Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Garpun  -   uzun  arqonga bog'lab  dengiz  hayvonlariga  otiladi- 

gan nayza.

29


ovlash uchun zarur bo'lgan barcha asbob-uskunalar 

bilan  jihozlagan  edi.  Bironta  kit  ovlovchi  kema  de- 

ngizga  bunchalik  jihozlanib  chiqmagan  bo‘lsa  ke­

rak.


Bizda  qo‘l  garpunidan  tortib,  maxsus  to'pdan 

otiladigan arra tishli o'qqacha -  hozirgi zamonning 

kit  ovlaydigan  barcha  uskunalari  bor  edi.  Kema 

tumshug'ida  o'zining  to'rt  kilogrammli  snaryadla- 

rini  o‘n  olti  kilometr  masofaga  ota  oladigan  tako- 

millashgan tezotar qurol turar edi.

Xullas,  «Avraam  Linkoln»  komandasining  o'lim 

keltiruvchi  qurollari  yetarli  emas,  deb  nolishiga 

o'rin yo‘q edi.  Bular kamlik qilganday, kemada  gar- 

punchilar qiroli Ned Lendning o‘zi ham bor edi!

Ned  Lend  asli  kanadalik  bo'lib,  dunyodagi  o‘ta 

epchil  kit  ovlovchi,  bu  xatarli  hunarda  unga  teng 

keladigani  yo‘q  edi.  U  o'taketgan  darajada  sovuq- 

qon, chaqqon, shijoatli va farosatli odam edi. Uning 

dahshatli  garpunidan  qutulib  ketish  uchun  juda 

makkor  kit,  g‘oyat  mug'ambir  kashalot  bo‘lishi 

kerak.

Ned  Lendning yoshi  qariyb  qirqqa  borib  qolgan. 



Bo'yi  salkam  olti  fut  keladigan  novcha,  baquwat, 

badjahl odam. U odamovi, tajang va sal narsaga tez- 

da tutaqib ketardi.

Uning  tashqi  qiyofasi  kishi  diqqatini  beixtiyor 

o ‘ziga  jalb  qilar,  ayniqsa  uzoqni  aniq  ko'ra  ola­

digan ko'zlari yuziga allaqanday o'ziga xoslik baxsh 

etar edi.

Menimcha,  kapitan  Faragut  mashhur  kit  ov- 

lovchini  ekspeditsiyada  qatnashishga  jalb  etib, 

juda  to'g'ri  ish  qilgan.  Baquwat  qo‘l  va  o‘tkir  ko‘z 

kerak  bo'lib  qolsa,  uning yolg'iz  o‘zi  butun  ekspe- 

ditsiyadan ko'ra ko'proq ish qiladi.

Ned  Lendni  kuchli  teleskop,  shu  bilan  birga

30



hamisha  shay  turgan  o‘qlog‘liq  to ‘p  bilan  teng- 

lashtirish mumkin.

Kanadalik,  ayni  vaqtda,  fransuz  Ned  qanchalik 

odamovi  bo'lmasin,  ammo  shuni  aytishim  kerak­

ki,  u  men  bilan  tez  orada  tanishib  oldi.  Ehtimol,  u 

fransuz  tilida  gaplashish  imkoniyati  tugilganidan 

quvongandir.  Kanadaning  ayrim  viloyatlarida  Rab- 

le1  vaqtlaridan  saqlanib  qolgan  qadimiy  fransuz 

shevasini men ham huzur qilib tinglar edim.

Ned Lend hali bu shahar Fransiyaga tobe bo'lgan 

qadim  zamonlarda  juda ko‘p  shijoatli  dengizchilar- 

ni yetkazib bergan eski  kvebeklar xonadoniga man- 

sub edi.

Bizning Ned bilan bo'lgan  suhbatlarimiz borgan 

sari  jonlana  boshladi.  Men  uning  qutb  dengizla- 

ridagi  sarguzashtlarini  miriqib  tinglar  edim.  uning 

ov  va  olishuvlar  to ‘g‘risidagi  hikoyalari  shu  qadar 

sodda va  shoirona  ediki,  ba’zan  qutb  mamlakatlari 

«iliada»sini  ashula  qilib  aytayotgan  allaqanday  ka­

nadalik Gomerni tinglayotganday tuyulardi menga.

Men  bu  jasur  kishini  hozir  bilganimcha  ta ’rif- 

layapman. Biz eski qadrdon do'stlarmiz va dahshat- 

li sinov kunlarida tug'ilgan do'stligimiz mustahkam 

ya buzilmasdir.

Bahaybat  dengiz  maxluqi  borasida  Ned  Lend- 

ning  fikri  qanday  edi?  E’tirof  etishim  kerakki,  u 

narvalning  mavjudligiga  ishonmas  edi  va  kema- 

da  ko'pchilikning  shu  haqdagi  farazlariga  qo‘shil- 

maydigan yagona kishi edi.  Bir gal  men shu mavzu- 

da gap ochib, uning fikrini bilmoqchi edim, indamay 

qo‘ya qoldi.

Yo'lga  chiqqanimizga  uch  hafta  bo'lganda,  30- 

iyulda,  kemamiz  Patagoniyadan  o'ttiz  milya  maso-


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish