling shart
-
nomasi asosida Murrey-Darling havza komissiyasiga suv, yer
va atrof-muhit resurslarini rejalashtirish va barqaror boshqa
-
rish masalalarini muvofiqlashtirish vakolati berilgan. 1909-yil
-
da AQSH va Kanada hukumatlari tomonidan chegara suvlari
shartnomasi asosida birga foydalaniladigan suv resurslarini
boshqarish bo‘yicha qo‘shma xalqaro komissiya tashkil etilgan.
Janubi-sharqiy Osiyoda 1995-yilda
Mekong daryosi havzasini
barqaror rivojlantirish bo‘yicha imzolangan hamkorlik shart
-
nomasi Mekong daryosi Komissiyasi tashkil etilishiga olib kel
-
di. Niger daryosi boshqarmasi va Chad ko‘li havzasi komissiyasi
1960-yillarda tashkil etilgan. Sinega va Gambiya daryolarini ri
-
vojlantirish komissiyalari 1970-yillarda tashkil etilgan. Yevropa
hamjamiyatining Doiraviy Suv Direktivasi qonuni talablari asosi
-
da uning barcha 27 a’zo mamlakatlari tomonidan havzaviy bosh
-
qaruv rejalari ishlab chiqilgan.
Suv resurslari havzaviy boshqaruvining rasman katta kun
tartibiga qo‘yilishi ikkinchi butunjahon suv forumida amalga
oshirildi. Bungacha mazkur masalaga bag‘ishlangan maxsus
texnik seminar 1999-yilda Gaagada
tashkil etilgan va uning
tavsiyalari, jumladan, dastlabki tajribalar natijalari hamda
havzaviy boshqaruv yondashuvi bo‘yicha muhim munozaralar
xulosalari taqdim etilgan. Jahonda suv resurslarining havzaviy
boshqaruviga o‘tish bo‘yicha tahlillar 1999- va 2000-yillarda
yakunlangan.
Shunday qilib, suv resurslarini havzaviy boshqarish – suv re
-
surslarini boshqarishga zamonaviy yondashuv bo‘lib, unda aso
-
siy birlik sifatida daryo havzasi hududi qabul qilinadi. Bunda
moliyaviy mexanizm – havza hududida
suvdan foydalanganlik
101
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
(suv xizmatlari) uchun to‘lov va suvni muhofaza qilish bo‘yicha
ustuvor tadbirlarni moliyalashtirish o‘rtasidagi bevosita bog‘liq
-
likni kafolatlaydi.
Suv resurslarini boshqarishda havzaviy tamoyilni amalga
oshirishning majburiy shartlaridan biri – barcha manfaatdor
tomonlar ishtirokida moliyaviy qarorlar muhokamasi va ular
-
ning qabul qilinishida aniq demokratik jarayonlarni ta’minlash,
havza bo‘yicha suv siyosati va ekologik dasturlar to‘g‘risida ular
-
ni ishlab chiqish va amalga oshirishning
barcha bosqichlarida
jamoatchilikni hamda suv resurslari sifati va holati bo‘yicha aho
-
lini xabardor qilib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: