Shundan so‘ng kapitanning ketidan salonga tush-
dim.
U yerda kapitan Nemo xronometr vositasida joy-
ning uzunligini aniqladi. 0 ‘zining boyagi burchak
o'lchagich bilan kuzatganidagi hisoblarini tekshirdi
va «Nautilus»ning qayerda turganini kartada belgi-
lab qoydi.
- Janob Aronaks, - dedi u, - biz g'arbiy uzunlik
ning 137-gradus 15-minutidamiz.
- Qaysi meridiandan hisoblaganda? - kapitan
ning javobidan uning millati m a’lum bo‘lib qolar-
mikin degan umidda shoshilib so'radim.
- Menda Parij, Grinvich va Vashington vaqt-
lariga to ‘g‘rilab qoyilgan har xil xronometrlar
bor, - deya javob berdi u. - Ammo sizning sharafi-
ngizga men bugun Parij meridianidan foydalandim.
Bu javobdan men hech narsani aniqlab ololma-
dim. Minnatdorchilik bildirib, ta ’zim qildim. Kapi
tan so'zida davom etdi:
- Parij meridianidan g arb iy uzunlikning 137-
gradus 15-minutida va shimoliy kenglikning 30-
gradus 7-minutidamiz. Boshqacha qilib aytganda,
biz Yaponiya sohillaridan taxminan uch yuz mil
ya masofadamiz. Shunday qilib, bugun, sakkizinchi
noyabr peshinda biz suvosti ilmiy-tekshirish eks-
peditsiyamizni boshlaymiz. Endi, janob professor,
men ishingizga xalaqit bermayman. Men sharqi
shimoliy - sharq tomon yo‘l tutishga va suvostiga
ellik m etr cho'kishga buyruq berdim. Mana bu katta
xaritada kunda bosib o'tilgan yo‘l belgilab boriladi.
Salon butunlay sizning ixtiyoringizda.
Kapitan Nemo ta ’zim qilib chiqib ketdi. Men sa-
londa yolgiz qolib, xayolga cho'mdim. Ular meni
tinm ay «Nautilus»ning kapitani sari yetaklar edi.
Vaqti kelib vatanim yo‘q deb faxr bilan ayta-
130
yotgan bu odamning millatini bilib olarmikan-
man? Kim yoki qanday sabab uning qalbida insoni-
yatga nisbatan nafrat uyg'otdi? «Jamoatchilik xafa
qilib qo'ygan», tan olinmagan olimlardan birimi
yoki Konsel aytganday, o‘z Vatanidan quvg'in qi-
lingan zamonasining GalileyM yoinki olim - revolu-
tsionermikin? Bunisini men hali bilmasdim.
Kemasiga tasodifan tushib qolgan meni u
mehmondo'stlik bilan kutib oldi, ammo hayotim
uning qo'lida ekanligini unutmasligimni ta ’kidlash
uchun bo'lsa kerak, munosabatlarida iliqlik sezil-
mas edi. Shu bilan birga ko'rishish uchun u biror
marta ham qo'lini menga uzatgani yo‘q.
Bir soatlar chamasi men shu xayollarga g‘arq
bo'lib, uning odamni hayajonlantirayotgan sirini
bilib olishga intilardim.
So‘ng ko'zim stol ustidagi xaritaga tushdi. Ka
pitan Nemo uzunlik va kenglikni belgilagan joyga
barmog'imni qo‘ydim.
Okeanning ham qit’alar singari o‘z daryolari bor.
Bu oqimni boshqa suvdan rangi va haroratiga qarab
ajratish mumkin. Eng ko‘p uchraydigan okean oqi
mi - Golfstrimdir.
Fan besh asosiy oqimni xaritaga tushirgan: bi
ll - Atlantika okeanining shimoliy qismida, bosh-
qasi, janubida, uchinchisi, Tinch okeanning janu-
Ыу qismida, to'rtinchisi shimolida va nihoyat be-
shinchisi Hind okeanining janubiy qismidadir. Eh
timol Kaspiy va Orol dengizlari hamda Osiyodagi
katta ko'llaming suv havzasi bitta bo'lgan uzoq
o'tmishda Hind okeanining shimoliy qismida ol-
tinchi oqim ham bo‘lgandir.
Xaritaga «Nautilus»ning turgan yeri nuqta
Do'stlaringiz bilan baham: