I к к i n chi b o b
KAPITAN NEMONING YANGI TAKLIFI
28-yanvar peshinda shimoliy kenglikning 9-gra-
dus 4-minutida dengiz sathiga ko'tarilgan «Nau
tilus» g'arb tomonda sakkiz milya chamasi maso-
268
fada ko‘zga tashlanib turgan allaqanday yerning
ro'parasidan chiqib qoldi. Dastawal qalashib yot
gan, ancha baland, ammo ko'rinishdan anglab
bo'lmaydigan allaqanday tog' ko'zga tashlandi; ay
rim tog‘laming balandligi ikki ming futdan oshar
edi. Kuzatishlar poyoniga yetgach, men salonga
tushdim va xaritadagi belgiga qarab biz Hindiston-
ning durdonasi hisoblangan Seylon oroli sohilida
suzayotganimizni ko'rdim.
Men yer yuzidagi bu eng serunum orol to‘g‘risida
kitob qidirish uchun kutubxonaga bordim va
X.K. Sirrning «Seylon va singalezlar» degan asarini
topdim. Shu payt salonga kapitan Nemo va uning
yordamchisi kirib kelishdi.
Kapitan xaritaga qaradi. So‘ng menga yuzlanib
dedi:
- Seylon oroli marvaridlari bilan mashhur. Mar
varid izlanadigan joyga borishni istaysizmi, janob
Aronaks?
- }on deb borar edim, kapitan.
- Juda soz. Buni amalga oshirish juda oson. Fa
qat biz marvarid qidiruvchilarni emas, balki joyning
o'zini ko‘ra olamiz, chunki hali ov mavsumi bosh-
lanmagan. Buning unchalik ahamiyati yo‘q. Men
hozir Manaar qo‘ltig‘i tomon yo‘l olishni buyura-
man. Biz u yerga tunda yetib boramiz.
Kapitan noma’lum tilda o‘z yordamchisiga bir
necha og‘iz so'z aytdi va u shoshilgancha chiqib
ketdi. «Nautilus» shu zahotiyoq suvga sho‘ng‘idi,
manometrning ko'rsatishicha, u o'ttiz fut chuqur
likka tushdi.
Xaritani olib, Manaar qo‘ltig‘ini qidirdim va uni
shu nomdagi kichik orol yonida shimoliy keng-
likning 9-gradusida, Seylonning shimoli g arb so-
hilidan topdim.
269
Unga yetib olish uchun biz orolning butun
g'arbiy qirg'og'i yonidan o‘tishimiz kerak edi.
Kapitan yana gapira ketdi.
- Janob Aronaks, - deya so'z boshladi u, - mar-
varid Bengal qo‘ltig‘i, Hind dengizi, Xitoy va Yapon
dengizlari, Amerikaning janubiy qirg'oqlarini yuvib
turadigan dengizlarda, Panama qo'ltig'ida, Kalifor-
niya qo'ltig'ida izlanadi. Ammo marvarid qidiruv-
chilarning ovi, ayniqsa, Seylonda yurishadi. Afsuski
biz bu yerga juda erta kelib qoldik. Marvarid qidi-
ruvchilar Manaarga martning o'rtalarisiz kelish-
maydi - o'sha vaqtda bu yerga uch yuztacha kema
yig'ilib o'ttiz kun davomida ana shu serdaromad
ish bilan shug'ullanishadi. Har bir kema komanda-
sida o'nta eshkakchi va o‘nta sho‘ng‘uvchi bo'ladi.
Sho‘ng‘uvchilar ikkiga bo'linib, suvga navbatma-
navbat tushadilar. Oyoqlari orasiga tosh qistirib
olib, uning yordamida o‘n ikki metr chuqurlikka
sho'ng'iydilar, mo'ljaldagi joyga yetib olgach, tosh-
ni qo'yib yuboradilar. So'ngra eshkakchilar arqon
bilan bog'langan toshni kemaga tortib oladilar.
- Demak, hanuz o'sha vahshiyona usuldan foy-
dalanilayotgan ekan-da?
- Ha, - deb javob berdi kapitan Nemo, - marva
rid sochmalari 1802-yili Amen shartnomasiga bino-
an dunyodagi eng industrlashgan mamlakat Angliya
mulkiga o'tgan bo'lishiga qaramay, bu ishda hech
narsa o'zgargani yo'q.
- Menimcha, sizning skafandrlaringiz bu ishda
juda qo'l kelgan bo'lar edi.
- Albatta, chunki marvarid qidiruvchilar suv os-
tida uzoq turolmasliklari tabiiy. Persival degan ing
liz o'z sayohatnomasida Seylonda, suv ostida besh
minut turgan bir marvarid qidiruvchini aytib o'tgan,
ammo men bunga hanuz ishonmay yuraman. Men
270
suv ostida ellik yetti sekund, ya’ni deyarli bir mi-
nut, ayrim juda kuchlilari esa hatto sakson yetti se
kund - qariyb bir yarim minut tura oladigan su-
zuvchilarni bilaman! Biroq bundaylari juda oz, shu
sho'rliklar ham kemaga qaytgach, quloq va burun-
laridan qon aralash suv kelar edi. Menimcha, mar
varid qidiruvchi suvda o'ttiz sekunddan ortiq turol-
masa kerak, shu qisqa fursat ichida ham u topib
olgan marvarid chig'anoqlarini uzib to'riga solishga
ulgurishi kerak. Marvarid qidiruvchilikni kasb qilib
olgan kishilar boshqalar yashaydigan o'rtacha yosh-
ga etolmaydilar; ularning ko'plari yosh o'ladilar;
yaxshi ko'rolmaydigan bo'lib qoladilar, ko'zlari yi-
ringlanadi, butun badanlariga juda yomon yara to-
shadi. Ko'pincha ular yurak yorilishdan suv ostida
to'satdan o‘lib qoladilar.
- Ha, - dedim men, - bu juda og'ir kasb... Bir-
gina xotinlarning tantiqligi deb qancha umr va
kuch qurbon etilishini aytmaysizmi!.. Ammo shuni
ayting-chi, kapitan, o'sha kema bir kunda nechta
chig'anoq yig'a oladi?
- Bir ish kunida qirqdan ellik minggacha. Ay-
tishlaricha, 1814-yilda Angliya hukumati davlat
uchun marvarid yig'ishni uyushtirganida, qidiruv-
chilar yigirma kunda yetmish olti million chig'anoq
yig'gan ekanlar.
- Har holda marvarid qidiruvchiga yaxshigina
haq to'lashsa kerak?
- Aksincha, juda oz. Panamada ular haftada bir
dollardan ortiq ishlay olmaydilar. Ko'pincha ular
marvaridi bo'lgan har bir chig'anoqqa bir su1 qim-
matidagi mis chaqa olar edilar. Ammo ular yig'gan
chig'anoqlarning qanchasida marvarid bo'lmaydi!
Do'stlaringiz bilan baham: |