Suv ostida sakson ming kilometr


 ‘ n  о I t i n  c hi   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

0 ‘ n  о I t i n  c hi   b o b  

SUVOSTI  TEKISLIGI  BO'YLAB  SAYR

Bu  kamera  «Nautilus»ning  ham  qurolxonasi, 

ham  kiyim  yechadigan  xonasi  xizmatini  o'tar  edi. 

Uning  devorlarida  ovchilar  uchun  o‘n  ikkita  ska- 

fandr osig'liq turar edi.

Ned  Lend  skafandrlarga  qarab,  yuzini  norozi  qi- 

yofada  burishtirdi.  Uning  bu  og'ir  kostumni  kiyib 

olishga  sira tobi yo'qligi  shundoq ham bilinib turar 

edi.


152


-   Shuni bilingki,  Ned,  -   dedim  men  jasur kana- 

dalikka,  -  Krespo orolining o'rmonlari suv ostida!

-   Bunisi  qiziq  bo‘ldi-ku!  -   norozi  ohangda 

cho'zib gapirdi garpunchi bir parcha toza go'sht ha­

qidagi  orzusi chippakka chiqqanini ko‘rib.  -   Siz,  ja ­

nob professor,  -   deb so'radi u mendan,  -   shu egar- 

jabduqning ichiga kirmoqchimisiz?

-  Albatta, azizim Ned.

-   Har  kimning  ixtiyori,  -   dedi  Ned  Lend  yel- 

kalarini  qisib,  -   ammo  meni,  bordi-yu,  kuch  bilan 

majbur qilishmasa,  o‘zim uning ichiga sira ham kir- 

mayman!


-   Sizni  hech  kim  majbur  qilmaydi,  mister 

Lend, -  dedi noxushlik bilan kapitan Nemo.

-  Konsel boradimi? -  so'radi Ned.

-   Konsel  xo'jasi  izidan  suvgagina  emas,  balki 

o‘tga ham tushadi! -  javob berdi Konsel.

Kapitanning  topshirigi  bilan  ikki  matros  bizga 

yaxlit  rezinadan  qilingan  bu  suv  o'tmas  og‘ir  ust- 

boshni  kiyib  olishda  yordamlashish  uchun  kel­

di.  Yuqori  bosim  uchun  mo'ljallangan  skafandrlar 

o'rta  asr  ritsarlarining zirhli  kiyimiga  o‘xshardi-yu, 

ammo egiluvchanligi bilan farq qilardi.

Kiyim kamzulcha bilan  ishton hamda  tag charm 

o'rniga  qo‘rg‘oshin  qoqilgan  qalin  choriqlardan 

iborat  edi.  Kamzulning  matosi  mis  halqalarga  tor- 

tilgan  bo'lib,  bu  ko'krak  qafasini  suv  bosimidan 

saqlash va erkin nafas olish uchun xizmat  qilar edi. 

Barmoqlarning bemalol harakat qilishi  uchun kam­

zulning yenglariga yumshoq qo'lqoplar tikilgan.

Kapitan  Nemo,  uning  matroslaridan  biri,  ko‘ri- 

nishidan  chinakam  Gerkules  deysiz,  aftidan,  juda 

baquwat  ham bo'lsa  kerak,  Konsel va  men  -   ham- 

mamiz  birpasda  skafandrlarni  kiyib  oldik.  Bo- 

shimizga mis shlemni ilib olishimiz qoldi, xolos.

153



Ammo  ungacha  kapitandan  menga  beriladigan 

qurolni ko'rib olishga ruxsat etishni so'radim.

Matroslardan  biri  menga  ko'rinishdan  oddiy 

miltiqqa  o'xshagan,  qo‘ndog‘i  odatdagidan  kat- 

taroq,  ichi  bo'sh  va  po'latdan  yasalgan  qurolni 

uzatdi.  Uning qo‘ndog‘i  siqilgan havo  uchun rezer- 

vuar  vazifasini  o'tab,  tepkini  bosganda  rezervuar- 

ning  qopqogi  surilib,  miltiq  ogziga  havo  kirardi. 

0 ‘qdongayigirmatacha elektr o ‘q sig ard i. Bu o'qlar 

maxsus  prujina  yordamida  avtomatik  suratda  joy- 

lanardi.  Quroldan  bir  o‘q  otilishi  bilanoq  o‘miga 

boshqasi kelib turar edi.

-  Kapitan Nemo,  -  dedim men,  -  bu juda ajoyib, 

buning  ustiga  tuzilishi  ham  oddiygina  qurol  ekan. 

Uni amalda sinab ko'rmagunimcha ko'nglim o'rniga 

tushmaydi. Ammo biz qanday qilib suvostiga tushib 

olamiz?

-   «Nautilus»  hozir  suv  tagida,  o‘n  metr  chu­

qurlikda  turibdi.  Biz  chiqishimiz  mumkin,  pro­

fessor.


-  Biroq kemadan qanday qilib chiqamiz?

-  Hozir ko'rasiz.

Shunday  dedi-yu,  kapitan  Nemo  boshiga  mis 

shlemni  kiyib  oldi.  Konsel  bilan  men  ham  xuddi 

shunday  qildik.  Ha,  aytganday,  Ned  Lend  xayrla- 

sha  turib  ovimizga  kinoya  bilan  omad  tiladi.  Kam- 

zulning  yoqasida  rezbali  mis  halqa  bo'lib,  shar- 

ga  o'xshagan  shlem  unga  burab  mahkamlanar 

edi.  Shlemning  uchta  qalin  oynasidan  boshni  ay- 

lantirib,  oldinga  va  yon  tomonlarga  qarash  mum­

kin edi.

Rukveyrol  apparatining  havo  jo'mragini  ochib, 

belimdagi  tasmaga  Rumkorf  lampasini  ildim  va 

qo'limga  qurolni  oldim.  O gir  skafandr,  ayniqsa 

tagiga  qo'rgoshin  qoqilgan  choriqlar  meni  polga

154



mixlab  qo'yganday  edi.  Nazarimda  bir  qadam  ham 

jilolmaydiganday edim.

Ammo,  aftidan,  bu  xuddi  shunday  bo'lishi  ke- 

rakday  tuyuldi  keyinchalik.  Meni kiyim yechadigan 

xonaning yonidagi kichkina kabinaga sudrab kirish- 

di.  Hamrohlarimni  ham  mening  ketimdan  xuddi 

shunday  itarib  kirgizishdi.  Kirishimiz  bilan  orqa- 

mizdan  eshik yopilganini  eshitdim  va  biz  zim-ziyo 

qorong‘ilikda qoldik.

Bir  necha  minutdan  so'ng  quloqlarimga  qattiq 

hushtak  tovushi  chalindi.  Oyoqlarimdan  ko'kra- 

gimgacha  sovuq  bir  narsa  chiqayotganini  sezdim. 

Aftidan,  mashina  zalidagi  dengiz  suvini  ochadigan 

jo'mrakni  burashganga  o'xshaydi  va  hozir  biz  tur­

gan  kabinaga  suv  kira  boshlagandi.  Suv  tepagacha 

chiqib,  kabina  to'lgach,  «Nautilus»  bortidagi  ikkin- 

chi eshik ochildi va nim qorong'i yorug'lik ko'rindi. 

Birozdan keyin biz dengiz tubida yurib borardik.

Dengiz  tubida  sayr  qilib  yurganda  olgan  taas- 

, surotlarimni  qanday  tasvirlasam  ekan?  Hatto  ras- 

som  mo'yqalami  ham  chizib  ko'rsatishga  ojizlik 

qiladigan  suv  stixiyasidagi  ajoyib  go'zalliklarni,  o'z 

ko'zim  bilan  ko'rgan  mo'jizalarni  qay  til  bilan  ba- 

yon etay?

Kapitan  Nemo  oldinda  borar  edi.  Matros  saf 

oxirida  kelardi.  Konsel  bilan  men  mis  shlemda- 

ligimizga  qaramay,  go'yo  taassurotlarimizni  bir- 

birimizga  aytsa  bo'ladiganday  yonma-yon  borar 

edik.  Men  skafandr,  qo'rg'oshin  choriqlar,  siqilgan 

havo  to'latilgan  rezervuarlar va  ichida  boshim  pis- 

ta  po'chog'idagi  mag'iz  singari  liqillab  turgan  mis 

shlemning  og'irligini  ortiq  his  etmas  edim.  Barcha 

bu  narsalar  suvga  cho'kkach,  ular  siqib  chiqargan 

suv  miqdorichalik yengillashdi.  Harakat  qilishimga 

imkoniyat bergani  uchun  men  fizikaning o'z  vaqti-

155



da Arximed ochgan bu qonuniga sajda qilishga ham 

tayyor edim.

0 ‘ttiz  futli  suv  qatlami  ostida  bo‘lishimizga  qa- 

ramay,  dengiz  tubiga  taralayotgan  yorqin  yog'du 

meni hayratga soldi.  Quyosh nurlari  shunchalik qa- 

lin  suvni  yorib  o'tib,  uni  rangsizlantirgan  edi.  Men 

mayda narsalarni ham yuzlab metr masofadan aniq 

ko'rar  edim.  Undan  u  yog'iga  narsalar  xiralashib, 

bo'yoqlar  jimirlab  qorayardi  va nihoyat  allalqanday 

moviynamo  rangga  aylanardi-da,  ko'zdan  g'oyib 

bo'lar edi.  Atrofimni  o‘rab  olgan muhit  o‘sha-o‘sha 

havoga  o‘xshardi-yu,  ammo  yerdagi  atmosferaga 

qaraganda  zichroq,  musaffolikda  ham  undan  qo- 

lishmasdi.  Boshim  uzra  sokin  dengiz  sathini  ko‘rib 

turar edim.

Biz  zich  o'rnashib  olgan  mayda  qum  ustida  bo- 

rar edik. U to'lqin sohilda qoldiradigan g‘adir-budur 

emas,  nihoyat  darajada  silliq  qum  edi.  Ko'zni  qa- 

mashtiradigan bu gilam quyosh nurlariga chinakam 

reflektor  xizmatini  o'tar  edi.  Oalin  suv  qatlamlari- 

ning har bir  zarrasigacha yaltillab  turishining boisi 

ham  shunda  edi.  Hozir  men  o'ttiz  fut  chuqurlikda 

suv  sathida  havo  ochiq  bo'lgan  kundagiday  yorug' 

edi desam, ishonisharmikin?

Chorak  soat  davomida  biz  milliardlab  ko'zga 

ko'rinmas  darajada  mayda  chig'anoqlardan  iborat 

qum-gilam  ustida  bordik.  «Nautilus»  korpusi  ort- 

da  qolib,  arang  ko'rinardi;  uning  uzoqqa  nur  ta- 

rata  oladigan  yorqin  projektori  tunda  bortga  qay- 

tishimizga yordam berishi kerak edi.

Biz  hamon  ilgarilab  borardik,  bepoyon  qum  te- 

kislikning  oxiri  yo'qday  tuyular  edi.  Men  qo'llarim 

bilan  suyuqlik  pardasini  ikki yoqqa  surib  qoyishim  

bilan  ular  o'sha  zahoti  ortimdan  yana  zichlashib



156


olar va  suv bosimi  zudlik bilan  qumdagi  oyoq  izla- 

rimni tekislab yo'q qilar edi.

Nihoyat,  uzoqda  allaqanday  shakllar  elas-elas 

ko'rina boshladi.  Yaqinroq borganda  zoofitlar bilan 

qoplangan  suvosti  qoyalari  ko‘rindi.  Bu  yerda  su- 

yuqlik muhitigagina xos yorug‘likdan ko‘zlarim  qa- 

mashib ketdi.

Ertalab  soat o'nlar chamasi edi.  Suv sathiga qiya 

tushayotgan quyosh nurlari prizma orqali o‘tganday 

sinib,  qoya  chetlarini,  poliplarni,  o'simliklarni  o'z 

spektrining yetti  rangi  bilan  jilolantirar  edi.  Suvda 

binafsha,  ko‘k,  havorang,  yashil,  sariq,  zarg'aldoq 

va  qizil  bo'lib  tovlanayotgan  yorqin  ranglar  mohir 

rassomning boyoq  taxtachasiday ko'zni  quvontirar 

edi.

Men  o'z  tuyg'ularim,  quvonch va  hayajonlarim- 



ni  Konselga  aytolmasligimga  achinardim...  Kapitan 

Nemo  matros  bilan  gaplashayotgan  imo-ishora  ti- 

lini bilmaganimga achinardim!  Shunda ham jim tu- 

rolmasdim.  O'zimga  o'zim gapirib,  baqirib-chaqirib 

allanimalar derdim va bu bilan qimmatli havo zapa- 

sini sira ayamay behuda isrof qilar edim.

Konsel ham men singari bu ajoyib manzara oldi­

da dong qotib qolgan edi.

To'g'risini  aytsam,  bu  ajoyib  odam  zoofitlar  va 

molluskalarni  ko'rib,  nazarimda  ularni  zudlik  bilan 

tasniflay boshlagan edi.

Suv  tubi  ko'plab  poliplar  va  tikanterililar  bi­

lan  qoplangan.  Turli  xil  marjon  izidlar,  tanholikda 

yashaydigan  terili  marjonlar  -   kornulariylar,  ilgari 

«oq  marjonlar»  deb  atalgan  o'tkir  ko'zli  marjonlar 

gruppasi,  shampinonga1  o'xshagan  marjon  fungiy- 

lar,  og'zining  atrofini  tikanaklar  toj  singari  qop- 

lagan  aktiniylar  -   bularning  barchasi  chinakam




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish