qarangki,
kutilganidan ham hayratliroq narsa, inson
iste’dodining mahsuli bo'lib chiqdi.
Bordi-yu, men aqlga sig'maydigan bir hayvon
borligini aniqlaganimda ham bu qadar hayratga
tushmagan va hayajonlanmagan bo'lur edim. Ta-
biat mo'jizalar yaratishiga taajjublanmasa ham
bo'ladi. Ammo inson qo'li bilan yaratilgan m o'ji-
zaga o'xshagan va g'ayritabiiy narsani ko'rganda
aqldan ozib qolish hech gap emas.
Buning ustiga shubhaga hech o'rin yo'q edi. Bi-
lishimcha, po'lat baliq shaklidagi g'alati suvosti
kemasining ustida edik. Ned Lendning bu haqdagi
fikri to'g'riligi qat’iy aniqlandi. Konsel bilan men
uning fikriga qo'shilishdan bo'lak choramiz qolma-
gan edi.
- Ammo bu kema bo'lsa, - dedim men, - unda
uning dvigateli va boshqa har xil mexanizmlari,
shiiningdek, bularni boshqaradigan odamlari ham
bo'lishi kerak-ku?
- Albatta bo'lishi kerak, - deb javob berdi gar-
punchi, - garchi men bu suzar orolda uch soat mo-
baynida turib hech qanday hayot belgisini sezma-
gan bo'lsam ham.
- O'rnidan qo'zg'algani yo'qmi?
- Yo'q, professor. U to'lqinda chayqalib turdi,
lekin o'rnidan jilgani yo'q.
- Ammo biz uning juda katta tezlikda suza oli-
shini yaxshi bilamiz-ku. Shunday tezlikda suza
olish uchun esa uning ishini boshqaradigan mashi-
na va odamlar kerak-ku, binobarin, men o'zimizni
qutqarilgan deb hisoblayman...
- Hmm! - deya g'o'dirladi ishonchsizlik bilan
Ned Lend.
64
Shu payt mening so'zlarimni tasdiqlaganday,
g alati kemaning quyruq tomonidan shovullagan
tovush eshitildi-yu, u o'rnidan qo‘zg‘aldi. Afti-
dan, u yassi parraklarining aylanishi bilan harakat-
lanadiganga o'xshaydi. Biz tumshuqdagi uncha
katta bo'lmagan do'ngakni zo‘rg‘a ushlab ulgurdik.
Baxtimizga kema sekin suzar edi.
-
Hozircha u suv sathida suzyapti, - deb
to ‘ng‘illadi Ned Lend, - bir narsa deyishga o ‘rin
yo‘q. Ammo suvostiga sho‘ng‘ishni o‘ylab qolsa
bormi, unda meni birov ikki dollarga olsa ham qim-
mat derdim.
Kanadalik o‘zini undan ham kamroq baholashi
mumkin edi. Aftidan, bu suzar apparatning ichidagi
odamlar bilan, kimligidan qat’i nazar, zudlik bilan
aloqa bog‘lashimiz zarurga o'xshardi.
Men uning ustida biror tuynuk yoki teshik bor-
mikin, deb qidira boshladim. Ammo po'lat qopla-
maning jipslangan chetlaridagi parchinlari hamma
yerda bir xil edi.
1 Oy botdi va biz mutlaqo qorong'ida qoldik. Bu
suvosti kemasiga kirish chorasini izlash uchun tong
otguncha sabr qilish kerak edi.
i Shunday qilib, hammamizning hayotimiz kema
rulini boshqarayotgan noma’lum kishilar haraka-
tiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bordi-yu, ular suvostiga
tushmoqchi bo‘lib qolishsa bormi, unda biz tamom.
Agar shu hoi ro‘y bermasa suvosti kemasining eki-
paji bilan aloqa boglay olishimizga imonim komil
edi. Darhaqiqat, bordi-yu, ular kislorodni o'zlari
ishlab chiqarmayotgan bo'lishsa, unda havo zaxi-
rasini to ‘latish uchun vaqti-vaqti bilan okean sathi-
ga chiqib turishlari kerak. Modomiki shunday ekan,
kema ichiga havo kirishi uchun qandaydir biror te
shik bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |