Suv ostida sakson ming kilometr


  Fregat -   dengizda yashovchi katta qush



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Fregat -

  dengizda yashovchi katta qush.

261


qisqichbaqasimonlar va dengiz tipratikanlari singa­

ri  kosa  bilan  yopilgan  bo'ladi.  Ammo  ularning  ko- 

salari  tosh yoki  ohakli  bo'lmay,  balki  bir-biri  bilan 

bog'langan  suyak  plastinkadan  iboratdir.  Bunday 

kosada  kuzovkalarning  yonlari  qattiq  va  mutlaqo 

egilmas uch qirrali, to‘rt qirrali yoki besh qirrali qu- 

tichaga  o'xshardi.  Bizga  go'shti  juda  lazzatli  uch- 

burchak  kuzovkalar,  katta  ko'zlari  ustida  shoxga 

o'xshash  uzun  tikanaklari  bo'lgani  uchun  shoxdor 

deb  atalgan  to'rt  qirra  kosali  kuzovkalar  ham  uch- 

radi.

Yana,  qamchiga  o'xshash  uzun  dumlari  o'tkir 



tikanak  bilan  qoplangan  tukli  skatlarni  uchratdik. 

Ular  dumlari  bilan  hatto  odam  uchun  xavfli  dara­

jada qattiq ura oladilar.

Konsel  olib borgan yozuvlarda baliqlarning yana 

bir necha  turlari:  Tinch  okeanda  uchratganimiz  ig- 

naqorinlilar;  uzunburun  skatlar;  tangacha  va  tuk- 

siz  yalang'och  elektr  skatlar;  uzunligi  bir  yarim 

metr  va  eni  bir  metr,  qoramtir,  yelkasida  marmar- 

ga  o'xshagan  oqishroq  qashqalari  bo'lgan  marmar 

elektr skatlar va boshqalar ham bor edi.

Boshqa  turlarning  namunalaridan  tuxumsimon 

dumsiz  baliqlarni;  jayraga  o'xshab  o'zini  shishirib 

sharga  aylanadigan,  hamma  yog'i  tikan  bilan  qop­

langan  taram-taram chiziqli  to'q  jigarrang,  deyarli 

qora  ikki  tishlilarni;  boshqa  okeanlardagidek  de­

ngiz  otbaliqlarini;  og'izchasi  juda  oldinga  cho'- 

ziladigan  va  qanotga  o'xshab  yonma-yon  joylash- 

gan  keng suzg'ichlari  ularga  juda  g'alati  qiyofa  be- 

radigan ola baliqlarni; zangor havorang chiziqlar va 

tangachalar  bilan  qoplangan  sariq  qush-baliqlarni 

ham  qayd  qilib  o'tmoqchiman.  Ularning  go'shtlari 

oq va mazali bo'ladi.



262


Shuningdek,  biz  o'zining  juda  katta  suzgich- 

larini  yozib,  ulardan  yelkan  sifatida  foydalanadi- 

gan  to‘q  ko‘k  yelkanlilarni;  erkaklari  oq  kumush- 

rang  tanasi  juda  uzun  va  ingichka  lentasimon  od- 

diy  sochdumlilarni;  nihoyat  Remington  va  boshqa 

qurol  fabrika  egalarining  tushiga  ham  kirmagan 

aslaha  bilan  qurollangan  hasharotlarni  va  bir  tom- 

chi  zaryadlangan  suv vositasida  o'ldiradigan  okean 

pashshatutkichlarini ham ko'rdik.

21-dan  23-yanvargacha  «Nautilus»  sutkasiga 

besh  yuz  qirq  milyadan  yo‘l  bosdi.  Boshqacha  qi­

lib  aytganda,  biz  soatiga  yigirma  ikki  yarim  milya 

tezlikda  borar  edik.  Bunday  katta  tezlikda  projek- 

torning  yorqin  yog'dusiga  mahliyo  bo'lib  bizdan 

ortda  qolmay suzayotgan  baliqlarnigina  ko'ra  olar- 

dik.  Ammo  ularning  ko'pi  deyarli  o'sha  zahotiyoq 

ortda  qolib,  ayrimlarigina  biroz  joygacha  biz  bilan 

yonma-yon suzib borardi.

Yigirma  to'rtinchida  ertalab  biz  junubiy  keng- 

likning  12-gradus  5-minuti  va  uzunlikning  94- 

gradus  33-minutida  joylashgan  Killing  orolini 

ko'rdik.  Bu  marjon  oroli  bo'lib,  ajoyib  kokos  pal- 

malari  bilan  qoplangan  edi.  Bir  vaqtlar  bu  orolga 

Charlz  Darvin va  kapitan  Fits-Roy kelib  ketishgan. 

«Nautilus» odam yashamaydigan bu orol sohillariga 

juda  yaqin  o'tdi.  Dragaga  suvdan  juda  ko'p  xilma- 

xil  poliplar,  shu  jumladan  kapitan  Nemo  kolleksi- 

yasidan  o'rin  olgan  delfinlarning  bir  necha  g'alati 

nusxalari ilindi.

Tez orada Killing oroli ko'rinmay qoldi va «Nau­

tilus»  shimoli  g'arbga,  Hindiston  yarimoroli  bosh- 

lanishining janubiy chekkasi tomon suzib ketdi.

-  

Biz  madaniylashgan  mamlakatlarga  yaqin- 



lashyapmiz,  -   dedi menga shu kuni Ned Lend.  -  Bu 

yowoyi odamlari bug'udan ham ko'p bo'lgan Yangi



263


Gvineyadan  durustroq.  Hindistonda,  janob  profes­

sor,  tosh  yo'llar  hamda  ingliz,  fransuz,  hind  sha- 

harlari  bor.  U yerda har qadamda vatandoshingizni 

uchratishingiz  mumkin.  Qalay,  sizningcha,  kapitan 

Nemo bilan xayrlashadigan payt yetmadimikin?

-  Yo'q, yo‘q!  -   deya qat’iy javob berdim men ka- 

nadalikka. -  «Nautilus» endi odam yashaydigan yer- 

larga  yaqinlashyapti.  U  Yevropa  tomon  yo‘l  oladi. 

Bizni o'shayoqqaolibborsin. Yevropa qirgoqlariga 

yaqinlashginimizdan  keyin  qochish  haqida  oylash 

vaqti  keladi.  Shuni  ham  aytib  qoymoqchimanki, 

kapitan  Nemo  bizni  Gveboroar oroliga  qo‘yganidek 

Malabar yoki  Koromandel  qirg'oqlariga  ham bema- 

lol javob berishiga sira ishonmayman.

-  Nima qipti, janob professor, unda uning ruxsa- 

tisiz harakat qilishga to ‘g‘ri keladi.

Men kanadalikka  javob bermadim.  U bilan bahs- 

lashib  o'tirgim kelmadi.  Men  tasodif tufayli  suvos­

ti  kemasiga  tushganman,  binobarin  bu  imkoniyat- 

dan  oxirigacha  foydalanishga  astoydil  qaror  qilgan 

edim.

Killing  orolidan  o'tgach,  «Nautilus»  juda  se­



kin  suza  boshladi.  Biz  tez-tez  katta  chuqurliklarga 

sho'ngirdik.  Dengiz  sathidan ikki,  ba’zan  uch kilo- 

metr  chuqurlikka  tushar  edik,  ammo  o‘n  uch  kilo- 

metr  chuqurlikka  tashlangan  zond  suv  tubiga  yet- 

maganiga  qaramay,  Hind  okeanining  eng  chuqur 

joyi qanchaligini bir marta ham tadqiq etmadik.

Suvning  pastki  qatlamlarida  harorat  bu  yerda 

ham Tinch okeandagidek  -   noldan yuqori to'rt  da- 

raja.  Men  faqat  bir  narsaga  e ’tibor  berdim:  uncha 

chuqur bo'lmagan  joylardagi  suvning yuza  qatlam­

larida  harorat  hamisha  chuqur  joylardagiga  qara- 

ganda past.



264


25-yanvarda  okean  tamoman bo‘m -bo‘sh  edi  va 

«Nautilus»  kun  bo'yi  uning  sathida  o'zining  kuch­

li  vintlari  bilan  to'lqinlam i  yorib,  suv  tomchilari- 

ni  yuksaklarga  faw ora  singari  otib  suzdi.  «Nau- 

tilus»ni  faqat  uzoqdangina  ko'rgan  kemalar  uni 

ulkan  kit  deb  faraz  qilganlariga  ajablanmasa  ham 

bo'ladi.

Men  kun  bo‘yi  palubada  turib,  dengizga  ti- 

kildim.  Ufq  hamisha  bo'shligicha  turdi.  Faqat  pe- 

shindan keyin  soat to'rtlarga yaqin  uzoqdan  g‘arb- 

ga  ketayotgan  kema  ko'rindi.  Bir  necha  minut 

davomida  ufqda  uning  machtalari  aniq  ko'rinib 

turdi,  ammo  kemadan  suvdan  biroz  chiqib  turgan 

«Nautilus»ni ко‘rib bo'lmas edi.

Men  bu  kemani  Melburn  va  qirol  Georg  buru­

ni  orqali  Seylon-Sidney  yo'lida  xizmat  qiladigan 

Yarimorol va  Sharqiy kemachilik shirkatiga mansub 

deb oyladim.

Kech  soat  beshda,  juda  qisqa  tropik  oqshomiga 

ozgina  vaqt  qolganda  Konsel  bilan  men  ajoyib  bir 

nianzaraning shohidi bo'ldik.

Juda  chiroyli  bir  molluska  bor.  Qadimgilaming 

aytishicha,  u  bilan  uchrashuv  baxtdan  nishona 

ekan.  Aristotel,  Ateney  va  Pliniylar  uning  odat  va 

tk’bini  o'rganib,  uni  ta’riflashga  qadimgi  Yunon va 

Rimning butun nazmiy durdona so'zlarini ayamadi- 

lar.  Ular bu molluskani  «nautilus» yoki  «pompilius» 

deb  atadilar.  Hozirgi  zamon  faniga  argonavt  nomi 

bilan mashhurdir.

Biz  okean  sathida  suzib yurgan  argonavtlarning 

butun  boshli  bir  to'dasini  uchratdik.  Ular  bir  ne­

cha  yuzlab  edi.  Bu  latif molluskalar  nafas  olganda 

yutgan  suvlarini  chiqaradigan  qadahchalari  yor­

damida  orqalari  bilan  olg‘a  suzardilar.  Ularning 

sakkizta changalidan oltita ingichka va uzunlari suv

265



sathida  suzardi,  ayni  vaqtda  gektokotil  deb  atala- 

digan  ancha  qattiq va yoy shaklida  qayrilgan  ikkita 

so'nggisi yelkan singari shamolga qaratilgan edi.

Men  suvda  argonavtlarning  burama  chig'anoq- 

larini aniq ko‘rdim.  Kyuve ularni haqli ravishda chi­

royli  qayiqqa  o'xshatgan  edi.  Darhaqiqat,  ular  qa­

yiqni  eslatadi.  Bu  qayiqni  argonavtlarning  o'zlari 

ohakli  tuzlar  yig'indisidan  «qurib  olganlar».  Mol- 

luska  u  bilan  birikib  o'smagan  bo'lsa-da,  hamisha 

ko'tarib yuradi.

-   Argonavt  istagan vaqtida  o'z  qayig'ini  tashlab 

keta  oladi,  ammo  u  sira  bunday  qilmaydi,  -   dedim 

men Konselga.

-   Xuddi  kapitan  Nemoga  o'xshab,  -   deya  javob 

berdi  Konsel.  -   Shuning uchun u o'z kemasini  «Ar­

gonavt» deb atasa yaxshi bo'lar ekan.

«Nautilus»  deyarli  bir  soat  ana  shu  molluska 

to'dalarining  hamrohligida  suzdi.  Biroq,  bilmadim, 

negadir birdan  ularni  qo'rquv bosdi.  Komanda  beril- 

ganday  barcha  yelkanlar  bab-baravar  tushirildi,  ol- 

dinga cho'zilgan changallar tortib olindi, tanalari buj- 

maydi,  qayiqlar  o'z  og'irlik  markazini  o'zgartirdi  va 

butun flotiliya bir zumda suvostiga kirib g'oyib bo'ldi.

Hozirga  qadar  bironta  eskadra  shunaqa  murak- 

kab  manyovrni  bunchalik  kelishib  va  aniqlik  bilan 

bajarmagan edi.

Xuddi  shu  daqiqada  quyosh  botdi  va  deyar­

li  o'sha  zahotiyoq  tun  boshlandi.  Yengil  shabada 

mavjidan «Nautilus» asta tebranib borar edi.

Keyingi  kun,  26-yanvarda,  biz  ekvatorni  sakson 

ikkinchi meridiandan kesib o'tdik va shimoliy yarim 

shar suvlariga kirdik.

Shu  kuni  akulalarning  juda  katta  to'dasi  biz­

ga  hamroh  bo'lib  bordi.  Bular  -   yelkasi  qoramtir, 

qorni  oq va  o'n  bir  qator  tishi,  bo'ynida  katta  qora

266



qashqasi  va  atrofiqa  oq  hoshiyasi  xuddi  ko'zga 

o'xshagan,  tikan  patli  va  dumaloq  tumshug'i  qora 

tangachalar bilan qoplangan akulalar edi.

Bu  ulkan  yirtqichlar  bir  necha  marta  dahshat 

bilan  salon  derazasiga  tashlandilar.  Bunday  da- 

qiqalarda  Ned  Lendning  g'azabi  qaynab  ketardi.  U 

suv  sathiga  chiqib  olib,  bu  bahaybat  maxluqlarni, 

ayniqsa  salon  derazasiga  o'zini  zarb  bilan  urgan 

uzunligi  besh  metrli  ulkan  sher  akulalami  ovlagisi 

kelayotgan edi.

Ammo  shu  payt  «Nautilus»  tezlikni  oshirdi  va 

eng tezsuzar akulalami ham zum o'tmay ortda qol- 

dirdi.

Kech soat yettiga yaqin «Nautilus» dengiz  sathi­



ga  ko'tarildi  va  sutday  oppoq  to'lqin  boylab  suzib 

ketdi.  Qancha  tikilmay,  okean  chindan  ham  sutga 

o'xshardi.

Balki  oy  yogdusida  shunday  bo'lib  ko'rinayot- 

gandir?  Yo'q,  oy  tug'ganiga  endigina  ikki  kun 

bo'lgani  uchun u hali  chiqmagan va hozirgina bot- 

gan  quyosh  nurining  yog'dusidan  yallig'lanib  tur­

gan  osmon  ham  suvning  oqligi  oldida  qorayib 

ko'rinayotgan edi.

Konsel bu ajoyib holatni ko'rib, ko'zlariga ishon- 

mas edi.

U  tushuntirib  berishni  so'rab  menga  murojaat 

qildi.  Hartugul  u  qiziqayotgan  narsani  tushuntira 

oldim.


-   Bu  sut  dengizi  deb  ataladi,  -   dedim  men.  -  

Dengiz  sathidagi  sutrang  -   oq  dog'lar  -   Hindiston 

qirg'oqlarida tez-tez sodir bo'lib turadigan hodisa.

-   Xo'sh,  xo'jam  aytolmaydilarmi,  nega  dengiz 

bunaqa oqarib qoldi? -  so'radi Konsel.  -  Axir dengiz 

suvi chindan ham sutga aylanib qolmagandir-ku?

-  Shubhasiz, bunday bo'lgani yo'q, do'stim. Suv-

267



ning seni hayratlantirayotgan bu rangi son-sanoqsiz 

oddiy  jonivorlarning  ishi.  Ular  rangsiz  nur  tarata- 

digan  shilliq  bo‘lakchalar  bo'lib,  qalinligi  sochday 

va  uzunligi  taxminan bir millimetrning beshdan bir 

qismiga  tengdir.  Bu  jonivorlar  bir-biriga  yopishib, 

ba’zan  bir  necha  kilometrga  cho'zilib  ketadigan 

yaxlit maydonlarni hosil etadi.

-  Bir necha kilometrlarga? -  xitob qildi Konsel.

-   Ha,  do'stim.  Ammo  ularning  qanchaligini  sa- 

nayman  deb  ovora  bo'lma.  Baribir  buning  uddasi- 

dan  chiqolmaysan.  Adashmasam  ba’zi  bir  dengiz - 

chilar qirq va undan ham ko'proq milyaga cho'zilib 

ketgan sut dengizini ko'rishgan!

Mening  maslahatimga  qaramay,  Konsel  fik- 

ran  ulardan  har  birining yo'g'onligi  soch  tolasiday 

va  uzunligi  bir  millimetrning  beshdan  biriga  teng 

bo'lganda  qirq  kvadrat  milya  maydonga  qanchasi 

sig'ishini hisoblay boshlagan edi.

Bir  necha  soat  davomida  «Nautilus»  o'zining 

o'tkir tumshug'i  bilan  sut  dengizining oqish  suvla- 

rini yorib bordi va men uning xuddi quyuq mag'zava 

orasida ketayotganday sira ovoz  chiqarmay siljiyot- 

ganiga e’tibor berdim.

Yarilpfkechaga  yaqin  oldimizda  dengiz  to'sat­

dan  odatdagi  rangini  qayta  kasb  etdi,  ammo  quy- 

ruq  tomonda  ko'z  ilg'agan  joygacha  suv  oqligi  aks 

etgan osmon shimol yog'dusining jimirlashidan yo- 

ritilganday bo'lib tuyular edi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish