Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Statika -

 nazariy mexanikaning bir bo‘limi.

120


-   «Nautilus»ning  dengiz  tubiga  cho'ka  olishida 

uning vaznini  qancha  oshirish  kerakligini  aniqlash 

uchun  men  yuqoridagi  suv  qatlamlarining  og'irligi 

ta ’sirida  turli  chuqurliklarda  hajmni  qanchalik  ka- 

maytirish lozimligini bilishim kerak edi.

-  Bu to ‘g‘ri, kapitan.

-   Suvning  siqilishini  inkor  etib  bo'lmasa-da, 

lekin  shuni  aytish  kerakki,  bu  siqilish  juda  chek- 

langan  miqdordadir.  So'nggi  ma’lumotlarga  qara- 

ganda,  chindan  ham  bosim  bir  atmosfera  oshgan- 

da,  ya’ni  o'ttiz  fut  chuqurlikda,  o‘n  milliondan 

to 'rt yuz  o'ttiz  olti  qismi  siqiladi.  Suvga  ming m etr 

cho'kkanda hajmni qancha kamaytirish hisobini ba- 

landligi  ming metrli  suv ustuni bosimiga,  ya’ni yuz 

atmosfera bosimiga  qarab  olish kerak.  Shunday qi- 

linganda  hajmni  kamaytirish  natijasi  yuz  mingdan 

to 'rt  yuz  o'ttiz  olti  bo'ladi.  Binobarin,  kema  vazni 

odatdagi bir ming besh yuz tonnadan bir ming besh 

yuz olti-yu yuzdan ellik to'rtgacha ko'payishi kerak. 

i Shunday qilib, vaznni olti-yu yuzdan ellik to 'rt to n ­

na oshirish talab etiladi.

-  Hammasi bo‘lib-a?

-   Hammasi  bo'lib,  janob  Aronaks,  bu  hisobni 

tekshirib  chiqish  ham  unchalik  qiyin  emas.  Sirasi- 

ni  aytsam,  menda  yuz  tonnali  zapas  rezervuarlar 

bor.  Bular yordamida  men  juda  katta  chuqurliklar- 

ga cho'ka  olaman.  Suv sathiga ko'tarilish uchun bu 

rezervuarlami  suv  ballastidan  bo'shatishning  o'zi 

kifoya.  Bordi-yu  «Nautilus»ning  o'ndan  bir  qismi- 

ni  suvdan tashqariga  chiqarmoqchi bo'lsam,  undan 

butun rezervuarlami bo'shatishim  kerak.

Aniq  raqamlarga  asoslangan  bu  fikrlarga  qarshi 

bir nima deyishim qiyin edi.

-   Hisob-kitoblaringizga  qo'shilaman,  kapitan,  -  

dedim  men.  -   Darvoqe,  uning  to'g'riligi  har  kuni

121



amalda tasdiqlanib turgach, bahslashib o'tirishning 

o‘zi kulgili bir hoi bo'lur edi. Ammo menda yana bir 

shubha tugildi.

-   Qanday shubha?

-   Kemangiz  ming m etr chuqurlikka  cho'kkanida 

uning  korpusi  yuz  atmosfera  bosimga  duch  kela- 

di.  Binobarin,  agar  siz  shu  chuqurlikda  kemangizni 

yengillatib  olish va  suv betiga chiqish uchun rezer- 

vuarlarni  bo'shatmoqchi  bo'lsangiz,  unda  rezer- 

vuarlardan suvni siqib chiqaradigan nasoslar har bir 

kvadrat santimetrga yuz kilogrammdan qo'shimcha 

qarshilikka  uchraydi.  Bu  esa  nasoslardan  shunday 

kuch talab etadiki...

-   Buni  faqat  elektr  bajarishi  mumkin,  -   deya 

so'zimni bo'ldi  kapitan  Nemo.  -  Yana  qaytaraman, 

professor,  mening  mashinalarimning  kuchi  deyarli 

cheklanmagan. «Nautilus»ning nasoslari juda kuch­

li.  Undan  chiqqan  suv  ustunlari  «Avraam  Linkoln» 

palubasiga  sharsharaday  tushganini  ko'rganda, 

bunga  ishongan  bo'lishingiz  kerak.  Shunisi  ham 

borki,  batareyalar  ortiqcha  zo'riqmasligi  uchun 

men  qo'shimcha  rezervuarlardan  bir  yarim  ming- 

dan  ikki  ming  metrgacha chuqurlikka  tushmoqchi 

bo'lsamgina  foydalanaman.  Agar  bordi-yu  miyam- 

ga  okeanning  eng  chuqur  joylariga  -   uning  sathi- 

dan  sakkiz-o‘n  ming  metrga  tushish  fikri  tug'ilsa, 

ancha  murakkabroq,  ammo  ayni vaqtda  shunchalik 

ishonchli usullarni qo‘llayman.

-  Qanaqa usullarni, kapitan?

-   Buni  tushunib  olishingiz  uchun  aw al  men 

«Nautilus»ni qanday boshqarishni aytishim kerak.

-  Men buni sabrsizlik bilan kutyapman.

-   Kemani  o'ngga  va  chapga  yoki  boshqacha  qi­

lib  aytganda,  gorizontal  tekislikda  yo'naltirish 

uchun  men  kema  tu m sh u g i  ostida  o'rnatilgan  od-

122



diy ruldan foydalanaman. Bu rul shturval va shturt- 

roslar  yordamida  harakatga  keltiriladi.  Ammo 

«Nautilus»ni,  shuningdek,  tik  tekislik  boylab  -  

yuqoridan  pastga  va  pastdan  yuqoriga  qarab  ham 

yo'naltirish  mumkin.  Bu  vaterliniya  yoniga  bema- 

lol  harakatlana  oladigan  qilib  o'rnatilgan  ikki  qa- 

not  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bu  qanotlar  tik 

yo'nalishda  ham  tez  harakat  qiladi  va  ular  kema­

ning ichidan richaglar yordamida harakatga keltiri­

ladi.  Qanotlar tag to'singa parallel qilib qoyilganda 

«Nautilus»  gorizontal  yo'nalishda  suzadi.  Parrak- 

lar  yordamida  oldinga  harakat  qilayotgan  «Nauti­

lus»  shu  qanotlarning  qanchalik  egilganiga  qarab 

yo  diagonal  boylab  pastga  tushadi  yoki  diagonal 

boylab yuqoriga ko'tariladi, aytib qoyay, bu diago­

nal uzunligi tamomila menga bogliq. Buning ustiga 

agar men ko'tarilish tezligini  oshirmoqchi  bo'lsam, 

vintni  to'xtatam an  va  suv bosimi  «Nautilus»ni  vo- 

dorod to'latilgan aerostatday tik yuqoriga siqib chi- 

qaradi.


-   Qoyil,  kapitan!  -   xitob  qildim  men.  -   Ammo 

suvga cho'kib turgan «Nautilus» ko‘r-ko‘rona bosh- 

qarilsa kerak, albatta.

-   Sira  unday  emas.  Rulni  boshqaruvchi  kishi 

«Nautilus»ning tum shug'ida palubadan oldinga tur- 

tib chiqqan hujrada o'tiradi. Bu hujraning illumina- 

toriga ikki tomoni qabariq qalin oyna solingan.

-   Shunday  kuchli  bosimga  bardosh  bera  oladi- 

mi?

-   Ha.  Biror  narsa  tegib  ketsa  juda  m o'rt,  ayni 



vaqtda  juda  mustahkam  billur  qoyilgan.  Bir  ming 

sakkiz yuz oltmish to'rtinchi yili Shimoliy dengizda 

elektr yog'dusida  baliq  ovlanayotganda yetti  milli- 

metrli billur plastinkalar o‘n olti atmosfera bosimga 

dosh  bergan  edi.  Men  ishlatayotgan  oynaning  qa-

123



linligi  o‘rta qismida yigirma bir santimetrga yetadi, 

ya’ni bular men aytgan plastinkalardan o'ttiz marta 

qalin.

-   Tushundim.  Ammo  ko'ra  olish  uchun  qo- 



rong'ilikni  yoritish  kerak,  binobarin,  men  hayron- 

man, qanday qilib qorong'i chuqurlarda...

-  Rul boshqaruvchining hujrasi oldida juda katta 

elektr reflektor o'rnatilgan,  -  deya mening so'zimni 

bo'ldi  kapitan  Nemo,  -   uning  nurlari  suvni  yarim 

milyagacha yoritib boradi.

-   Ofarin,  ming  ofarin,  kapitan!  Endi  men 

olimlar  o'rtasida  g‘ulg‘ula  solgan  o'sha  badnom 

«narval»ning  elektr  quyoshi  nimaligini  tushun­

dim.  Ha,  aytganday,  ruxsat  bersangiz  bir  narsani 

so'ramoqchi  edim:  «Nautilus»ning  «Shotlandiya» 

bilan butun dunyoga shov-shuv solgan to'qnashuvi 

tasodifan sodir bo'lganmidi?

-   Juda  tasodifan,  professor.  To'qnashuv  sodir 

bo'lganda  men suv sathidan  ikki  m etr pastda  suza-

' yotgan  edim.  Ammo  hech  qanday  falokat  yuz  ber- 

maganini o‘sha zahotiyoq ko‘rdim.

-   Juda  to ‘g‘ri.  «Shotlandiya»  eson-omon  port- 

ga  yetib  oldi.  «Avraam  Linkoln»  bilan  uchrashu- 

vingiz-chi?

-   Janob  professor,  Amerika  flotining  bu  eng 

yaxshi  kemasiga  o ‘zim  ham  achinaman,  ammo  u 

menga hujum qildi va men himoyaga o'tishga maj- 

bur  edim.  Lekin  kemani  menga  hujum  qilish  im- 

koniyatidan  mahrum etdim,  xolos,  u  shikastlangan 

joyini  yaqin  oradagi  portda  osonlik  bilan  tuzatib 

olishi mumkin.

-   O,  kapitan,  -   xitob  qildim  men,  -   «Nautilus» 

darhaqiqat ajoyib kema!

-  Ha, professor, -  hayajonli ohangda javob berdi 

kapitan  Nemo.  -   Men uni  o‘z  farzandimday yaxshi

124



ko'raman.  Okean sathida suzayotgan kemalar ming 

xil  xavf-xatarga  yo'liqishi  mumkin.  Har  bir  tasodif 

ularga  falokat  keltirishi  mumkin.  Ammo  bu  yer­

da,  dengiz  qa’rida  inson  hech  narsadan  qo'rqmasa 

ham  bo'ladi.  Bosimdan  pachoq  bo'lib  ketishidan 

cho'chimaydi  -   negaki  bu  kema  korpusi  temirdan 

ham  mustahkam.  Uning chayqalishidan  «charchay- 

digan»  takelaji1 yo'q.  Shamol yulib  ketishi  mumkin 

bo'lgan yelkanlar yo'q.  Portlab  ketish xavfi bo'lgan 

qozonlar  ham  yo'q.  Yong'in  xavfsiz,  chunki  uning 

yog'och  qismlari  yo'q.  U  to'qnashuvlardan  ham 

qo'rqmaydi,  chunki  okean  qa’rida  yolg'iz  o'zi  su- 

zadi.  Bo'ronlar  ham  qo'rqinchli  emas,  negaki  oke­

an  sathidan  bir  necha  m etr  chuqurlikda  hamisha 

to'la  osoyishtalik  hukmron.  Siz  ajoyib  degan  kema 

ana shunaqa,  professor! Agar ixtirochi hamisha  o'z 

kemasiga  injener-konstruktorga  nisbatan  ko'proq, 

injener-konstruktor esa kapitanga nisbatan ko'proq 

ishonishi  rost  bo'lsa,  mening  birato'la  ham  kema 

! ixtirochisi,  ham  konstruktori,  ham  kapitan  sifatida 

«Nautilus»ga  qanchalik  cheksiz  ishonch  bilan  qa- 

rashimning sababini tushunsangiz kerak!

Kapitan Nemo juda ko'tarinki ruhda gapirar edi.

Ko'zlarida  chaqnab  turgan  yolqin,  jonli  hara- 



katlari  uni tam om an  o'zgartirib yuborgan edi.  Men 

o'zimni to'xtata  olmadim va kapitan Nemoga biroz 

g'alati tuyulishi mumkin bo'lgan savol berdim:

-   Demak,  sizning  injenerlik  m a’lumotingiz  bor 

ekan-da?

-   Ha,  -   deya  javob  berdi  u.  -   Men  yer  yuzida 

yashagan  paytimda  London,  Parij  va  Nyu-Yorkda 

o'qigan edim.

-  Xo'sh, bu ajoyib suvosti kemasini qanday qilib 

yashirincha qura oldingiz?




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish