Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Elektroliz

  -   biror  eritma  orqali  tok  o'tganda  shu  eritmadagi 

moddaning tarkibiy qismlarga ajratilishi.

112


-   0 ‘-o‘, kerak bo'lsa,  yetarli miqdorda havo  oli- 

shim ham oson edi, ammo bunga hojat yo‘q, chunki 

m en  istagan  vaqtimda  okean  sathiga  ko'tarilishim 

mumkin.  Sirasini  aytganda,  elektr maxsus  rezervu- 

arlarga havo berib turuvchi kuchli nasoslarni hara- 

katga  keltiradi,  zarurat  tugilganda  shulardan  foy- 

dalanib, uzoq muddat suv ostida turishim  mumkin.

-   Kapitan,  -   dedim  men,  -   sizning  oldingizda 

faqat  bosh  egishim  mumkin.  Aftidan,  siz  odamlar 

ancha  keyinroq  kashf etishi  mumkin  bo'lgan  elek- 

trning juda katta mexanik kuchini oldinroq ochish- 

ga muvaffaq bo'lganga o'xshaysiz!

-   Bilmadim,  odamlar  buni  umuman  kashf  eta 

olarmikin,  -   deya  sovuqqonlik  bilan  javob  berdi 

kapitan  Nemo.  -   Ammo  nima  bo'lsa  ham  m en  bu 

hayratomuz  kuchdan  qanday  foydalanayotganim- 

ni  bilib  oldingiz.  Ana  shu  kuch  kemaga  doimiy  va 

uzluksiz  yoruglik berib  turadi,  bu  imkoniyat hatto 

quyoshda  ham yo‘q.  Endi  mana bu  soatni  qarang -  

u  elektr  soat,  to ‘g‘ri  yurishda  eng  yaxshi  xrono- 

m etrlardan  qolishmaydi.  Uning  siferblatini  italyan 

soatlari singari yigirma to'rtga bo'ldim, chunki men 

uchun kunduzi ham,  kechasi ham,  quyosh  ham,  oy 

ham yo‘q,  faqat  dengiz  qa’rida  ortimdan qoldiradi- 

gan sun’iy yogdu bor.  Qarang, ertalabki soat o‘n.

-  Juda to ‘g‘ri.

-   Mana  bunisi  elektrdan  foydalanishning bosh­

qa  yo‘li.  Ko‘z  oldingizda  osig'Iiq  turgan  siferblat 

«Nautilus»ning  tezligini  ko'rsatishga  xizmat  qila- 

di. Lag vintidan siferblatga sim tortilgan, uning mili 

menga  kema  qanday  tezlikda  ketayotganini  aytib 

turadi.  Ko'ryapsizmi,  hozir biz ancha sekin  -   soati­

ga o ‘n besh milya bosyapmiz.

-   Qoyil!  -   xitob  qildim  men.  -   Tabiiy  kuchni 

tanlab  to ‘g‘ri  ish  qilganingizni  endi  ko'rib  turib-

113



man,  kapitan.  Bug  kuchining  elektr  bilan  almash- 

tirilganidan kemangiz faqat yutgan.

-   Biz  hali  kemani  tam om an  ko'rib  bo'lganimiz 

yo'q,  professor,  -   dedi  kapitan  Nemo  stuldan  turar 

ekan.  -   Charchamagan  bo'lsangiz  «Nautilus»ning 

quyruq tomoniga yuring.

Darhaqiqat,  suvosti  kemasining  tumshuq  qis- 

mini  ko'rib  bo'lgan  edim.  Kemaning  o'rtasidan 

tumshug'igacha  joylashgan  xonalar  o'z  tartibi  bi­

lan  quyidagicha  edi:  kutubxonadan  suv  o'tkaz- 

maydigan  to'siq  bilan  ajratilgan  uzunligi  besh 

metrli  oshxona;  uzunligi  besh  metrli  kutubxona; 

kapitanning xonasidan  suv  o'tkazmaydigan,  ikkin- 

chi  to'siq  bilan  ajratilgan  uzunligi  o'n  metrli  katta 

salon; kapitanning uzunligi besh metrli xonasi; ikki 

yarim metrli mening xonam va nihoyat forshteven- 

gacha  cho'zilib  borgan  uzunligi  yetti  yarim  m etrli 

havo saqlaydigan rezervuar.

,  Umuman,  kemaning  bu  qismining  uzunligi  o't- 

tiz  besh  m etr  edi.  Suv  o'tkazmaydigan  to'siqlar- 

ning  eshiklari  mahkam  yopiladigan  qilib  ishlangan 

bo'lib,  bu  «Nautilus»ning  biron yeri  teshilgan  taq- 

dirda ham uni suv bosish xavfidan saqlar edi.

Men  kapitan  Nemoning  ortidan  yo'laklar  bo'y- 

lab  kemaning  o'rtasiga  keldim.  U  yerda  suv  o 't­

kazmaydigan  ikki  to'siq  orasida  torgina  chuqurlik 

bor  edi.  Devorga  vint  bilan  mahkamlangan  tem ir 

narvon  shiftga  olib  chiqar  edi.  Men  kapitandan  bu 

chuqurlikning nimaga kerakligini so'radim.

-  Eshkakli qayiq turgan joyga olib chiqadi,  -   deb 

javob berdi u.

-   Nima!  Sizda qayiq bormi?  -   taajjublanib qayta 

so'radim men.

-   Bo'lmasam-chi.  Juda  ajoyib,  yengil,  cho'k-



114


maydigan qayiq bor.  Unda sayr qilamiz,  baliq oviga 

chiqamiz.

-   Oayiqni  chiqarish  uchun  siz  suv  sathiga 

ko'tarilishingiz kerakmi?

-   Yo‘q,  bunday  qilmayman.  Qayiq  «Nautilus» 

palubasining  maxsus  uyasida  turadi.  Uning  suv 

o'tkazmaydigan mahkam qopqog'i bo'lib, uyada uni 

mustahkam boltlar tutib  turadi.  Bu  narvon  paluba- 

ga,  qayiq  tagidagi  ensizgina  tuynukka  olib  boradi. 

Qayiq ostida ham xuddi  o'shanday tuynuk bor.  Ana 

shu  ikki  tuynuk  orqali  qayiqqa  o'tam an.  Men  kirib 

olgach,  «Nautilus»dagi  tuynukni  yopishadi.  Qa­

yiq  ostidagi  tuynukni  maxsus  qopqoq  bilan  o'zim 

yopaman.  Shundan  so'ng  boltlarni  burab  chiqara- 

man va  qayiq juda katta tezlik bilan  dengiz  sathiga 

ko'tariladi.  Men  yig'ma  qopqoqni  ochib  machtani 

qo'yaman va yelkanni  ko'taram an yoki  eshkaklarni 

olaman.


-  Kemaga qanday qilib qaytasiz?

-   Men  o'zim  qaytmayman.  «Nautilus»ning  o'zi 

keladi.

-   Sizning buyrug'ingiz bilanmi?

-   Ha,  mening  buyrug'im  bilan.  Men  u  bilan 

elektr  simi  vositasida  aloqa  bog'layman.  Kemaga 

qaytmoqchi bo'lganimda telegramma beraman.

-   Darvoqe,  -   deya  xitob  qildim  men  bu  m o‘- 

jizalardan  hayratga  tu sh ib ,-  bundan  osonroq  yo'l 

yo'q.


Kema  ustiga  olib  chiqadigan trap katagining ol- 

didan,  uzunligi  ikki  m etr  keladigan  kayuta  yoniga 

o'tdik,  u  yerda  Ned  Lend  bilan  Konsel  lunjlarini 

to'ldirib,  ajoyib  nonushtani  tushirayotgan  edilar. 

Bu  kayutaning yonida  uzunligi  uch  metrli  oshxona 

joylashgan  edi.  Shu  yerning  o'zida  keng  omborxo- 

nalar bor edi.

115



Oshxonada  elektr  bilan  ovqat  pishirilar  edi. 

Platina  taxtachalarga  parchinlangan  simlar  qizib, 

oqish  rang  bo‘lib,  yopish,  qaynatish  va  qovurish 

uchun plitalarga kerakli miqdorda harorat berib tu ­

rar  edi.  Elektr  dengiz  suvini  qayta  ishlab,  kemaga 

yetarli  miqdorda  juda  ajoyib,  ichishga  yaroqli  suv 

beradigan  destillyatsiya  apparatlarini  ham  qizitar 

edi.


Oshxonaning yonida vannaxona joylashgan edi.

Undan  narida  kubrik  -   komanda  uchun  xona 

bo'lib,  uzunligi  besh  m etr  edi;  ammo  eshigi  berk 

bo'lganidan  men  u  yerdagi  ahvolga  zimdan  qarab 

«Nautilus»ning ekipajida necha kishi borligini aniq- 

lay olmadim.

Xuddi  shu  yerda  kubrikni  mashina  bo'lmasidan 

ajratib  turgan  suv  o'tkazmaydigan  to'rtinchi  to'siq 

bor edi. Biz to'siqdagi eshikdan o‘tib, yuksak mala- 

kali  injener  kapitan  Nemo  «Nautilus»ni  harakatga 

keltiradigan mashinalarni o'rnatgan zalga kirdik.

• 

Juda  yaxshi  yoritilgan  zalning  uzunligi  kami- 



da  yigirma  m etr  kelardi.  Zal  ikkiga  bo‘lingan  edi. 

Birinchisida  elektr  energiya  hosil  etadigan  ele- 

mentlar, ikkinchisida kema parragini harakatga kel- 

tiruvchi m ashinalar turar edi.

Zaldagi allaqanday g'alati bir hid meni taajjubga 

soldi.


Kapitan  Nemo  sarosimaga  tushib  qolganimni 

sezdi.


-   Bu  natriy  olganda  ajraladigan  gazning  hidi,  -  

dedi  u.  -   Hechqisi  yo‘q,  arzimagan  noqulaylik.  Biz 

baribir  har  kuni  ertalab butun  kemani  shamollatib 

olamiz.


Men  «Nautilus»  mashinalarini  qiziqib  tomosha 

qildim.


-   Ko'rib  turibsizki,  -   dedi  kapitan  Nemo,  -

116


men  Rumkorf  elementlaridan  emas,  balki  Bunzen 

elementlaridan  foydalanyapman.  Rumkorf  ele- 

m entlari  menga  kerakli  q uw atni  berolmasdi.  Bun­

zen  batareyalari  menda  ko‘p  emas,  ammo  har  biri 

ham juda kuchli.  Batareyalar hosil etgan elektr zal- 

ning qarama-qarshi tomoniga uzatiladi va u yerdagi 

ulkan  elektr  motorlarni  harakatga  keltiradi.  Bular 

esa  o‘z  navbatida  transmissiyalarning  juda  murak- 

kab  sistemasi  orqali  eshkak  valini  aylantiradi.  Bu 

valning  diametri  oltmish  santim etr,  uzunligi  yetti 

yarim  metr.  Shunday katta  bo'lishiga  qaramay,  val 

aylanishining tezligi  sekundiga bir yuz yigirmataga 

yetadi.

-  Siz tezlikni...

-   Soatiga ellik milya.

Bu  yerda  allaqanday  sir  bor  edi,  ammo  su- 

rishtirib  olishga  yuragim  dov bermadi.  Qanday  qi­

lib  elektr  shu  qadar  kuchli  energiya  berishi  m um ­

kin?  Bu  misli  ko'rilmagan,  deyarli  cheklanmagan 

,  kuchning  manbayi  qayerda?  Buning  siri  yuqori  tok 

beriladigan  katushkalarning  yangi  namunalari- 

damikin yoki transmissiyalar sistemasidami?

Bunga sira aqlim yetmasdi.

-   Kapitan  Nemo,  -   dedim,  -   men  muvaffaqi- 

yatlar  oldida  bosh  egaman va  bunga  qanday erish- 

ganingizni  oylab  ham  o'tirmayman.  Men  «Nau- 

tilus»ning  «Avraam  Linkoln»  atrofida  manyovr  qil- 

ganini ko'rdim va u naqadar katta  tezlik bilan suza 

olishini  bilaman.  Ammo  birgina  tezlikning  o‘zi 

bilan  ish  bitmaydi-ku.  Qayoqqa  borayotganing- 

ni  ham   ko'rib  turish  kerak-ku.  Kemani  yuqoriga, 

pastga,  chapga,  o'ngga yo'naltirish  imkoniyati ham 

bo'lishi  kerak-ku.  Siz  bularning  hammasini  bosim 

yuzlab  atmosferaga  yetadigan  juda  chuqur  yerlar- 

da  qanday  boshqarasiz?  Qanday  qilib  okean  sathi-

117



ga  ko'tarilasiz?  Nihoyat,  o'zingiz  tanlab  olgan  suv 

qatlamida  kemaning  to'g'ri  harakat  qilishiga  qan­

day erishasiz? Bu  qadar ko‘p savol berib,  odobsizlik 

qilmadimmikin?

-   Mutlaqo,  professor,  -   deb  javob berdi  kapitan 

biroz  ikkilanishdan keyin.  -   Axir  siz  bu  suvosti  ke- 

masidan  hech  qachon  ketmaysiz-ku.  Oani,  salon- 

ga  yuring.  Mening  ishlaydigan  xonam  o'sha  yerda. 

Ana o‘sha yerda «Nautilus» haqida bilishingiz kerak 

bo'lgan hamma narsani aytaman.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish