1
Galiley
(1 5 6 4 -1 6 4 2 ) - Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan
ta ’limoti uchun ruhoniylar ta ’qib etgan buyuk italyan olimi.
131
qo'yib belgilangan punktdan ana shu oqimlardan
biri - Kuro-Sivq o'tgan edi, bu yaponchada «qora
daryo» degani; u Bengal qo‘ltig‘idan chiqib, tropik
quyoshining tikka nurlaridan haroratlanib, Malakk
bo‘g‘oziga o'tadi, Osiyo qirg'oqlari bo'ylab boradi
va Tinch okeanning shimoliy qismidan burilib o‘tib
Aleut orollariga yetadi.
Bu oqim xushbo'y daraxtlar va boshqa tropik
o'simliklarning novdalarini oqizib borar, to ‘q yashil
va sovuq okean suvlaridan o'zining yorqin ko‘k ran-
gi hamda yuqori harorati bilan ajralib turar edi.
«Nautilus» ana shu oqim boylab suzib o'tishi
kerak edi. Bu oqimni xaritadan kuzata turib, Tinch
okeanning bepoyon bo'shliqlarida uning jimirlab
yo'q bo'lib ketishini shu qadar berilib o'ylabmanki,
qayerda turganimni unutib, salonga Ned Lend bilan
Konsel kirib kelganini ham payqamabman.
Mening ajoyib hamrohlarim ko'zlari oldidagi xa-
zinani ko'rib, dong qotib qolishdi.
- Biz qayerdamiz? - xitob qildi kanadalik. - Na-
hotki Kvebek muzeyida bo'lsak?
- Xo'jamning ruxsatlari bilan, - dedi Kon
sel, - to'g'risini aytsam, o'zimizni Somerar meh-
monxonasida deb his etyapman.
- Do'stlarim, - dedim men, - Kanadada ham,
Fransiyada ham ema&siz, balki suv sathidan ellik
metr pastroqda suzayotgan «Nautilus»dasiz.
- Bu gapni xo'jam aytganlaridan keyin isho-
nishga to'g'ri keladi, - deb javob berdi Konsel, -
ammo rostini aytsam, bunday salon mendaqa fla-
mandiyalikni ham hayratga soladi!
- Istaganingcha hayratlanishing mumkin, og'ay-
ni. Ayni vaqtda vitrinalarga ham bir qarab qo'y - u
yerda senga o'xshagan tasnifchi uchun ish topilib
qoladi.
132
Tasniflashga kelganda, Konselni qayta undash-
ning hojati yo‘q edi. Vitrinalar ustiga engashib, ta-
biatshunoslar tilida allanimalar deb g‘o‘ldiray bosh
ladi: sinf, turkum, turkumcha, oila, nasi, tur...
Shu orada konxiologiya bilan ishi bo'lmagan Ned
Lend kapitan Nemo bilan uchrashuvimni va undan
kimligini, qayerlik ekanini, qayoqqa ketayotganini,
bizni qanaqa chuqurliklarga olib tushishini bilgan-
bilmaganimni surishtira boshladi.
Kanadalik javobimni ham kutmasdan ketma-ket
savollar yog‘dirib tashladi.
U gapirib bo'lgach, bilganlarimni birma-bir
so'zladim va men undan, shuningdek, bu vaqt ichi-
da ko'rgan-bilganlarini so'radim.
- Hech narsa eshitganim ham, ko'rganim ham
yo‘q, - deb javob berdi kanadalik. - Hatto kema ko-
mandasidan ham hech kimni uchratmadim. Balki u
ham elektrdandir.
- Elektrdan?..
- Xudo haqqi, bunga ishonsa bo'ladi... Ammo
ayting-chi, janob professor, - so'radi Ned Lend ol-
dingi niyatidan qaytmay, - bu kema ekipajida ne
cha kishi bor? 0 ‘n kishimi, yigirmatami, elliktami,
yuztami?
- Bir narsa deya olmayman, Ned. Menga qarang,
«Nautilus»ni qo‘lga olish yoki undan qochib ketish
to ‘g‘risidagi fikrni miyangizdan chiqarib tashlang.
Bu kema hozii^gi zamon texnikasining mo'jizasi
va men uni sinchiklab ko‘zdan kechira olmasam
butun umrim bo‘yi pushaymon bo‘lib yurardim.
Ko‘plar biz bilan sizga mo'jizalar orasida sayohat
qilib yurish imkoniyatimiz borligigagina ham ha-
vasi kelgan bo'lar edi. Xullas, og'irroq bo‘lib yu-
ring. Keling, yaxshisi, hozircha atrofimizda nimalar
bo'layotganini kuzatib boraylik.
133
- Kuzatib boraylik? - qichqirib yubordi gar
punchi. - Axir bu temir turma ichida hech narsani
ko'rolmaysan kishi! Biz ko‘r odamga o'xshab yurib-
miz!
Ned Lend gapini tugatmay to'satdan salonga
zim-ziyo qorong'ilik cho'kdi. Shiftdagi yog'du shu
qadar tez o'chdiki, tim qorong'ilikdan birdan rav-
shan yorug'likka chiqqanda bo'ladiganday ko'zla-
rim og'ridi.
Bizni yaxshilik kutyaptimi yoki noxushlikmi -
bunisini bilmay, qimirlashga ham botinolmay qo-
tib qoldik. Biroq shu payt bir narsaning sharaqla-
gan ovozi eshitildi, «Nautilus»ning temir devorlari
surilganday bo'ldi.
- Tamom bo'ldik, - dedi Lend.
Salon birdan yorishdi. Yorug'lik uning har ikki
tashqi tomonidan, devorlardagi tuxumsimon tuy-
nuklardan tushdi. Suvning tubi elektr projektor'
bilan yoritilgan edi. Bizni dengizdan ikkita billur
dyna ajratib turardi. Boshda oyna mo‘rt, sinib ke-
tadi deb bir cho'chib tushdim. Ammo derazalardagi
qalin mis hoshiyani ko‘rib tinchlandim: u deraza-
larni juda mustahkam saqlashi kerak.
«Nautilus»dan bir milya masofadagi manzara
bemalol ko'rinardi. Qanday ajoyib manzara! Shaf-
fof suv qatlamlarini yoritib turgan elektr nurlari-
ning ajoyib jilvasini, goh soya tashlab, mayin ji-
mirlab nim rang tovlanayotgan mislsiz bo'yoqlarni
ta’riflashga har qanday odam ham ojiz bo'lsa ke
rak!..
Dengiz suvining tiniqligini hamma biladi. U
eng toza buloq suvidan ham tiniqroq. Undagi eri-
gan va erimagan mineral tuzlar bu tiniqlikni yana-
da oshirib ko'rsatardi. Okeanning ayrim yerlarida,
chunonchi Antil orollari atrofida bir necha o'n metr
134
chuqurlikdagi suv qatlamlaridan o'zandagi qum
zarrachalarigacha yaqqol ko'rinib turadi.
Dengiz qa’rida charaqlab turgan elektr yog'du
«Nautilus» atrofidagi suyuqlikni yoritilgan suvga
emas, balki suyuq alanga selobiga aylantirganday
tuyular edi.
Agar Erembergning, suvning chuqur qatlam-
lari yorug'lik taratadi, degan taxminini to ‘g‘ri
deb bilsak, unda tabiat suv qa’ridagi aholiga mis-
li ko'rilmagan go'zal manzarani tomosha qi-
lishni in’om etibdi. «Nautilus»ning oynasidan
yoruglikning suvdagi jilosiga qarab bunga imonim
komil bo'ldi.
Salonning har ikki tomonidan ko‘z ko'rmagan
va tadqiq etilmagan olamga bittadan oyna ochilgan
edi. Salondagi qorong'ilik tashqaridagi yoruglikni
yanada yorqinroq ko'rsatar va biz akvariumning ul
kan oynasidan qarayotganday edik.
«Nautilus» xuddi bir joyda to'xtab turganday
edi. Ko'z oldimizda suzib ketayotganimizni ko'rsa-
tadigan bironta harakatsiz narsaning yo'qligidan
shunday tuyulardi. Biroq ahyon-ahyonda suvosti
kemasi tumshug'i taratgan suv irmoqchalari ko‘z
oldimizdan juda katta tezlik bilan o'tib turardi.
Biz zavq bilan hayratga tushganimizni qay so‘z
bilan ifodalashni bilmay oynaga yopishgancha
mahliyo bo'lib turardik.
Birdan Konsel so‘z boshladi:
- Xo‘sh, ogaynijon Ned, tomosha qilmoqchi
edingiz shekilli? Ко ring endi!
- Juda a jib, diqqatga sazovor, - dedi kanadalik
bu g'alati manzarani ko'rgach, o'zining nafrati va
qochish haqidagi niyatini ham unutib.
- Bu ajoyib manzara shuncha yo'ldan kelib
ko'rishga arzir ekan!
135
- Kapitan Nemoning hayotini endi tushundim! -
hayajonlanib gapirdim men. - U o‘ziga maxsus bir
olam yaratib, uning mo'jizalariga mahliyo bo'lib,
ulardan bahra olmoqda.
- Biroq baliqlar qani? - so'radi kanadalik, - ba-
liqlar ko'rinmaydi!
- Sizga baribir emasmi, Ned? - javob berdi Kon
sel. - Axir ularni bilmaysiz-ku.
- Bilmaysiz deganingiz nimasi? Axir men ba-
liqchiman-ku! - hayajonlanib qichqirdi Ned Lend.
Ikki do'st o'rtasida bahslashuv boshlandi. Ular-
ning ikkisi ham baliqlarni bilishardi-yu, ammo har
biri o'zicha. Hammaga ma’lumki, baliqlar umurtqa-
lilar turkumining birinchi sinfini tashkil etadi. Fan
ularni juda aniq belgilab berdi: «Sovuq qonli, jabra-
sidan nafas oladigan va suvda yashashga moslash-
gan». Baliqlar ikki sinfchaga bo'linadi: qiltanoqlilar, ,
ya’ni orqa suyagi qiltanoqli umurtqadan iboratla-
rkva kemirchaklilar, ya’ni orqa suyagi kemirchakli
umurtqalilardan iborat bo'lganlari.
Ehtimol, kanadalik baliqlarning bunaqa bo'lini-
shini eshitgandir ham, ammo, shubhasiz, Konsel
bu haqda anchagina ko'p narsa bilardi. Ned bilan
do‘stlashib qolgani uchun unga ba’zi narsalarni as-
toydil ma’lum qilish maqsadida aytdi:
- Do'stim Ned, siz baliqlarga dahshat solasiz, siz
epchil va dovyurak baliqchisiz. Hayotingizda dengiz
jonivorlarini ko'plab tutgansiz. Ammo men garov
o'ynayman, siz ularni qanday tasniflashni tasaw ur
ham etolmaysiz.
- Bekorlarni aytibsiz, - dedi juda jiddiy ohang-
da kanadalik. - Baliqlar yeb bo'ladigan va yeb bo‘l-
maydiganlarga bo'linadi.
- Bu yeb toym aslar tasnifi, - deb kuldi Konsel, -
136
qani, ayting-chi, qiltanoqli baliqlar bilan kemir-
chaklilar orasidagi farqni bilasizmi?
- Bilsam ham a jab emas.
- Shu sinflarning qismlarga bo‘linishini-chi?
- Yo‘q, bundan xabarim yo‘q!
- Unday bo'lsa quloq soling, Ned, unutmang.
Qiltanoqli baliqlar olti guruhga bo'linadi. Birinchi
guruhi tikantukli baliqlar bo'lib, ularning yuqo-
ri jag'i yaxlit qimirlaydi hamda taroqsimon jabrasi
bor. Bu guruh o‘n besh oilani, ya’ni bizga ma’lum
bo'lgan barcha baliqlarning to'rtdan uch qismini
o‘z ichiga oladi. Oddiy olabug'a baliq shu guruh-
ning namunasidir.
- Ancha mazali baliq, - deya luqma tashladi Ned
Lend.
- Ikkinchi guruhi, - deb so'zini davom ettirdi
Konsel, - teshik pufaklilar. Ularning qorin suz-
gichlari qorinlarining tagida, ko'krak suzgichla-
rining pastida bo'lib, yelka suyaklariga birikmagan.
, Bu guruh besh oilani o‘z ichiga oladi va bularga
chuchuk suvda yashaydigan baliqlarning ko'pchiligi
kiradi. Zogora baliq va cho'rtanbaliq shu oilaning
namunasidir.
I
- F fu ,- dedi kanadalik irganganday,- chuchuk
suvda suzadigan baliqlarni yoqtirmayman.
- Uchinchi guruhi, - dedi Konsel, - yumshoq
tuklilar bo'lib, ularning qorin suzgichlari ko'krak
suzgichlarining tagida va bevosita yelka suyaklariga
birikkan bo‘ladi. Bu guruhda to'rt oila bor. Bu guruh
namunasi qalqon baliqdir.
- Mana bu ajoyib baliq! - deya xitob qildi gar-
punchi baliqlarga hamon faqat taom nuqtayi naza-
ridan yondashib.
- To'rtinchi guruh, - uning gapiga e’tibor ber-
may davom ettirdi Konsel, - faqat ilonbaliqlar oi-
137
lasidan iborat bo'lib, ularning tanasi cho'zinchoq,
qorin suzgichlari yo'q, qalin hamda ko'pincha shil-
liq teri bilan qoplangan.
- Bemaza, - deya luqma tashladi garpunchi.
- Beshinchi guruhi, - dedi Konsel, - taram-
taram jabralilar. Ularning jag'lari yaxlit qimirlaydi,
ammo jabralari uning aylanasi bo'ylab taram-taram
bo'lib, ikkitadan joylashgan. Bu guruhda faqat bir-
gina tikanlilar oilasi bor. Uning namunasi otbaliq.
- Ffu, yaramas! - xitob qildi kanadalik.
- Oltinchisi va so'nggisi, - dedi Konsel, - tu-
tash jag'lilar bo'lib, ularning jag' suyaklari jag'
oralig'iga qimirlamaydigan bo'lib birikkan va tang-
layning ko'tarilgan joyi bosh suyak bilan birikkan.
Bu guruhda ikki oila - qattiqterililar va tirjaygan-
toshlilar bor. Namunasi - oybaliq.
- Qozonni faqat bulg'ay oladigan baliq, - deb
qo'shib qo'ydi kanadalik.
- Gaplarimga tushundingizmi, og'ayni? - deb
sb'radi dono Konsel.
- Hech baloni tushunmadim, Konsel, - deb ja
vob berdi garpunchi. - Ammo davom ettiravering:
siz aytayotgan gaplar juda qiziqarli.
- Kemirchakli baliqlar sinfchasiga kelganda,-
deya vazmin davom ettirdi Konsel, - shuni aytish
kerakki, u bor-yo'g'i uch guruhni o'z ichiga oladi.
- Qancha oz bo'lsa, shuncha yaxshi, - dedi Ned.
- Birinchisi, dumaloq og'izlilar, ya’ni jag'i bir
butun aylana bo'lib birikkan, jabralari esa ari iniday
ilma-teshik bo'lib ochiladi. Bu guruhda faqat birgi-
na oila bor. Namunasi - ilonbaliq.
- Yomon baliq emas, - dedi Ned Lend.
- Ikkinchi guruhi - akulalar va skatlar1 bo'lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |