«Janob professor Aronaksga.
16-noyabr 1867-yil
Kapitan Nemo professor Aronaksni ertaga ertalab
Krespo oroli o'rmonlarida b o ‘ladigan ovda ishtirok
etishga taklif etadi. Janob professorning hamrohlari
ham bu ekskursiyaga qo‘shilish istagini bildirishsa,
kapitan Nemog'oyat mamnun bo‘Iur edi.
«Nautilus» komandiri kapitan Nemo».
-
Ov! - deya qichqirib yubordi Ned.
- Ha, yana Krespo oroli o‘rmonlarida-ya! - deb
qo'shib qo'ydi Konsel.
- Demak, bu odam ba’zan quruqlikka ham chiqib
turar ekan-da? - so'radi Ned.
- Menimcha, juda aniq aytilgan, - deb javob
berdim men xatni qayta o'qigach.
- Mayli, unday bo'lsa taklifni darhol qabul qi
lish kerak, - dedi kanadalik. - Quruqlikka chiqqa-
nimizdan keyin esa vaziyatga qarab nima qili-
shimiz kerakligi rejasini tuzamiz. Bularning ham-
masini yig'ishtirib qo'yib, bir parcha toza go'shtdan
jon deb tanovul qilgan bo'lardim.
Men kapitan Nemoning qit’alar va orollarga
145
nisbatan nafrat bilan qarashi haqidagi so‘zlari-yu,
o'rmonga, ovga taklifi o'rtasidagi yaqqol qarama-
qarshilikka e’tibor ham bermay, quyidagi javob bi-
langina cheklandim:
- Kelinglar, yaxshisi, aw al Krespo orolining qa-
naqaligini bir ko'rib olaylik.
Xaritadan qidirib shimoliy kenglikning 32-gradus
40-minuti va garbiy uzunlikning 167-gradus 50-
minutidan bu orolni topdim. Uni 1801-yilda kapitan
Krespo ochgan edi. Eski ispan xaritalarida u Rokko
de la Plata deb atalgan bo'lib, buning tarjimasi «ku-
mush qoya» demakdir. Bu orolcha biz chiqqan yer-
dan taxminan bir ming sakkiz yuz milya masofada
edi; shunday qilib «Nautilus» oldingi yo'lini biroz
o'zgartirib, janubi sharq tomon suzayotgan edi.
Men do'stlarimga xaritadan Tinch okeanning
shimoliy qismida arang ko'rinayotgan kichkinagina
nuqtachani ko'rsatdim.
- 0 ‘z-o‘zidan ayonki, kapitan Nemo ba’zan qu-
ruqlikka chiqqanda ham, u buning uchun odam qa-
dami yetmagan joyni tanlar ekan.
Ned Lend indamay bosh qimirlatib qoya qoldi.
So'ngra u Konsel bilan chiqib ketdi.
Vazmin va soqovga o'xshagan styuard bergan
kechki taomdan keyin biroz notinchroq uxladim.
Ertasi kuni, 17-noyabrda, uyqudan turib, «Nau-
tilus»ning harakatsiz turganini sezdim. Apil-tapil
kiyinib, salonga chiqdim va u yerda kapitan Nemo-
ga duch keldim.
U meni ko‘rib o‘rnidan turdi, ta’zim etib, u bilan
hamroh bo'lishga roziligimni so'radi.
Sakkiz kun ko'rishmaganimiz haqida og‘iz och-
magani uchun bu to‘g‘rida bir narsa deyishga iy-
mandim va lo‘nda qilib hamrohlarim va o'zim u bi
lan borishga roziligimizni aytdim.
146
- Ruxsat eting, kapitan, - deb qo'shib qo'ydim
men, - bitta savolim bor.
- Marhamat, professor, - dedi u. - Qo'limdan
kelsa javob beraman.
- Yer bilan aloqangizni uzgan ekansiz, kapitan, -
deb so'radim men, - Krespo orolida o'rmoningiz
borligini qanday tushunsa bo'ladi?
- Bilasizmi, professor, - deb javob berdi ka
pitan, - mening o'rmonlarim quyoshning issig'iga
ham, nuriga ham muhtoj emas. Ularda arslonlar
ham, sherlar ham, qoplonlar ham, umuman to'rt
oyoqlilar yo'q. Bu o'rmonlarning borligini yolg'iz
o'zimgina bilaman. Ular ham faqat men uchun-
gina mavjud... Bular yerdagi emas, suv ostidagi
o'rmonlar.
- Suv ostidagi o'rmonlar?! - deya qichqirib yu-
bordim men.
- Ha, professor.
- Siz meni o'sha yoqqa borishga taklif etyap-
sjizmi?
- Xuddi shunday.
- Yayov-a?
- Hatto oyoqlaringizni ham ho'llatmay.
j - Ov ham qilamizmi?
- Ha, ov qilamiz.
- Miltiqdami?
- Miltiqda. Men kapitan Nemoga qaradim, un-
dan biron mazmun uqib ololmadim.
«Bu odamning, - deb o'yladim o'zimcha, - jinni
bo'lganiga imonim komil; u sakkiz kun davom et-
gan tutqanoqdan keyin hozirgina turib kelgan, eh-
timol, shu topda ham o'ziga kelmagandir. Attang!
Menga qolsa, bu odam g'alatiroq bo'lsa ham jinni
bo'lmasa yaxshi edi».
Mening o'ylayotganlarimni yuzimdan ham oson-
147
lik bilan uqib olish mumkin bo'lgandir. Kapitan
Nemo indamay, orqasidan yurishga ishora qildi va
men barcha ko'ngilsiz tasodiflarga ham tik boqish-
ga tayyor odamday uning izidan yurdim.
Biz oshxonaga bordik, u yerda nonushta tayyor
turar edi.
- Janob Aronaks, - dedi kapitan, - marhamat,
o'tiring va sira tortinmay ovqatlanib oling. Men siz
ga suvosti sayohati va’da qildim, suvosti restora-
ni emas. Shuning uchun ham durustroq nonushta
qilib olishni taklif etyapman, chunki faqat kechga
borib ovqatlanamiz.
Men maslahatga amal qilib, nonushtani zo‘r qi
lib oldim.
Nonushta ustiga dengiz o'tlari solingan turli xil
baliq taomlardan iborat edi. Nonushtadan so‘ng biz
suv ichdik, kapitanga qarab men ham suvga «parda-
simon rodomeniya» deb ataladigan suv o‘ti sharba-'
tidan bir necha tomchi soldim.
Boshda kapitan Nemo nonushta ustida indamay
o'tirdi. So'ngra dedi:
- Menimcha, professor, siz mendan Krespo oro-
liga ovga borishga taklifnoma olganingizda meni
betayin deb hisobladingiz. Sizni suvosti o'rmoniga
taklif etayotganimni bilganingizda esa meni jinni-
ga chiqarib qoydingiz. Janob professor, odamlar
to‘g‘risida bunaqa yengil-yelpi hukm chiqarish ya-
ramaydi!
- Ammo, kapitan, ishoning, men...
- Marhamat qilib eshitsangiz, meni betayin-
likda yoki telbalikda ayblab bo'ladimi, yo‘qmi, ke
yin hukm chiqaravering.
- Qulog'im sizda.
- 0 ‘zingizga ham ma’lumki, professor, odam
nafas olishi uchun yetarli miqdorda havo olib tush-
148
gan taqdirdagina suv ostida turishi mumkin. Suv
o'tkazmaydigan kiyim va boshlarini saqlash uchun
temir shlem kiyib olgan ishchi-g'aw oslar suvosti
ishlarini olib borayotganda havoni yuqoridagi na-
sosga ulangan maxsus shlang orqali olib turadilar.
- Ha, bu ust-bosh skafandr deb ataladi.
- To'g'ri. Ammo skafandr kiygan g'aw os erkin
emas.
U nasoslar orqali havo kelib turadigan rezina
shlang bilan ulangan. Bu uni yerga bog'lab qoygan
haqiqiy zanjir. Agar biz shlang bilan «Nautilus»ga
bog'langanimizda edi, uzoqqa borolmasdik.
- Bundan boshqa qanaqa yo'l bor? - so'radim
men.
- Rukveyrol-Deneyruz qurilmasidan foydala-
nish kerak. Bu qurilmani, janob professor, sizning
ikki vatandoshingiz yaratgan va men uni shu qa
dar takomillashtirdimki, endilikda u bilan tamomi-
la bo'lak fiziologik sharoitlardagi suvosti muhitiga
tushishingiz mumkin, bunda sog'lig'ingizga zar-
racha ham putur yetmaydi. Bu apparat ichiga el
lik atmosfera bosimda dam berilgan qalin tunuka
rezervuardan iborat. Rezervuar tasma yordamida
: g'aw osning yelkasiga soldat xaltasiday taqib olina-
di. Uning yuqori qismida chigirtka tukiga o'xshash
moslama bo'lib, bu havo bosimini normal holatga
yetkazadi va shundan keyingina klapan orqali chi-
qaradi. Rukveyrol-Deneyruzning odatdagi quril-
masida rezervuarga ulangan ikkita rezina naycha
g'aw osning og'zi va burniga kiygizilgan maxsus
maskaga olib boriladi. Bu naychalardan biri rezer
vuardan havo olishga, ikkinchisi karbonat angidrid
chiqarishga xizmat qiladi. G'awos nafas olayotgan-
da yoki chiqarayotganida naychalardan goh birini,
goh boshqasini tili bilan ochib turadi. Ammo dengiz
149
ostida suvning yuqori qatlamlari bosimiga ko'proq
bardosh bersin deb men bu maskani mis shlem bi
lan almashtirdim va nafas olish hamda chiqarish
naychalarini shunga mosladim.
- Juda soz, kapitan. Ammo siz o'zingiz bilan olib
tushgan havo tez tugab qolishi kerak, unda kislorod
miqdori o‘n besh protsentdan pastga tushgandan
keyin esa nafas olish uchun yaramay qoladi-ku.
- Gapingiz to‘g‘ri, professor. Men oldin aytgan
edim-ku, «Nautilus» nasoslari rezervuarga havoni
juda kuchli bosim bilan siqib kiritish imkoniyatini
beradi. Bunday sharoitda rezervuardagi zapas havo
to ‘qqiz-o‘n soat nafas olishga yetarli bo'ladi.
- Boshqa e’tirozim yo‘q, - dedim men. - Faqat
ruxsat bersangiz, bir narsani so'rasam, siz okean
qa’rida yo'lingizni qanday yoritasiz? U yerda zulmat
hukm sursa kerak, axir!
- Rumkorf apparati bilan, professor. Siqilgan >
havo to'latilgan rezervuar yelkaga, bu apparat esa
bejga osiladi. U Bunzen elementidan iborat bo'lib,
uni men odatdagiday kaliy bixromat bilan emas,
balki natriy bilan zaryadlayman. Induksion g'altak
olinayotgan tokni yig'ib, so‘ng uni maxsus kon-
struksiyali fonarga yuboradi. Bu fonar ilonsimon
shisha naychadan iborat bo'lib, ichiga karbonat
angidrid to'ldirilgan. Apparat elektr toki hosil qil-
ganda gaz yorqin oq nur taratadi. Shunday qilib,
men suv ostida ham nafas olaman, ham ko'raman.
- Kapitan Nemo, mening barcha e’tirozlarim-
ga siz shu qadar aniq va to'la javoblar beryapsiz-
ki, endilikda biron narsadan shubhalanishga o‘rin
qolmadi. Biroq Rukveyrol va Rumkorf apparatlari
bilan men o'zimni mag'lub hisoblasam ham, suv
osti ovida bizni qurollantirishga va’da bergan mil-
tiqlaringiz bilan sizni yengish umididaman.
150
- Biroq bu miltiqlar porox bilan zaryadlangan
o‘t ochuvchi qurollar emas, - dedi kapitan.
- Demak, sizning qurollaringiz siqilgan havo bi
lan ishlar ekan-da?
- Albatta. Axir o'zingiz o'ylang, selitra ham,
oltingugurt ham, ko'mir ham bo'lmagan «Nau-
tilus»da qanday qilib porox tayyorlashim mumkin?
- To‘g‘ri-yu, ammo otishma suv ostida - havo-
ga nisbatan bir ming sakkiz yuz ellik marta zichroq
muhitda bo'lgach, o'q juda katta qarshilikni yorib
o'tishi kerak-ku.
- Bu qarshilik mening qurolimdan otishga
to'sqinlik qilolmaydi. Sirasini aytganda, Fultondan
keyin ingliz Filipp Kols va Berley, fransuz Fursi va
italyan Landi tomonidan takomillashtirilgan qurol-
dan o'sha sharoitda ham o'q uzib bo'ladi. Ammo
yana qaytarib aytaman, porox bilan emas, men uni
o'z qurollarimda siqiq havo bilan almashtirdim, bu
ning zapasi esa albatta «Nautilus»ning elektr na-
soslari tufayli cheklanmagan.
1
- Ammo bu zapasni har gal o'q uzgandan so'ng
yangilab turish kerak-ku.
- Nima bo'pti, axir yelkamda Rukveyrol re-
zervuari turgach, qurolimni istagancha zaryad-
layveraman-da. Buning uchun murvatni burasam
bas. Hali o'zingiz ko'rasiz, professor, suvosti siqiq
havo ham, o'q ham unchalik ko‘p sarf bo'lmaydi.
- Biroq, menimcha, nim qorong'ida, zich suyuq
muhitda uzilgan o'q uzoq masofaga yetib borib,
o'ljani o'ldirolmasa kerak.
- Aksincha, professor, mening qurollarimdan
otilgan o'qning barchasi o'ldiradi. O'ljaga o'q sal
tegib o'tsa ham u yashin urganday qulaydi.
- Nega?
- Chunki mening qurollarimdan oddiy o'q emas,
151
balki avstriyalik ximik Lyonibrek kashf etgan max-
sus snaryadlar otiladi. Bu - o‘rtasida qo‘rg‘oshin va
po'lat qobiqli shisha soqqalardir. Boshqacha qilib
aytganda, Lyonibrek o'qlari ichida juda yuqori quv-
vatli elektr zaryadi bo'lgan kichkina leyden banka-
laridan boshqa narsa emas. U ozgina turtki bilan
razryadlanadi va qanchalik katta hayvon bo'lmasin,
o‘sha zahoti o'ldiradi. Shuni ham aytishim kerakki,
bu shishachalar to'rtinchi nomerli pitradan katta
emas va o'qdonga kamida o‘nta zaryad sigadi.
-
Yengildim, - dedim men stol ortidan tura-
yotib. - Siz mening barcha e’tirozlarimni chil-
parchin qilib tashladingiz. Men uchun qo‘lga qurol
olib, siz boshlagan yerga orqangizdan boraverish-
dan bo'lak chora qolmadi.
Kapitan Nemo meni «Nautilus» tumshug'iga
boshlab bordi. Ned Lend va Konsel kayutasi yoni-
dan o‘ta turib, ularni chaqirdik. Ular shu zahoti biz- >
ga qo'shilishdi.
Biz hammamiz birga mashina zali orqasida joy-
lashgan kameraga kirdik. Bu yerda bizlar suvosti sa-
yohatiga chiqish uchun skafandrlar kiyishimiz ke
rak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |