Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

I к к in chi  b o b  

TARAFDOR VA QARSHILAR

Yuqorida  qayd  etilgan voqealar  sodir bo‘lib  tur­

gan  kezlarda  men  Shimoliy Amerikaning  Nebraska 

shtatining odamzod qadami yetmagan yerlarida ke- 

zib yurgan  edim.  Fransiya  hukumati  meni  bu  ilmiy 

ekspeditsiyaga  naturalist  hamda  Parijdagi  tabiiyot 

tarixi .muzeyi  qoshidagi  adyunkt-professor  sifatida 

yuborgan edi.

1  Nebraskada  o'tkazilgan  olti  oy  mobaynida  juda 

qimmatli  kolleksiyalar  to'plab,  1867-yilning  mart 

oyi  oxirlarida  Nyu-Yorkka  qaytdim.  Fransiyaga 

birinchi  maylarda  qaytishim  kerak  edi.  Shuning 

Uchun  qolgan  vaqt  ichida  o'zimning  mineralogik 

hamda botanik va zoologik kolleksiyalarimni tartib- 

ga solmoqchi bo'ldim.

Men jamoatchilikni tashvishlantirayotgan bu vo- 

qealardan, albatta, xabardor edim. Axir butun gaze- 

ta  va  jumallarning  sahifalari  dengizdagi  bahaybat 

maxluq  haqidagi  xabarlar  bilan  to'lib-toshgan  bir 

paytda  boshqacha  bo'lishi  ham  mumkinmidi?  Bu 

jumboq menda ham qiziqish uyg'otdi.

Hodisalarni  qanday  sharhlashni  bilmay,  o'zimni 

har  tomonga  urardim.  Bunda,  albatta,  bir  sir  bor:

13



har bir narsaga shubha bilan qaraydigan odam ham 

«Shotlandiya»ning teshilgan bortini  ko'rgach,  bun- 

ga ishonchi komil bo'ladi.

Butun  Nyu-York  hayajonda  edi.  Voqeadan  un- 

cha  xabardor  bo'lmagan  kishilarning  suzar  orol- 

cha,  tutqich  bermas  suvosti  qoyasi  degan  farazlari 

e’tibordan tushib  qoldi.  Chindan ham  o'sha  suzuv- 

chi  qoyaning  qudratli  mashinasi  bo'lmasa  qanday 

qilib bunaqa tezlik bilan harakat qilishiga  aql  bovar 

qilmasdi.

Bir  vaqtlar  cho'kkan  ulkan  kemalardan  biri  suv 

betiga chiqib qalqib yuribdi,  degan taxmin ham qo- 

lib ketdi, chunki bunday kemalar katta tezlikda oqib 

yurolmas edi.

Shunday  qilib,  masalani  hal  etishning  haqiqat- 

ga yaqin  ikki  yo'li  qoldi:  bahaybat  maxluq,  yo  juda 

katta jonivor, yoki  favqulodda kuchli dvigatelli  suv­

osti kemasi.

Bu  so‘nggi,  haqiqatga  birmuncha  yaqin  taxmin 

ham har ikkala yarim sharda o'tkazilgan tekshirish- 

larda'n keyin puchga chiqdi.

Suvosti  kemasi  bir  shaxsniki  deb  taxmin  qilish 

mumkin emas, chunki uni qayerdadir baribir yasash 

kerak edi. Bunday ulkan kemani yasayotganda esa u 

odamlar e’tiborini jalb etmay sira iloji yo‘q.

Shunday  dahshatli  vayron  qiluvchi  kuchga  ega 

bo'lgan  mexanizmni  qurishga  faqat  biror  davlat- 

ninggina  qurbi  yetar  edi.  Insoniyatga  o ‘lim  kelti- 

ruvchi  qurollarning yangidan  yangi  turlarini  ixtiro 

qilishga  zo‘r  berilayotgan  bizning  ayanchli  kunla- 

rimizda  biron  davlatning  boshqalardan  yashirin- 

cha shunday jartgovar kema qurib, uni amalda sinab 

ko'rgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

Ammo  harbiy  kema  haqidagi  faraz  ham  yo‘q 

bo'ldi.  Chunki  barcha  hukumatlar  o'zlarining  bu

14



ishga  aloqalari yo'qligini ma’lum  qildilar.  Bahaybat 

maxluqning  okeandagi  xalqaro  kemalar  qatnoviga 

xavf  solayotganidan  bayonotlarning  to‘g‘riligiga 

shubha qilmasa ham bo‘lardi. Buning ustiga ma’lum 

bir  shaxs  ulkan  suvosti  kemasini  maxfiy  ravishda 

yasay olmagach,  raqobatchi  mamlakatlar har qada- 

mini  kuzatayotgan  biror  davlatning  bunday  ishni 

uddalay olishi to'g'risida gapirmasa ham bo'ladi.

Shunday  qilib,  Angliya,  Fransiya,  Rossiya,  Ger- 

maniya,  Italiya,  Amerika va  hatto  Turkiyadan  ham 

ma’lumotlar  olingach,  suvosti  kemasi,  degan  tax- 

min o‘z-o‘zidan yo‘q bo'ldi.

Tuturiqsiz  matbuot  kulgi  ostiga  olganiga  qara- 

may,  bahaybat  maxluq  yana  suv  yuzasiga  qalqib 

chiqdi  va  hayajonlangan  xayolot  yana  birin-ketin 

g'oyat afsonaviy farazlarni to'qiyverdi.

Nyu-Yorkda  ko'pgina  kishilar  mendan  hamma- 

ni  hayajonlantirayotgan  shu  masala  yuzasidan  o‘z 

mulohazalarimni  aytib  berishimni  so'rashdi.  Fran- 

siyadan  ketishimdan  biroz  oldin  «Okean  tubining 

sirlari» nomli ikki tomlik kitobimni chiqargan edim. 

Ilmiy  jamoatchilik tomonidan yaxshi  kutib  olingan 

bu  kitob  menga  birmuncha  kam  o'rganilgan  tabii- 

yot tarixi sohasida mutaxassis degan nom olish hu- 

quqini berdi.

Mendan  o‘z  fikrimni  aytishimni  qat’iy  iltimos 

qila  boshlashdi.  Turli  bahonalar bilan  men  bundan 

bosh  tortib  yurdim.  Ammo  «Nyu-York  axboroti»- 

ning qaysar  reportyorlari  hol-jonimga  qo'ymagach, 

gazetxonlarga okeandagi g‘aroyib voqealar haqidagi 

mulohazalarimni  aytib berish uchun va’da berishga 

majbur bo'ldim.

Mana,  nihoyat  30-aprelda  gazetada  professor 

Pyer Aronaksning batafsil  maqolasi  chiqdi  va  unda 

bahaybat  maxluq  haqidagi  masala  har  tomonlama

15



yoritilib,  ma’lum  bo'lgan  barcha  faktlar  ilmiy nuq- 

tayi nazardan baholandi.

Shu maqoladan parcha keltiraman:

«Shunday  qilib,  -   deb  yozdim  men  ilgari  suril- 

gan  barcha  taxminlarni  birma-bir  keltirib,  -   aqlga 

sig'adigan  boshqa  biror  taxminga  asoslana  olmas- 

ligimiz  tufayli,  bahaybat  maxluqni  juda  kuchli  de- 

ngiz hayvoni deyishdan bo'lak ilojimiz yo‘q.

Juda  chuqurlikdagi  okean  hayoti  bilan  biz  mut- 

laqo  tanish  emasmiz.  Hech  qanaqa  burg'i  hali  u 

yerga  yetgani  yo‘q.  Bu  tubsiz  chuqurlikda  nimalar 

bo'lyapti?  U  yerda  qanday  mavjudotlar  yashayap- 

ti,  dengiz  sathidan  o‘n  ikki-o‘n  besh  ming  metr 

chuqurlikda1  qanaqa  mavjudotlar yashay  oladi?  Bu 

mavjudotlarning  tuzilishi  qanaqa?  Bu  haqda  hatto 

biror taxmin ham aytish qiyin.

Bu  masalani  ikki  yo‘l  bilan yechish  mumkin:  yo 

yer yuzidagi barcha mavjudotlar bizga ma’lum, yoki 

ulardan faqat ayrimlari ma’lum.

Bordi-yu, 

planetamizda 

yashayotgan 

bar­

cha  mavjudotlarni  bilmasak,  tabiatning  hali  biz­



ga  noma’lum  sirlari  bo'lsa,  unda  baliq  yoki  dengiz 

sutemizuvchilarining  juda  chuqurlikda  o ‘z  qonun- 

qoidalari  bilan  yashayotgan  va  bizga  ma’lum 

bo'lmagan turlari va  nasllari  borligini  inkor etishga 

asosimiz  yo‘q.  Bunday mavjudotlar okeanning tad- 

qiqotchilar  yeta  olmaydigan  quyi  qatlamlarida  ya- 

shashlari va biror noma’lum ta ’sir ostida yoki hech 

qanday  sababsiz  vaqt-vaqti  bilan  suv  sathiga  suzib 

chiqishlari mumkin.

Aksintfha,  bordi-yu,  tirik  mavjudotlarning  bar­

cha  turlari  bizga  ma’lum  bo'lsa,  unda  biz  o'rgana- 

yotgan  bahaybat  maxluqni  turkumlarga  ajratilgan




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish