9 - J.Vern
257
da bu taxmin ham yo'lchi yulduz xizmatini o'tashi
mumkin. Shuning uchun kundalik yozuvimni da
vom ettiraman va agar ta’bir joiz bo'lsa, ularni vo-
qealar ayni talab etgan tarzda yoritib boraman...
Sirasini aytganda, bizni kapitan Nemo bilan
bog lab turadigan hech qanday majburiyat yo'q. U
«Nautilus»dan qochish imkoniyati yo'qligini bila-
di. Shuning uchun u bizdan hatto kemada qolishga
so'z berishimizni ham talab etmadi. Zimmamizda
hech qanday majburiyat yo'q. Biz odob yuzasidan-
gina mehmon deb atalayotgan bo‘lsak-da, aslida
oddiy bandidan sira farqimiz yo'q edi.
Ned Lend ozodlikka chiqish niyatidan qaytga-
ni yo'q. U dastlabki qulay fursatdanoq foydalana
olishiga ishonchi komil. Men ham unga ergashsam
kerak. Ammo shunga qaramay, suvosti mo'jiza-
laridan osonlikcha ko'ngil uzolmasman. Bu m o'ji-
zalar bilan tanishuv imkoniyatiga kapitan Nefrio-
ning himmati tufayligina erishgan edim.
Hozir ham men bu odam qarshisida ta’zim eti-
shim kerakmi yoki yomon ko'rishim kerakmi, u
jabrdiydami yoki jallodmi - sira tushunolmayman.
Ochig'ini aytsam, «Nautilus» bilan bir umrga xayr-
lashishdan oldin, boshlanishi juda ajoyib bo'lgan bu
butun dunyo suvosti sayohatini oxiriga yetkazishni
istar edim. Dengizlarda yashirinib yotgan barcha
mo'jizalami ko'rgim bor. Hatto bilimga nisbatan
qonmayotgan tashnaligim yo'lida jonimdan ayril-
sam ham, mengacha biron kishiga ko'rish nasib qil-
magan hamma narsalarni ko'rishni istar edim. Ho-
zirgacha men nimani bilib oldim? Hech narsani yoki
deyarli hech narsani, zero, biz Tinch okean bo'ylab
atigi olti ming lyo masofani bosib o'tdik.
Shu orada «Nautilus» odamlar yashaydigan yerga
yaqinlashmoqda. Bordi-yu, qochishga ozgina bo'lsa
258
ham imkoniyat tug'ilib, men ilmga tashnaligimni
qondirish maqsadida og'aynilarim manfaatiga xiyo-
nat qilsam - bu kechirilmas shafqatsizlik bo'ladi.
Men ularga ergashib borishim, balki yo'l boshla-
shim kerak bo'lar. Biroq qochishga qulay fursat ke-
larmikin? Tazyiq ostida ozodlikdan mahrum etil-
gan kishi buni orzu qilar edi, ammo olim qachondir
shunday imkoniyat tug‘ilishidan cho'chirdi.
Shu kuni, 21-yanvarda, peshinda kapitan yor
damchisi odatdagiday kuzatuv olib borish uchun
palubaga chiqdi.
Men ham palubaga chiqdim va sigara cheka tu-
rib, uni kuzata boshladim. Men bu odamning fran
suz tilida so'zlamasligiga shubhalanmasdim. Chun
ki ko'pincha ataylab ovoz chiqarib kishiga beixtiyor
ta’sir etuvchi tanbehlar berardim. Biroq u hamisha
sira o'zgarmay jim turaverardi.
U sekstantni ko'ziga tutib, quyoshning ufq-
qa og'ish balandligini aniqlayotganida, paluba
ga «Nautilus» matroslaridan biri chiqdi. Bu Kres
po oroli o'rmoniga qilgan saylimizda bizga hamroh
bo'lgan o'sha barzangi edi. U projektor oynasini to-
zalashga kirishdi.
Men bu asbobni qiziqish bilan ko'zdan ke-
chirdim. Har ikki tomonidagi qabariq oyna aylana
shaklida joylashtirilganidan manba yorug'ligini bir
dasta qilib yig'ib, yuz baravar kuchaytirib sochar-
di. Bu manba eng ko'p yorug'lik sochadigan qilib
qurilgan edi. Elektr yoyi sun’iy ravishda hosil etil-
gan havosiz bo'shliqni yoritar edi, bu esa ravshan-
lik darajasini doim bir me’yorda tutar va ayni choq-
da oralig'ida yoy hosil bo'ladigan grafitning o'tkir
damini saqlar edi.
Bu esa kapitan Nemo uchun ayniqsa muhim.
Chunki u grafit zaxirasini osonlikcha to'ldirolmasa
259
kerak. Biroq havosiz bo'shliqda grafit dami g‘oyat
sekin qaytar edi.
«Nautilus» suvga sho‘ng‘ishga hozirlanayot-
ganda, men salonga qaytdim. Lyuk yopildi. Yuz
metrcha pastga tushgach, to ‘g‘ri g'arbga suzib ket-
dik.
Endilikda biz Hind okeanida, besh yuz ellik mil
lion gektar maydonni ishg'ol etgan bepoyon suv
sahrosida suzib borardik. Okean suvi shu qadar ti-
niq ediki, unga zaifroq kishi kema palubasidan turib
qarasa, boshi aylanib ketardi.
«Nautilus» odatda yuz-ikki yuz metr chuqur
likda suzar edi. Surunkasiga bir necha kun shun
day bo‘ldi. Mening o'rnimda boshqa biror odam
bo'lganida, bir xildagi bu sayohatdan siqilib ketishi
mumkin edi. Ammo har kuni ertalab tuz hidi an-
qib turadigan musaffo havoda palubada sayr etish,
salon derazasidan okean mo'jizalarini kuzatish,
kapitan Nemo kutubxonasidagi kitoblarni mutolaa
qilish, kundalik yozib borish - bularning hamma
si barcha kunlarimni band etar, siqilish yoki char-
choqqa bir daqiqa ham vaqt qoldirmas edi.
Ned Lend ham, Konsel ham va mening o ‘zim
ham g'oyat sog'lom kishilarmiz. «Nautilus»da be-
rilayotgan ovqat, umuman olganda, bizni to ‘la
qanoatlantirar va kanadalik xafa bo'lmaganda,
men umumiy dasturxonga turli yo'llar bilan u
qo'shimcha qilib qoyayotgan «уег» taomlaridan jon
deb voz kechar edim. Buning ustiga bizni hamisha
qamrab turgan havoning mo'tadilligi natijasida ki
shi hatto tumov ham bo'lmas edi. Tumovga chalin-
gan taqdirda ham «Nautilus» dorixonasida Provans-
da «dengiz shiviti» deb atalib, yo'tal va tumovga
eng yaxshi davo hisoblangan daraxtsimon dendro-
filliy marjonlarining yetarlicha kukuni bor.
260
Bir necha kungacha ertalablari palubaga chiqib,
suv qushlari, ayniqsa chayka va pomorniklarning
ko'pligidan hayratga tushdim. «Nautilus» matroslari
ovlagan bu «suv qushlari»dan juda mazali taom tay-
yorlashar edi. Yirik qushlar orasida sohildan uzoqqa
uchib, charchaganda to'lqinlarga qo'nib dam ola-
digan, surnayburunlilar guruhiga mansub chiroyli
albatroslar diqqatni o'ziga tortar edi. Eshkakoyoqli-
lar oilasidan bu yerda dengiz sathiga yaqin suzadi-
gan baliqlarni ovlovchi tezuchar fregatlar1, kattaligi
kaptarcha, oq qo'shparlarining cheti pushti rang-
ligidan to ‘q qora qanotlari yanada yaqqol ko'rinib
turadigan juda ko'p faetonlar uchib yurar edi.
«Nautilus» to'rlariga har kuni turli-tuman de
ngiz toshbaqalari tushar edi; ayniqsa juda qiziq
toshbaqa - karetta yoki savdoda g'oyat yuqori ba-
holanadigan yarim aylana shaklidagi qabariq kosa-
li bissani alohida ta ’kidlab ko'rsatmoqchiman. Bu
toshbaqalar burun kataklari teshigining go'sht-
dor qopqog'ini bekitib olib, suv ostida uzoq mud-
! dat tura oldadi. Ba’zi bir karettalar dengiz hay-
vonlardan o'zini himoya etish xizmatini o'taydigan
kosasiga bekinib uxlayotganida to'rga tushgan edi.
Bu toshbaqalarning go'shti bemaza, ammo ular
ning tuxumlari juda laziz taom hisoblanadi.
Baliqlarga kelganda shuni aytish kerakki, ular
ni salonning ochiq derazasidan har gal kuzatgani-
mizda mahliyo bo'lib qolar edik. Bu yerda men ba-
liqlarning shu vaqtgacha sira uchratmagan bir ne
cha turlarini ko'rdim.
Dastawal kuzovkalar - faqat issiq suvlarda, ay
niqsa Qizil dengiz, Hind okeani va Markaziy Ame-
rika sohillariga yaqin joylarda yashaydigan baliqlar
haqida gapirmoqchiman. Bu baliqlar toshbaqalar,
Do'stlaringiz bilan baham: |