Kyunard kemachiligining yigirma yetti yillik faoli-
yatida uning kemalari Atlantika okeanini ikki ming
martadan ko'proq kesib o'tgan shu vaqt ichida biror
marta ham kech qolmagan, kema qatnovini biror
marta bekor qilmagan, unga ishonib topshirilgan
xat-xabarlardan birontasini yo'qotmagan edi. Kyu
nard kemachiligining obro'-e’tibori shu qadar zo‘r
ediki, u raqobatdan ham cho'chimasdi. Bu hodisa
ana shu kompaniyaning eng yaxshi kemalaridan biri
bilan sodir bo'lgani uchun ham zudlik bilan hamma
yoqqa tarqaldi.
1867-yilning 13-aprelida dengiz sathi oynaday
silliq va sira shamol yo‘q edi. Shu kuni «Shotlan-
diya» g'arbiy uzunlikning 15-gradusi 12-minutida
va shimoliy kenglikning 45-gradusi 37-minutida
suzib borar edi. Ming quwatli mashina kemani o‘n
uch-u yuzdan qirq uch uzel tezlikda olib ketayotgan
edi. «Shotlandiya» parraklari soat tebratkichiday bir
maromda aylanib, suvni yorib borardi.
Tushdan keyin choy ichib o'tirishgandi, «Shot
landiya» kemasi o‘ng tomondagi parrakdan ancha
narida bir narsaning xiyol urilishidan yengil tebra-
nib oldi.
Bu zarb shu qadar kuchsiz bo'ldiki, tryumdan:
«Tryumga suv kirdi. Cho'kyapmiz!» - degan
qichqiriqlar eshitilmaganda, bunga kema palu-
basidagilar e’tibor ham bermagan bo'lardilar.
Yo'lovchilarning sarosimaga tushishi tabiiy edi,
albatta. Ammo kapitan Anderson ularni tinchlantir-
di. Darhaqiqat, suv o'tkazmaydigan devorlar bilan
yetti hujraga ajratilgan «Shotlandiya» kemasi uchun
suv o'tkazadigan bitta teshik uncha xavfli emas edi.
Kapitan Anderson zudlik bilan tryumga tushib,
beshinchi hujraga suv kirganini aniqladi. Suv oqi-
mining tezligiga qaraganda kema durustgina te
l l
shilganga o‘xshardi, yaxshiyamki, bu hujrada bug
qozonlari yoqilmas edi.
Kapitan Anderson mashinani to'xtatishga far-
moyish berib, matroslardan biriga suvga tushishni
buyurdi. Matros kema korpusida eni ikki metr kela-
digan teshik borligini ma’lum qildi. Bunday teshik-
ni dengizda turib tuzatish haqida so‘z bo'lishi ham
mumkin emas. Shuning uchun ham «Shotlandiya»
parraklari suvga yarim botgan holda bir amallab
yo'lida davom etdi.
0 ‘sha paytda kema Klir burunidan uch yuz
milya narida bo'lib, Liverpul portiga uch kun kechi-
kib keldi. Bu hodisa butun Angliyani qattiq tash-
vishga solib qoygan edi.
«Shotlandiya»ni quruq dokka olib chiqishib,
kompaniya injenerlari uni ko'zdan kechirishdi. Ular
o‘z ko'zlariga ishongilari kelmasdi: kemaning qaye-
rigacha suvga cho'kib turganini ko'rsatadigan chi-
ziqdan ikki yarim metr pastda kema korpusi teng
yonli uchburchak shaklida teshilgan edi. Kema
teshilgan joyning atrofi atayin silliqlanganday tep-
tekis. Aftidan, kema korpusini teshgan asbob juda
mustahkam bo'lsa kerak.
Kemaning qalinligi to ‘rt santimetr keladigan te-
mir qoplamasini teshgan asbob qanday qilib undan
chiqdi ekan, buni sira tushunib bo'lmas edi...
«Shotlandiya» bilan sodir bo'lgan hodisa kishi-
laming so'nayotgan qiziqishini qayta avj oldirib
yubordi. Shu daqiqadan boshlab noma’lum sabab-
lar bilan dengizda sodir bo'lgan butun halokatlar-
ni bahaybat maxluqqa olib borib taqayveradigan
bo'lishdi. Dengiz statistikasi bo'yicha har yili ha-
lokatga uchraydigan uch ming kemadan kami-
da ikki yuztasi «noma’lum yo'qolganlar» qatoriga
qo‘shilishini hisobga olganda, tabiiyki, afsonaviy
12
bahaybat maxluqning gunohi kun sayin og'irlashib
boraverdi.
Adolatdanmi, yo'qmi, ko‘ngilsizliklarning bar-
chasi uchun javobgarlikni bahaybat maxluqqa yuklay
boshlagan jahon jamoatchiligi qit’alararo xabarlarga
ko‘ra, u tobora ko'proq xavf tug'dirayotganidan
tashvishlanib, dengizni qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin
bu dahshatli mavjudotdan xoli etishni talab etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: