Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Palisandr  -

  ba’zi  tropik  daraxtlaming  qattiq,  qimmatbaho 

yog'ochi.

99


-   Kapitan  Nemo,  -   dedim  men,  -   mana  bu  ku- 

tubxona  bilan  yerdagi  har  qanday  saroy  faxrlan- 

sa  arziydi.  Okean  qa’rida  shunday  ajoyib  kutub- 

xonangizning borligi meni hayratga solmoqda!

-   Ishlash  uchun  bundan  qulayroq  sharoitni  qa- 

yerdan  topasiz,  professor?  -   dedi  kapitan.  -   Pa- 

rij  muzeyidagi  kabinetingiz  shunchalik  osoyishta 

bo'ladimi?

-  Yo'q,  albatta... Ochig'ini aytsam, bu zal oldida 

u  juda  qashshoq.  Bu  yerda  kamida  olti-yetti  ming 

kitob bordir?

-   O'n  ikki  ming,  janob  Aronaks.  Meni  yer  bilan 

bog'lab  turgan  yakka-yu  yagona  narsa  shu.  Biroq 

«Nautilus»  birinchi  m arta  suvga  sho'ng'igan  kun- 

dan  e’tiboran  men  uchun  dunyo  yo'qoldi.  O'sha 

kuni men so'nggi kitob va risolalarni, gazetalarning 

so'nggi  nusxalarini  sotib  olgan  edim.  O'shandan  , 

beri  men uchun  insoniyat  o'ylashdan va yozishdan 

to'xtadi.  Bu  kitoblar,  professor,  butunlay  sizning 

ixtiyoringizda  -  ulardan  istagan vaqtingizda xohla- 

ganingizcha foydalanavering.

Kapitan  Nemoga  minnatdorchilik  bildirgach, 

kutubxona  tokchalariga  yaqinlashdim.  Men  u  yer­

da  aniq  fanlarning  turli  sohalariga  doir,  falsafa, 

adabiyotga  doir  barcha  tillarda  yozflgan  kitoblarni 

ko'rdim.


Qiziq bir narsa diqqatimni o'ziga tortdi:  hamma 

kitoblar qaysi tilda yozilganidan  qat’i nazar,  alfavit 

tartibida turardi.  Bu  kapitan  Nemoning hamma til- 

larni yaxshi bilishidan dalolat berardi.

Men  kutubxonaga  inson  tafakkuri  yaratgan  eng 

ajoyib  narsalarni  -   fan  sohasida  ham,  badiiy  proza 

va  poeziyada  ham:  Gomerdan tortib  Viktor  Gyugo- 

gacha,  Ksenofontdan  Mishlegacha,  Rabledan  Jorj



100


Zandgacha  qadimiy va hozirgi  zamon avtorlarining 

asarlarini ko'rdim. Ammo bu kutubxonada ilmiy ki- 

toblar har holda ko'proq  edi.  Bilishimcha,  kapitan- 

ning ilmiy m ashgulotlarining asosiy predmeti tabi­

iyot tarixi bo‘lishiga qaramay, ballistika  mexanika- 

si,  gidrologiya2,  meteorologiya,  geografiya,  geolo- 

giya  va  hokazolarga  oid  kitoblar  ham  kam  emasdi. 

Tokchalarda  Gumboldt,  Aragoning  barcha  asarlari, 

Fuko,  Anri  Sen  Kler-Devil,  Shasl,  Miln-Edvards, 

Katrfaj,  Tindal,  Faradey,  Bertello,  Abbat  Sekki,  Pe- 

term ann,  Mori,  Agasits  asarlari,  akademiyalarning 

«Solnoma»lari, turli  geografik jamiyatlarning bulle- 

tenlari va hokazolar,  xuddi  shu faxrli  jamoa yonida 

kapitanning menga ko'rsatgan hurm atidan m innat- 

dor bo'lishim  kerakdir,  mening o‘sha ikki  tomligim 

ham  turar  edi.  Jozef  Bertranning  «Astronomiya 

asoslari»  kitobi  menga bir  sanani  aniqlab  olish  im- 

konini berdi: bu kitob  1865-yilning o'rtalarida chiq- 

qanini  bilardim;  bundan  chiqdi,  «Nautilus»  shun­

dan oldin suvga tushmagan.

Demak, kapitan Nemo ko‘pi bilan bundan uch yil 

muqaddam suvosti sayohatiga chiqqan!

Bordi-yu,  bundan  ham  keyinroq  chiqqan  ki­

toblar  topilib  qolsa,  suvosti  kemasining  dengizga 

tushirilgan  vaqtini  yanada  aniqroq  belgilab  olish 

mumkin,  deb oyladim  o'zimcha. Ammo bu masala- 

lam i bilib olish uchun hali oldinda yetarli vaqt bor, 

hozir  esa  «Nautilus»  mo'jizalarini  ko‘rib  chiqishni 

kechiktirgim kelmadi,

-   Kutubxonangizdan  foydalanishga  ruxsat  ber-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish