Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Ballistika  -

  artilleriya  snaryadlarining uchishini  o'rganadigan

fan.

2  Gidrologiya

  -   yer  sharining  suv  bilan  qoplangan  (okean- 

lar,  dengizlar,  ko'llar  va  daryolar)  qismining  fizik  xususiyatlarini 

o'rganadigan fan.

101


ganingiz  uchun  rahmat,  kapitan.  Bu  chinakam  fan 

xazinasi va men undan foydalanaman.

-  Bu uy faqat kutubxona bo'libgina qolmay, bal­

ki chekadigan joy ham.

-   Chekadigan  joy?!-  qichqirib  yubordim  m en.- 

«Nautilus»da chekishadimi?

-  Albatta.

-   Unday bo'lsa,  kapitan,  siz  Gavana  bilan  aloqa 

bog'lab turar ekansiz-da?

-   Mutlaqo,  -   javob berdi kapitan Nemo.  -   Mana 

bu  sigarani  chekib ko'ring,  professor,  u  Gavananiki 

emas,  ammo  kashanda  bo'lsangiz  sizga  ma’qul  tu- 

shadi.

Men  ko'rinishdan  eng  yaxshi  Gavana  sigarala- 



riga  o'xshagan,  ammo  rangi  ochroq,  oltinrang 

yaproqlardan  o'ralgan  sigarani  olib,  bronza  sham- 

dondagi  shamdan  tutatdim .  Ikki  kun  tamakidan 

mahrum  bo'lgan  ashaddiy  kashandaday  ochko'zlik 

bilan tutundan tortdim.

  -   Juda  zo'r  sigara,  ammo...  demak,  bu  tamaki 



emas ekan-da?

-   Yo'q,  -   deb javob berdi  kapitan.  -   Bu,  tarkibi- 

da nikotin ko'p bo'lgan turli xil  dengiz o'tlari.  Endi 

Gavana sigaralariga qalaysiz?

-   Shu  daqiqadan  boshlab  men  ulardan  irgana- 

man.


-   Unday bo'lsa,  sigaraning qayerdan  kelib  chiq- 

qanini  surishtirmay,  istaganingizcha  chekavering. 

Bular uchun hech  qanaqa tamaki  monopoliyasi  so- 

liq olgani yo'q. Ammo bu bilan sigaralar bemazaroq 

bo'lib qolmadi, shunday emasmi?

-  Juda to'g'ri.

Shu payt kapitan Nemo biz boyagina kutubxona- 

ga kirgan  joyning ro'parasidagi  eshikni  katta  ochdi 

va biz ulkan, yaxshi yoritilgan salonga kirdik.

102



Bu  burchaklari  kesik,  uzunligi  o‘n,  eni  olti  va 

balandligi  besh  metr  keladigan  katta  zal  edi.  Shift 

sathi  bilan  bir  tekisda  bo'lgan  chiroyli  jimjimador 

naqshli lampalar bu muzeydagi mo'jizalarga yorqin, 

ammo  ko'zni  qamashtirmaydigan  yog‘du  sochardi. 

Ha, bu chinakam muzey edi!  Epchil va  saxiy qo'llar 

bu yerga tabiat va  san’at xazinasini  rassom xonasi- 

dagiday tartibsiz holdagi go‘zalligi bilan yiqqan edi. 

Buyuk  rassomlarning  bir  xil  ramkalardagi  o'ttizga 

yaqin  asarlari  odmi  gulli  mato  tortilgan  devorlarni 

bezab turardi. Rasmlar oralig'ida qalqon va qurollar 

hamda barcha ritsarlik yarog-aslahalarini taqib  ol- 

gan haykalchalar turardi.

Men  ilgari  Yevropa  vistavkalarida  hamda  shax- 

siy  rasmlar  galereyasida  tomosha  qilib  yurgani- 

mizda  juda  bebaho  asarlami  ko'rdim.  Qadimgi 

san’atkorlar  mahorati  bu  yerda  Rafaelning  «Ma’- 

budasi»,  Leonardo  da  Vinchining  «Qiz  bola»si, 

Korredjioning  «Gung»i,  Titsianning  «Ayol»i,  Ve- 

ronezening 

«Sehrgarlar 

sajdasi», 

Muriloning 

«Maqtov»i, 

Golbeynning  «Portret»i,  Velaskez- 

ning  «Monax»i,  Riberning  «Jafokash»i,  Tenersning 

«Yarmarka»si,  Rubensning  Flamandiyaning  ikki 

peyzaji,  Jerar-Dou,  Metsu,  Pol  Potterlar  uslubidagi 

uchta kichik-kichik asar,  Jeriko va Pryudonning ikki 

kartinasi, Bakyuyzen va Vernening bir necha dengiz 

manzaralari  orqali  namoyish  qilingan  edi.  Hozir- 

gi  zamon  rassomchilik  san’ati  namunalari  orasida 

men Delakrua, Engr, Dekan, Truayn, Meyssone, Do- 

bini va boshqalar yaratgan asarlarni uchratdim.

Antik  haykaltaroshlarining  marmar  va  bron- 

zadan  ishlagan  haykallarining bir necha maftunkor 

nusxalari bu  ajoyib  muzeyning burchaklaridagi  ba­

land tagliklarda turardi.

Kapitan  Nemoning  oldindan  aytib  qo'ygan

103



so'zlari  to ‘g‘ri  chiqa  boshladi:  «Nautilus»ni  ко 'rib 

chiqish  uchun  qo'yilgan  dastlabki  qadamlardayoq 

men hayratga tushdim.

-   Mulozamat ko'rsatmay, yig'ishtirilmagan,  tar- 

tibsiz  xonaga  sizni  boshlab  kelganim  uchun  meni 

kechirarsiz, degan umiddaman, professor,  -  dedi bu 

g'alati odam.

-   K apitan,-  deya  javob  berdim  m en ,-  ochigini 

aytsam, siz haqiqiy artist ekansiz!

-   0 ‘-o‘,  yo'q,  havaskorman,  xolos,  -   e’tiroz 

bildirdi  u.  -   Inson  tafakkuri  yaratgan  bu  ajo­

yib  asarlarni  yig'ish  menga  quvonch  baxsh  etardi. 

Men  hormay-tolmay  izladim,  xarid  qilishga  o ‘ch 

edim.  Shuning  uchun  bu  bir  qancha  juda  qimmat- 

baho  narsalam i  qo'lga  kiritdim.  Bu  -   men  uchun 

o'lgan  yerdan  so'nggi  xotiralardir.  Nazarimda, 

hatto  hozirgi  zamon  rassomlaringiz  ham  qadimiy 

san’atkorlardir.  Buyuk iste’dod  egalarining hozirgi- 

si, qadimgisi bo'lmaydi.

-   Mana  bu  musiqachilar-chi?  -   so'radim  men 

Veber,  Rossini,  Motsart,  Betxoven,  Gaydn,  Meyer- 

ber,  Vagner,  Ober,  Guno  va  boshqalarning  ikki 

eshik oralig'idagi joyni egallab turgan katta pianino- 

organning  ustida  sochilib  yotgan  partituralariga 

ishora qilib.

-   Bu  musiqachilar  men  uchun  Orfey1  zamon- 

doshlaridir.  O'lganlar  xotirasida  vaqt  tafovuti  qol- 

maydi,  professor,  men  esa  o'sha  sizning  tuproq 

ostida  yotgan  yor-birodarlaringiz  singari  o'lgan 

odamman...

Kapitan Nemo jim qolib, chuqur o'yga toldi. Men 

unga katta  qiziqish  bilan  indamay qarab  turib,  yuz




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish