Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

2  -   J.Vern

33


-   Hmm!  -   deya  g‘o‘ldiradi  garpunchi  ishonqira- 

may boshini qimirlatib.

-   Shuni  ham  bilib  qoying,  azizim,  -   deya 

davom  etdim  men,  -   agar  shunday  maxluq  okean 

qa’rida  -   suv  sathidan  bir  necha  milya  pastda  ya- 

shasa uning organizmi juda baquw at bo'lishi kerak.

-  Nega endi?  -  so'radi Ned.

-   Chunki  bunday  chuqurlikda  goy at  katta  suv 

bosimiga  bardosh berib turish  uchun benihoya  ba- 

quw at bo'lishi kerak.

-   Rostdanmi?  -   dedi  Ned  ishonchsizlik  bilan 

ko'zini qisib.

-   Ha,  xuddi  shunday.  Buning isboti  uchun  sizga 

ba’zi bir raqamlar keltiraman.

-   O,  bu  raqamlar!  -   dedi  cho'zib  Ned.  -  

Raqamlar bilan istagan narsani isbotlasa bo'ladi...

-   Hamisha  va  istagan  narsani  emas,  Ned.  Mana 

quloq  soling.  Bir  atmosfera  bosimining  balandligi 

o'ttiz ikki  futli bir suv ustuni bosimiga teng deb  fa- 

raz qilaylik.  Haqiqatda esa suv ustunining balandli­

gi  ancha  past bo'lishi  ham  mumkin,  chunki  dengiz 

suvi  chuchuk  suvga  nisbatan  ,zichroqdir.  Shunday 

qilib,  Ned,  suvga  sho'ng'iganingizda  tanangiz  de­

ngiz  sathidan  necha  o'ttiz  ikki  futli  suv  ustuniga 

pastda bo‘lsa,  har bir kvadrat santimetriga shuncha 

atmosfera bosim,  ya’ni  shuncha  kilogramm  ogirlik 

tushadi. Demak, uch yuz yigirma fut chuqurlikda bu 

bosim  o‘n  atmosferaga,  uch  ming ikki yuz  fut  chu­

qurlikda yuz  atmosferaga va  o‘ttiz  ikki  ming futda, 

ya’ni  taxminan  ikki  yarim  milya  chuqurlikda  ming 

atmosferaga  teng  bo'ladi.  Boshqacha  qilib  aytgan- 

da,  agar  siz  shu  chuqurlikda  bo'lsangiz,  tanangiz- 

ning  har  bir  kvadrat  santimetrini  ming  kilogramm 

yoki  bir  tonna  bosim  bosib  turadi.  Ha,  aytganday,



34


azizim,  tanangiz  necha  kvadrat  santimetrligini  bi- 

lasizmi?


-  Bundan mutlaqo bexabarman.

-  Salkam o‘n yetti ming.

-  Shunchalik ko'pmi?

-   Aslida  esa  atmosfera  bosimi  har  bir  kvadrat 

santimetrga  bir  kilogrammdan  ortiqroq  kuch  bilan 

ta’sir  etadi.  U  holda  tanangizdagi  o ‘n  yetti  ming 

kvadrat  santimetrli  umumiy  sathga  o‘n  yetti  ming 

besh yuz oltmish sakkiz kilogramm kuch bilan ta’sir 

etadi.

-  Shuncha og'irlik tushganini sezmaymanmi?



-   Ha,  siz  buni  sezmaysiz.  Bu  katta  og'irlik  siz- 

ni  ezib  qoymasligining  sababi  shuki,  ichingizdagi 

havo  bu  bosim  bilan  muvozanatlashadi.  Shuning 

uchun  siz  hech  narsani  sezmaysiz.  Ammo  suvga 

tushguday bo'lsangiz bu muvozanat yo‘qoladi...

-   Tushunyapman,  -   izohim  qiziqtirayotgan- 

day  so'zimni  bo'ldi  u.  -   Atrofimni  suv  o'rab  oladi, 

ammo tanamning ichiga kirmaydi!

-   Ha,  balli,  Ned.  Shunday  qilib,  o'ttiz  ikki  fut 

chuqurlikda  o ‘n  yetti  ming  besh  yuz  oltmish  sak­

kiz  kilogramm  bosim  ostida  bo'lasiz;  uch  yuz  yi- 

girma  futda bosim o‘n baravar oshadi,  ya’ni  bir yuz 

yetmish  besh  ming  olti  yuz  sakson  kilogrammga 

teng bo'ladi. Uch ming ikki yuz  futda u yuz baravar 

oshadi  va  bir  million  yetti  yuz  ellik  olti  ming  sak­

kiz  yuz  kilogrammga  yetadi  va  nihoyat  o'ttiz  ikki 

ming futda  ming baravar  ko'payadi va  siz  o‘n yetti 

million besh yuz  oltmish sakkiz  ming kilogrammlik 

bosim  orasida  bo'lasiz,  Boshqacha  qilib  aytganda, 

birpasda pachogingiz chiqib, ulkan gidravlik b o lg a 

ostidan chiqqanday, yupqa yaproqqa aylanasiz.

-  Yo tavba!  -  deya xitob qildi Ned.

-   Shunday  qilib,  azizim,  agar  bunday  chuqur-

35



likda  uzunligi  bir  necha  yuz  metrli  umurtqali  hay- 

von  yashay  olsa,  uning  millionlab  kvadrat  santi- 

metr  tanasi  juda  ko‘p  milliard  kilogramm  bosimga 

bardosh  bera  olishi  kerak.  Ana  endi  bu  hayvonlar- 

ning  shunchalik  katta  bosimda  yashashlari  uchun 

mushaklari  qanchalik  baquw at  va  organizmlari 

qanchalik  chidamli  bo'lishi  kerakligini  bir  oylab 

ko‘ring-a!

-   Bundan  chiqdi  ularning  tanasi  zirhli  kema 

singari  sakkiz  duymli  qalin  temir  bilan  qoplangan 

ekan-a,  -  dedi kanadalik.

-   Juda  to‘g‘ri,  Ned.  Ana  endi  suvda  eng tez  yu- 

rar  poyezdlarimiz  kabi  tez  harakat  qila  oladigan 

shunday  hayvon  kema  bilan  to'qnashganda  qan­

chalik  zarar yetkazishi  mumkinligini  tasaw ur  qilib 

ko'ring.


-   Ha...  rost-a...  -   deya  bu  hisoblardan  dovdirab 

gVldiradi kanadalik hanuz taslim bo'lgisi kelmay.'

-  Xo‘sh, sizni ishontira oldimmi?

-   Siz  meni,  janob  professor,  bir  narsaga  -   agar 

shunday  hayvonlar  haqiqatan  ham  okean  qa’rida 

yashasa,  ular  juda  kuchli  bo'lishlari  kerakligiga 

ishontirdingiz.

-   Oh,  qanday  qaysar  odamsiz-a!  Agar  ular  oke­

an  qa’rida  bo'lmasa,  «Shotlandiya»  bilan  bo'lgan 

voqeaga nima deysiz?

-  Ehtimol,..  -  dedi ishonqiramay Ned.

-  Ha, gapira qoling!

-   Ehtimol...  bunday  voqea  bo‘lmagandir!  -  

to ‘ng‘illadi kanadalik.

Biroq  bu  javob  garpunchining qaysarligidan  da- 

lolat  berardi,  xolos.  0 ‘sha  kuni  men  uni  ishonti- 

rishga  boshqa  harakat  qilmadim.  «Shotlandiya» 

bilan shunday voqea bo‘lgani aniq edi.  Kema china- 

kamiga  teshilgan  edi.  Hatto  tuzatib  olishga  t o g r i

36



keldi. 

0 ‘y lay m an k i, 

shunday maxluqning mavjudli­

giga bundan ortiq dalil axtarishning hojati bo'lmasa 

kerak.  Bu teshik o‘z-o‘zidan paydo bolm agani ham 

aniq.  Ikkinchi  tomondan  esa  kemaning  suv  ostida- 

gi  tosh  yoki  qoyaga  borib  urilgani  to‘g‘risida  so‘z 

bo‘lishi  ham  mumkin  emas.  Modomiki,  shunday 

ekan,  dengiz  hayvonining  dahshatli  tishi  borligini 

tan olishdan bo'lak chora qolmaydi.

Shaxsan  men  yuqorida  bayon  etilgan  fikrlar- 

ga  asoslanib,  bu  hayvonni  umurtqalilar  turkumiga, 

sutemizuvchilar sinfi va kitsimonlar guruhiga man- 

sub,  deb  bilaman.  Oilasi  masalasiga  kelganda  uni 

kitlar,  kashalotlar va  delfinlar  oilasiga  qo‘shish  lo- 

zim.  Nihoyat,  qaysi turdanligiga faqat kelajak javob 

berishi mumkin.

Bu  masalani  hal  etmoq  uchun  noma’lum  max­

luqni  yorib  ko'rish  kerak;  yorish  uchun  esa  aw al 

uni  tutish  zarur;  tutish  uchun  uni  garpunlash  lo- 

zim  -   bu  Ned  Lendga  tegishli;  garpunlash  uchun 

uni ko'rish kerak -  bu butun ekipajning ishi; ko'rish 

uchun uni uchratish kerak -  mana bunisi endi taso- 

difga bogliq.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish