Suv ostida sakson ming kilometr


S a k k i z i n  chi   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

S a k k i z i n  chi   b o b  

«HARAKATCHAN HARAKATCHANLIKDA»

Bu  ish  shu  qadar  tez  bajarildiki,  men  ham, 

o‘rtoqlarim  ham  hatto  og‘iz  ochishgayam  ulgurol- 

may  qoldik.  Suzar  qamoqxonaga  sudrab  kirayot- 

ganlarida ularning holini bilmayman-u,  ammo men 

bir seskanib ketdim.

Biz kimga duch keldik? Shubhasiz,  eng yangi tu- 

zumning  allaqanday  qaroqchilariga  duch  kelganga 

o'xshaymiz.

Lyukning  ensizgina  qopqogi  ketimizdan  yopi- 

lishi  bilan  biz  zim-ziyo  qorongilikda  qoldik.  Run­

ning yorqin nuriga ko'nikib  qolgan ko'zlarim atrof- 

dagi biror narsani ham ajratolmas edi.

Ned Lend bilan Ronsel ham qorovullar qurshovi- 

da orqamdan kelishardi.

Trap  poygagidagi  eshik  biz  kirishimiz  bilan  ta- 

raqlab yopildi.



Biz  yolg'iz  qoldik.  Qayerdamiz?  Bunisini  bilol- 

madim, hatto tasaw ur ham etolmadim.

Atrof qorongi,  shu  qadar  qorong'iki,  hatto  zul- 

matda uzoq turganimizdan keyin ham jindak bo'lsa- 

da, yiltillagan yorug'likni ilgab  ololmadim.

Shu  orada  bunday  qo'pol  muomaladan  jahli 

chiqqan Ned Lend g‘azabini yashirolmadi.

-  


Ming  la’nat!  -   qichqirdi  u.  -   Bu  odamlar  ka- 

ledonning  eng  ashaddiy  yowoyilaridan  ham  bat- 

tar  ekan!  Odamxo‘rliklari  qoldi,  xolos!  Shunday

67



bo‘lganda  ham  sira  ajablanmas  edim...  Ammo  ol- 

dindan  aytib  qo'yay,  o‘z  ixtiyorim  bilan  meni  ye- 

yishlarigayo‘l qoyibbo'pm an!

-   Tinchlaning,  Ned,  tinchlaning,  -   dedi  sovuq- 

qonlik bilan Konsel.  -   Hali  hech gap  bo'lmay,  qizi- 

shishning nima keragi bor. Hozirchalik tovaga tush- 

ganimizcha yo‘q-ku.

-   To'g'ri  aytyapsiz,  hozircha  tovaga  tushga- 

nimizcha  yo'q,  -   javob  berdi  kanadalik,  -   ammo 

o'choqda yotganimiz aniq!  Qorong'ini qarang.  Bax- 

timga  pichog'im  yonimda,  uni  ishlatish  uchun  esa 

ortiqcha yorug'likning ham hojati yo'q.  Bu kallake- 

sarlardan qay biri birinchi bo'lib menga tegsa...

-   Ned,  shovqin  solmang,  -   dedim  men  gar- 

punchiga,  -   ahvolimizni  ham  og'irlashtirmang... 

Kim  biladi,  balki  bizni  poylashayotgandir.  Yax- 

shisi,  qayerga  kelib  qolganimizni  aniqlashga  ha­

rakat qilaylik.

Men  sekin bir  necha  qadam tashlagan  edim,  tu- 

nuka qoplangan devorga borib tiralib qoldim. Devor 

tagidan  yurib,  atrofida  bir  necha  taburetka  turgan 

yog'och  stolga  qoqilib  ketdim.  Turmamizning  po- 

liga qalin bo'yra to'shalgan bo'lib, yurganda qadam 

tovushini  chiqarmas  edi.  Yalang'och  devorlarda 

men  na  deraza  va  na  eshik  topdim.  Devor  tagidan 

qarama-qarshi  tomonga  ketgan  Konsel  men  bilan 

to'qnashdi  va  ikkalamiz  uzunligi  yigirma  fut,  eni 

o'n  futli  kayutaning o'rtasiga  keldik.  Xona  baland- 

ligini  aniqlay olmadik,  chunki hatto Ned  Lend ham 

bo'ychanligiga qaramay, shiftga yetolmadi.

Salkam  yarim  soat  o'tdi,  ahvolimiz  esa  o'sha- 

o'sha.  Biroq  to'satdan  bizning  turmamiz  yorishib 

ketdi.  Ravshanligi  va  oqligiga  qarab  suvosti  kema- 

si  atrofida  yarqirab  turadigan  gardish  o'sha  elektr 

nurligini bilib oldim.

68



Aw al  beixtiyor  ko'zimni  yumdim.  Qaytib  och- 

ganimda  yorug'lik  shiftga  mahkamlangan  sutrang 

yarim aylanadan taralayotganini ko'rdim.

-  Xayriyat-e, hamma narsa ko'rindi!  -  xitob qil­

di Ned.

U  himoyaga  shaylanganday  qo'lidagi  pichoqni 

mahkam ushlab turardi.

-   Ha,  -   deya hazilomuz  javob  qaytardim m en ,- 

faqat taqdirimiz ko'rinmayapti.

-   Xo'jamga  sabr  qilishni  m aslahat  berardim ,- 

dedi Konsel.

Chiroq yorug'ida  turmamizni  yaxshilab  ko'zdan 

kechirib  oldik.  Stol  va  beshta  taburetka  uning 

yakka-yu yagona mebeli edi. Yashirin eshik zich yo~ 

pilgan  -   men  uning  o'rnini  ham  topolmadim.  Qu- 

loqlarimizga tiq etgan tovush eshitilmas edi.  Go'yo 

kemada hamma  qirilib bitganday edi.  Lekin bir joy- 

da turibmizmi,  suzyapmizmi,  suv ostidamizmi yoki 

oldingiday  suv  sathida  suzib  boryapmizmi  -   hech 

narsani aniqlay olmadim...

Ammo  elektr  chiroq  m a’lum bir  maqsadni  ko‘z- 

lab  yoqilgani  aniq  edi.  Komanda  sostavidan  biror 

kishining yaqin fursat ichida kirib kelishi aniq edi -  

bo'lm asa  bu  zulmatni  bekordan  bekorga  yoritish- 

masdi.

Adashmagan  ekanman.  Ko‘p  o‘tmay  surilayot- 



gan  tam baning ovozi  eshitilib,  eshik  ochildi  va  ka- 

yutaga ikki kishi kirdi.

Ulardan  biri  past  boyli,  muskuldor,  keng  y a g - 

rinli,  boshi  katta,  qalin  qora  sochlari  hurpaygan, 

shop m oylov,  nigohi  o'tkir kishi edi. Uning qiyofa- 

sida janubliklarga xos harakatchanlik va tetiklik se- 

zilib  turardi.  Fransiyada  bunday  fazilatlar  provan- 

sallarga xos edi.

Ikkinchi  nom a’lum  kishi  uzun  b o y li  bo'lib,  ba-

69



tafsilroq  ta ’riflasa  arzigudek  edi.  Buyuk  fizionom- 

larning  shogirdlari  Grasiole  yoki  Engelya  uning 

yuziga  qarab  xarakterini  kitobdan  o'qiganday  ay­

tib berishi  mumkin  edi.  Men  ikkilanmay uning  eng 

muhim  xususiyatlarini  aniqladim:  boshini  m ag ru r 

tutib turishi va  qora ko'zlarining sovuq  qat’iyat b i­

lan  boqishiga  qaraganda  u  o'ziga  ishongan  odam; 

xotirjamligi  va  rangpar  yuzi  sovuqqonligini;  qoshi 

ustidagi  muskulchalarning  tez-tez  qisqarib  turishi 

g'ayratliligini;  nihoyat  chuqur  nafas  olishi,  shu- 

ningdek,  tabiatan  juda  baquw atligi  dadilligini  ifo- 

dalar edi.  Yana  shuni qo'shib qoyishim  kerakki, bu 

odam  juda  mag'rur,  uning  osoyishta  va  qat’iy  bo- 

qishi oliyjanob fikrlashidan darak berar va umuman 

tashqi  qiyofasi  g'oyat  samimiy  ekan  degan  taassu- 

rot qoldirar edi.

U  kirishi  bilan  men  taqdirimiz  haqida tashvish- 

lanmasak  ham  bo'lishini,  bu  uchrashuv  biz  uchun 

ko'ngildagiday tugashini his etdim.

'  Bu  odamning  yoshini  o‘ttiz  beshdan  ellikkacha 

deb taxmin  qilish mumkin  -   ochig‘ini aytsam,  men 

buni  aniq  belgilay  ololmadim.  U  peshanasi  keng, 

qirra  burun,  lablari  xushbichirh,  tishlari  juda  chi- 

royli, ingichka qo'llari kelishgan kishi  edi. Xullas, u 

men  uchratgan  eng  chiroyli  erkaklarning  mukam- 

mal namunasi edi.

Yuzidagi  ajralib  turadigan  o‘ziga  xos  xusu- 

siyatlaridan yana birini  aytmoqchiman:  ko‘zlari  bir 

qarashda  ufqning to ‘rtdan  bir  qismini  qamray  ola- 

digan  katta-katta  edi.  Keyinchalik  bilsam,  bu  xu- 

susiyat ko‘zining o‘tkirligidan,  hatto Ned  Lendning 

ko'zidan ham o‘tkirroqligidan ekan.

Bu  notanish  kishi  birovga  tikilib  qarasa,  qosh- 

lari  chimirilardi,  qovoqlari  yaqinlashib  ko‘zi  to- 

raygach,  nigohi  yanada  o’tkirlashib  ketardi.  Qan-

70



day  qarash-a!  U  narsalarni  yaqinlashtirardi,  o‘y- 

laringizning  eng  yashirin  joylarigacha  kirib  bora 

olardi,  juda  qalin  suv  qatlamlariga  ham  oynadan 

qarayotganday  nigoh  tashlab,  dengiz  chuqurlikla- 

ridagi  hayotni  kitobda  yozib  qoyilgan  kabi  o‘qir 

edi.


Har  ikkalasining  boshida  suvsar  terisidan  qi- 

lingan  qalpoqcha,  oyoqlarida  tulen  terisidan  qo'nji 

uzun dengiz  etigi va ustlarida men bilmaydigan  al- 

laqanday  matodan  qulay,  gavdaning  harakat  qili- 

shiga  xalaqit  bermaydigan  hamda  chiroyli  qilib  ti- 

kilgan kostum.

Novcha kishi  -   boshliq bo'lsa kerak  -  bizga diq- 

qat  bilan  razm  soldi.  Shundan  so‘ng  hamrohi  to ­

monga  o'girilib,  menga  noma’lum  tilda  gaplashdi. 

Bu  juda  jarangdor,  ixcham,  musiqiy,  unli  tovushlar 

ko‘p ishlatiladigan, tez-tez urg‘u beriladigan til edi.

Unisi  bosh  irg'ab  javob  berdi  va  o‘z  navbatida 

ikki-uch og‘iz tushunib bo'lmaydigan so‘z aytdi.

Shundan  so'ng  boshliq  bir  nima  so'ramoqchi 

bo'lganday menga qaradi.

Men  sof  fransuz  tilida  uning  nima  demoqchi 

bo'layotganini  tushunmaganimni  aytdim.  Ammo 

aftidan,  u  ham   meni  tushunmaganga  o'xshardi. 

Og'ir ahvolga tushib qoldik.

-  


Xo'jamga boshimizdan o'tganlarni  gapirib be- 

rishni  maslahat berardim;  zora  undan  loaqal  biron 

narsa tushunishsa, -  dedi Konsel.

Men bu  maslahatga amal qildim va so'zlarni  do- 

nalab,  biror  voqeani  ham  tushirib  qoldirmay,  bo­

shimizdan  kechirganlarimizni  aytib  berdim.  Men 

otlarimiz va kasb-korimizni birma-bir sanab o'tdim, 

nihoyat  pirovardida  odob  saqlab,  nom a’lum  kishi- 

larga  professor  Aronaks,  uning  xizmatkori  Konsel 

va mashhur garpunchi Ned Lendni tanitdim .



71


0 ‘ychan  va  yuvosh  ko'zli  kishi  so'zlarimni 

hurm at  yuzasidan  diqqat  bilan  tingladi.  Ammo 

chehrasidan  biror  o'zgarish  sezmadim;  mening 

so'zlarimdan  loaqal  birontasini  tushunganini  ifo- 

dalaydigan hech qanday belgi ko'rinmadi.

Endi  ularga  fikrimizni  inglizcha  so'zlab  tu- 

shuntirish  imkoniyati  qolgan  edi.  Men  inglizchani 

ham  nemischa  singari  lug'atsiz  o'qib,  yaxshigina 

tushunar edim, biroq fikrimni  ifodalay oladigan da- 

rajada emas. Ammo bu yerda mumkin qadar yaxshi- 

roq gapirishga harakat qilish kerak edi.

-  


Endi  navbat  sizga,  -   dedim  men  garpunchi- 

ga.  -   Boshlang,  Ned!  Ingliz  tilining  xotirangizda 

o'rnashib  qolgan  eng  nazokatli  so'zlarini  topib, 

mendan  ko‘ra  durustroq  natijaga  erishishga  h a­

rakat qiling.

Ned  yalintirib  o'tirmadi,  mening  hikoyam -, 

ni  ingliz  tilida  qaytardi.  Aniqrogi,  men  aytgan 

so'zlarning m agzini tushuntirdi, ammo shaklini ta- 

nioman o‘zgartirib yubordi.

Kanadalik zo‘r ehtiros bilan gapirdi. U bizga nis- 

batan  qilinayotgan  zo'ravonlikka  qarshi  qat’iy  no- 

rozilik  bildirdi  va  bu  insoniy  huquqlarga  zidligini 

aytdi;  bizni  bu  kameraga  qaysi  qonunga  asoslanib 

qamab qoyganlarini so'radi; bizni ozodlikdan mah- 

rum  etganlarga  sud  ta ’qibini  aytib,  po'pisa  qildi; 

qo'llarini  paxsa  qilib  qichqirdi  va  nihoyat  pirovar- 

dida  imo-ishora  bilan  ochlikdan  o'layozganimizni 

tushuntirm oqchi bo'ldi.

Aytayotgan gapi  juda  to ‘g‘ri  edi,  ammo biz buni 

deyarli unutgan edik.

Ming  afsuski,  garpunchi  uning  so'zlarini  ham 

menikiday  tushunmaganlariga  imoni  komil  bo'ldi. 

Huzurimizga kelganlar mijja qoqmay turardilar. Af-

72



tidan ular Faradey1 tilini Arago2 tilidan ortiq bilmas 

edilar.


Tilshunoslik bobidagi  butun imkoniyatlami  ish- 

ga  solgandan keyin ham  muvaffaqiyatsizlikka  uch- 

raganimdan  ajablanib,  nima  qilishimni  bilmay tur- 

ganimda, Konsel menga murojaat qilib qoldi:

-   Agar  xo'jam  ijozat  bersalar,  men  xuddi  shu­

ning o'zini nemischa so'zlab berardim.

-   Nima,  sen  nemischa  bilasanmi?  -   deya  haya- 

jondan qichqirib yuboribman.

-   Barcha  flamandiyaliklar  singari.  Agar  xo'jam 

bunga qarshi bo'lmasalar, albatta...

-  Marhamat, Konsel!  Gapir tezroq!

Nihoyat  Konsel  juda  osoyishta  bir  ohangda  bu­

tu n  boshimizdan kechirganlarimizni  uchinchi  mar­

ta hikoya qilib berdi.  Biroq so'zlovchining juda chi- 

royli  jumla  tuzishlari  va  notiqona  uslubiga  qara- 

may, nemis tili ham qo‘l kelolmadi.

Oxiri  devorga  suyanib  turib  maktabdagi  uzuq- 

yuluq  xotiralarni  eslab,  xuddi  o'sha  hikoyani  lotin 

tilida  so'zlay boshladim.  Sitseron3  eshitganida,  qu- 

loqlariga  paxta  tiqib  olib,  meni  oshxonaga  quvib 

chiqargan  bo'lardimi,  ammo  men  nima bo'lsa  ham 

so'zimni oxiriga yetkazdim.

Natijasi oldingiday yana qoniqarsiz bo'ldi.

Bu  so'nggi  urinishimiz  ham  muvaffaqiyatsiz­

likka  uchragach,  notanish  kishilar  loaqal  bizni 

tinchlantirish  uchun  barcha  mamlakatlar  va  xalq- 

lar  orasida  bir  xil  bo’lgan  imo-ishora  ham  qilmay, 

o'zlarining  tushunib  bo'lmaydigan  tillarida  o'zaro 

bir necha so'z aytishdi-da, chiqib ketishdi.

Ular chiqib ketishlari bilan eshik bekildi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish