Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Grot-machta -

 yelkanli kemalarda o'rtadagi eng baland mach-

ta.

82


Garpunchi  dovdirab  jim  bo'lib  qoldi.  Biz  turgan 

sharoitda  qochish  chindan  ham  mumkin  emas  edi. 

Ammo  kanadalik yarim  fransuz-ku,  axir.  Buni  Ned 

Lend o'z javobi bilan juda isbotlab berdi.

-   Janob  professor,  -   dedi  u  bir  necha  minut 

o'ylab  olgandan keyin,  -   siz turm adan  qochmoqchi 

bo'lgan  kishilar  buning  uddasidan  chiqolmasalar 

nima qilish kerakligini bilmaysizmi?

-  Yo'q, do'stim.

-   Axir  bu  juda  oson-ku.  Ular  turmada  qolish 

uchun qulay vaziyat vujudga keltiradilar...

-   Bo'lmasam-chi!  -   dedi  Konsel.  -   Suvosti  tur- 

masining ostida yoki ustida bo'lgandan ko'ra ichida 

bo'lgan yaxshi-da, albatta.

-   Ammo  oldin  u  yerdan  turm a  egalari,  darvo- 

zabon  va  qorovullami  chiqarib  tashlaydilar,  -   deb 

qo'shib qo'ydi Ned Lend.

-   Nima deyapsiz o'zi,  Ned!  Nahotki,  siz chindan 

ham kemani egallab olishni o'ylayotgan bo'lsangiz?

-   Hazili yo'q,  jiddiy gapiryapman,  -   javob  berdi 

kanadalik.

-  Buning sira iloji yo'q.

-   Nega  endi,  professor?  Qulay fursat  kelsa,  iloji 

bor.  Bunday  fursatdan  foydalanib  qolmaslikka  bi- 

ron  asos  yo'q.  Menimcha,  kemada  yigirmadan  or- 

tiq  kishi  yo'q.  Bu  bir  hovuch  odam  esa  biz  uchun 

qo'rqinchli emas!

Garpunchi  bilan  bahslashib  o'tirishdan  ko'ra, 

uning taklifiga indamay qo'ya qolish ma’qulroq edi. 

Shuning uchun men unga quyidagilarni aytish bilan 

kifoyalana qoldim.

-   Shunday  fursat  bo'lishini  kutamiz,  Ned, 

o'shanda  ko'ramiz.  Ungacha  sabr  qilishingizni  il- 

timos  qilaman.  Bu  rejani  hiyla  bilangina  amalga 

oshirsa  bo'ladi,  sizning  qiziqqonligingiz  esa  bun-

83



day fursat kelishini yaqinlashtirmaydi.  Bunday fur- 

satni sabr-toqat bilan, jahl qilmay kutishga so‘z be- 

rishingiz kerak.

-   So‘z  beraman,  janob  professor,  -   javob  berdi 

Ned  Lend  ishonchsiz  ohangda.  -   Hatto  ovqatni  biz 

istagan  tartib  bilan berishmasa  ham  mendan  biron 

nojoya  so‘z  eshitmaysiz,  bironta  ortiqcha  harakat 

ko'rmaysiz.

-   Shu  so'zlaringizni  unutmang,  Ned,  -   dedim 

men kanadalikka.

Shu  bilan  oradagi  gap  tugadi  va  har birimiz  o‘z 

fikrlarimiz  bilan  bo'ldik.  E’tirof  etishim  kerakki, 

garpunchining  shunchalik  ishontirishlariga  qara­

may,  baribir  umidvor  bo'lmadim.  Men  Ned  Lend 

aytgan baxtli tasodif ro‘y berishiga ishonmas  edim. 

Hech  shubhasiz,  suvosti kemasi ko‘p  sonli  ekipajga 

ega,  binobarin,  jang  qilishga  to ‘g‘ri  kelsa,  biz  juda 

kuchli dushman bilan to'qnashuvimiz aniq edi.

Shunisi  ham borki,  Ned Lendning rejasini  amal- 

ga  oshirish  uchun,  aw alo  ozod  bo'lishimiz  kerak, 

biz  esa bandilarmiz.  Men  eshigi  mahkamlangan bu 

tem ir qafasdan qanday qilib qutulishni ko‘z oldimga 

keltirolmas  edim.  Axir  suvosti  kemasi  kapitanining 

biron  siri  bo'lsa  -   bunday  bo'lishi  esa  ehtimoldan 

xoli  emas  -   unda  u  bizning  kemada  hech  qanday 

to'siqsiz yurishimizga yo'l qo'ymasligi aniq.

U  bizni  nima  qilishini:  bizdan  darhol  qutulish­

ni  istaydimi  yoki  uzoq yillar  qamab  qo'yib,  so'ngra 

biror inson  oyog'i  tegmagan bir parcha yerga tash- 

lab ketadimi  -   buni  oldindan bilib bo'lmas  edi.  Biz 

butunlay  uning  hukmronligida  edik  va  bu  taxmin- 

larning hammasi  nazarimda  haqiqatga yaqin bo'lib 

ko'rinar  edi.  Shunday  sharoitda  ozodlikka  umid 

bog'lash  uchun  Ned  Lendnikiga  o'xshagan  xa- 

rakterga  ega  bo'lish  kerak.  Ochig'ini  aytsam,  Ned

84



Lend  qancha  oylasa,  shuncha  ko'proq  achchiqla- 

nar  ekan.  Allaqachon  la’nat  so'zlari  b o 'g izg a  tiqi- 

lib  turganini,  imo-ishoralaridan  uning  tobora  g‘a- 

zablanayotganini  sezardim.  U  qafasdagi  yirtqich- 

day  u yoqdan bu yoqqa  irg‘ishlar,  devorni  tepar va 

m ushtlar edi.

Vaqt  o'tib  borardi.  Ochlik  o‘z  kuchini  ko'rsata 

boshladi.  Styuarddan  esa  hamon  darak  yo‘q  edi. 

Halokatga  uchraganlarga  nisbatan  bunday  e ’tibor- 

sizlik yaxshilik alomati emas edi.

Ned  Lend  ochlikdan  qiynalar,  borgan  sari  ta- 

janglashmoqda  edi.  0 ‘zini  tutishga  va’da  bergan 

bo'lishiga  qaramay,  komandadan  biron  kishi  kir- 

ganda to'satdan quturib ketishidan qo'rqar edim.

Keyingi  ikki  soat  davomida  Ned  Lendning  qah- 

ri  borgan  sari  oshdi.  Kanadalik  behudaga  baqirib- 

chaqirar,  tem ir  devorlar  esa  miq  etmay turardi.  Bu 

kemaning biron yeridan loaqal ozgina ham shovqin 

eshitmadim,  go'yo  odamlari  o'lganday.  U  bir  joy- 

da  turar  edi,  aks  holda  biz  parrakning  aylanishi- 

dan kema korpusining zirillashini  sezgan bo'lardik. 

Tubsiz  suv  qa’riga  cho'kkan  bu  kema  yerga  ortiq 

sira  aloqasi yo'qday edi.  Bu  sukunat  juda  dahshatli 

edi.



Men  bu  tem ir  qafasda  yana  qancha  vaqt  o‘ti- 

rishimizni oylash d an h am  cho'chir edim.

Kema  kapitani  bilan  bo'lgan  uchrashuvdan 

so'ng menda paydo bo'lgan umidlar ham asta-sekin 

so'na  boshladi.  Mehribon  ko'zlari,  yuz  ifodasidagi 

ochiqlik,  gavda  bichimidagi  oliyjanoblik  -   bular- 

ning hammasi xayolimdan  ko'tarilib ketdi.  Endi  bu 

g'alati  odamni aftidan u aslida qanday bo'lsa shun- 

dayligicha  -   zolim  va  shafqatsiz  tasaw u r  etardim. 

Men  uni  odamgarchilikdan  yuqoriroqda,  rahm- 

shafqatdan  mahrum,  odamlarni  bir  um r  yomon

85



ko'rishga  qasamyod  etgan  insoniyatning  ashaddiy 

dushmani sifatida ko‘z oldimga keltirardim.

Ammo  nahotki,  bu  odam  shu  tor  turm ada  biz­

ning  ochlikdan  tinka-madorimiz  qurib  o‘lishimiz- 

ga  yo‘l  qoysa?  Bu  mudhish  fikr  butun  xayolimni 

qamrab  oldi.  Dahshatga  tusha  boshladim.  Konsel 

hamon  osoyishta,  Ned  tobora  ko'proq  tutaqib  bo- 

rardi.


Shu  payt  devor  ortidan  tem ir  plitalarda  qadam 

tovushi  eshitildi.  Tamba  g'iychilladi.  Eshik  ochilib, 

styuard pay do bo'ldi.

Men  hayhaylashga  ulgurmay,  kanadalik  becho- 

raga  tashlandi  va  yerga  yotqizib  xippa  tomog'idan 

bo‘g‘ib  oldi.  Uning b aq u w at  qo'llarida  styuardning 

nafasi bo‘g‘ila boshladi.

Konsel  garpunchining  qo'lidan  o'ljasini  to r­

tib  olishga  harakat  qilar,  unga  endi  yordamlashay  , 

deb  turganimda,  birdan  fransuz  tilida  aytilgan 

so'zlardan hammamiz qotib qoldik.

-  


Tinchlaning,  Lend,  siz  ham  janob  professor! 

Quloq solinglar!




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish