Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

3  -   J.Vern

65


Kema  o'rtacha  tezlik  bilan  g'arb  tomonga  su- 

zardi.  Uning  tezligi  soatiga  o‘n  ikki  milyadan  osh- 

mas  edi.  Vint parraklari  suvda  aylanib,  har  zamon- 

da oppoq tomchilarni faw ora qilib havoga otardi.

Tongotarda  soat  to'rtga  yaqin  kema  tezligini 

oshirdi.  Bizning kema ustida turishimiz  qiyinlashib 

qoldi.  Baxtimizga  Ned  paypaslab,  qoplamaga  mah- 

kamlangan  kattagina  halqani  topib  oldi.  Hamma- 

miz shuni ushlab oldik.

Nihoyat  bu  uzundan  uzoq  tun  o'tdi.  Men  chek- 

kan  azoblarimning  hammasini  hozir  eslay  olmay- 

man,  ammo  bir  narsa  xotiramda  mustahkam 

o'rnashib  qolgan:  ahyon-ahyonda  shamol  shovqini 

va  to‘lqinning  shovullagani  tingan  paytlarda  na- 

zarimda  allaqanday  muzika  ovozi,  uzuq-yuluq  ak- 

kordlar,  kuy  sadolari  qulog'imga  chalinganday  tu- 

yulardi.

Bu suvosti kemasining qanday siri bor ekan?

Unda  qanday  mavjudotlar  yasharkin?  Qana- 

qa  dvigatel  uning  bu  qadar  tezlik  bilan  suzishini 

ta ’minlayotgan ekan?..

Tong  yorishdi...  Bizni  ertalabki  tuman  qurshab 

oldi. Ammo u ko'p o'tmay tarqalib ketdi.

Suvosti  kemasining  suvdan  chiqib  turgan  qis- 

mini  endigina  sinchiklab  ko'zdan  kechirmoqchi 

bo'lib  turganimda  u  to'satdan  sekin  suvga  cho'ka 

boshladi.

-  


Ho‘,  iblislar!  -   qichqirdi  Ned  Lend  jarangdor 

temirni  kuchining  boricha  oyoqlari  bilan  do'pirla- 

tib.  -  Bizni ichkariga kiritsanglar-chi!..

Ammo  uning tovushi  vintning quloqni  kar  qila- 

digan ovoziga qo'shilib, yo'q bo'lib ketdi.  Baxtimiz­

ga kema cho'kishdan to'xtadi.

Birdan kema ichidan  surib qo'yilayotgan tamba- 

ning  ovozi  eshitildi.  Lyuk  qopqog'i  ochilib,  undan



66


birov qaradi.  U bir nima deb  qichqirdi-yu,  o'sha za­

hoti  g'oyib  bo'ldi.  Bir  necha  minutdan  so‘ng  lyuk- 

dan sakkizta baquwat azamat kishi  chiqdi.  Ular in- 

damay bizni sirli kema ichiga sudrab kirishdi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish