Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Neptun  -

 qadimgi rimliklarda dengiz xudosi.

96



deb  faraz  qilaylik;  biroq  men  bir  narsaga  hayron- 

man.  Ozgina bo'lsa ham,  dasturxoningizdagi go'sht 

qayerdan kelyapti?

-   Men  quruqlikda  yashaydigan  hayvonlarning 

go'shtini mutlaqo yemayman,  -   deya e’tiroz bildir- 

di kapitan Nemo.

-  Bu-chi? -  so'radim men bir necha bo'lak qovu- 

rilgan go'sht solingan taomga ishora qilib.

-   Siz  quruqlikda  yashaydigan  jonivorning 

go'shtidan  deb  taxmin  qilgan  taomingiz  dengiz 

toshbaqasining  qovurilgan  go'shti,  xolos.  Mana 

bu  delfinning  jigaridan  tayyorlangan  qaylaning 

ta ’mi  sizga  cho'chqa  go'shtidan  qilingan  qovur- 

doqday tuyulishi mumkin. Mening oshpazim -   mo- 

hir  pazanda.  Baliq  va  boshqa  dengiz  hayvonlari 

go'shtidan taom  tayyorlashda unga teng keladigani 

yo‘q.  Mana  bu  qisqichbaqa  konservalarini  istagan 

malayyalik  dunyodagi  eng zo‘r konserva  deb  baho- 

lashi mumkin; mana bu kremning qaym ogi kitning 

yelinidan olingan,  qand  -   Shimoliy dengizning suv 

o'simliklaridan;  nihoyat  mana  bu  murabbo  ane- 

monlardan.

Men  ulam ing  hammasidan  och  bo'lganim 

uchun  emas,  kapitan  Nemoning  gaplariga  qiziqib 

qolganimdan tatib ko'rdim.

-   Dengiz,  -   deya  davom  etdi  u,  -   meni  to ‘y- 

diribgina  qolmay,  kiyintiradi  ham.  Ustingizdagi 

kiyimning  matosi  ayrim  dengiz  chig'anoqlarining 

bissuslaridan  to'qilgan.  U  shajaraning  qirmizi  ran- 

giga  boyalgan,  binafsharang  tovlanishi  0 ‘rtayer 

dengizi  molluskalaridan  biri  apliziy  shirasi  yorda- 

mida  olingan.  Sizga  ajratilgan  kayutadagi  stolcha 

ustida  turgan  atir  ayrim  o'simliklarni  qaynatish 

yo‘li  bilan  olingan.  0 ‘rin-ko‘rpangizdagi  to'shak 

okeanning eng yaxshi  o'tlaridan qilingan.  Siz yoza-

4  -  J.Vern 

9 7



digan  pero -   kit  mo'ylovidan,  siyoh  -   karakatitsa1 

bezlaridan.  Hozir  men  nimadanki  foydalanayotgan 

bo'lsam, hammasi dengizdan olinyapti va bularning 

barchasi vaqti kelib yana dengizga qaytadi.

-  Dengizni sevasizmi, kapitan?

-   0 ‘-o‘,  nimasini  aytasiz,  sevganda  qandoq. 

Dengiz  -   bu  men  uchun  hamma  narsa.  U yer  sha- 

rining  o'ndan  yetti  qismini  egallab  turibdi.  Suvi 

toza  va  hayotbaxsh.  Uning  bepoyon  kengliklarida 

odam  o'zini  sira yolg'iz  his  etmaydi,  chunki  hami- 

sha  atrofida  hayot  nafasi  ufurayotganini  sezib  tu- 

radi.  Chindan  ham,  axir  dengizda  tabiatning  har 

uchala dunyosi -  minerallar, o'simliklar va hayvon- 

lar bor.  So'nggisiga  zoofitlarning2  juda  ko'p  namo- 

yandalari,  bo'g'inoyoqlam ing  ikki  sinfi,  molluska- 

larning  besh  sinfi,  umurtqalilar,  sutemizuvchilar, 

sudraluvchilarning uch sinfi va son-sanoqsiz baliq- 

lar kiradi. Hayvonot olamining juda ko'p sinflari o'n 

uch mingdan ortiq turlarga egaki, bularning o'ndan 

bir qismigina  chuchuk suvlarda yashaydi.  Dengiz  -  

tabiatning  ulkan  rezervuari.  Yer  sharida  hayot  de­

ngizdan boshlangan,  kim bilsin,  balki  u vaqti  kelib 

yana  dengizda  tugar?  Dengizda  -   o'ta  osoyishta- 

lik...  Dengiz  zo'ravonlarniki  emas.  Ular  dengiz  sat­

hida  jang qilib,  bir-birlarini  qirishlari,  quruqlikdagi 

hayot  qabohatlarini  qaytarishlari  mumkin.  Ammo 

o'ttiz  fut  chuqurlikdagi  suv  ostida  ularning  hukm- 

ronliklari tugaydi.  Eh,  professor,  dengiz  qa’rida ya- 

shang!  To'la  mustaqillik  faqat shu yerda,  faqat shu 

yerda  inson  chinakamiga  ozod,  shu  yerdagina  uni 

hech kim ezolmaydi!

Kapitan  Nemo  to'satdan  o'zining  otashin  so'z-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish