Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

anthias-

  «gul»  ma’nosini  anglatib,  ular  bu 

nomga  juda  mos  -   qizil  bo'yoqning  och  pushtidan 

tortib yoqut rangigacha tovlanardilar.

Shu  dengiz  mo'jizasidan  ko'z  uzolmay  turga- 

nimda,  to'satdan  kutilmagan  manzara  meni  beni- 

hoya taajjublantirib qo'ydi.  Suv ostida beliga charm 

xaltacha osib olgan odam paydo bo'lib qoldi. U tirik 

edi.  Bir necha marta  suv sathiga  qaytib,  so'ng yana 

suvga sho'ng'ir edi.

Men  kapitan  Nemoga  qarab,  hayajon  ichida  xi­

tob qildim:

-  

Odam  cho'kyapti!  Qanday bo'lmasin  uni  qut- 



qarib qolish kerak!  Kapitan Nemo menga javob ber- 

may,  shoshilib oyna oldiga bordi.  Suzayotgan odam



332


yana  sho'ng'idi  va  ko'zlarini  derazaga  tikib,  bizga 

qaradi.


Kapitan  Nemoning  unga  bir  narsa  ishora  qilib 

ko'rsatganini  ko'rib,  g'oyat  hayratlandim.  Suvdagi 

kishi  unga  javoban  bosh  qimirlatdi-da,  tez  dengiz 

sathiga suzib ketdi va qaytib kelmadi.

-   Undan  xavotir  bo'lmang,  -   dedi  menga  ka­

pitan Nemo.  -   U Matapan burunidan,  ismi  Nikolay, 

laqabi  «Baliq».  Uni grek tizma orollarining hamma- 

sida  bilishadi.  Ajoyib  suzuvchi!  Suv  uning  stixiya- 

si  va  tinmay bir  oroldan  ikkinchisiga,  ba’zan  hatto 

Kritgacha yetib,  suvda quruqlikdagiga ko'ra ko'proq 

vaqtini o'tkazadi.

-  Siz uni taniysizmi, kapitan Nemo?

-  Nega endi uni tanimay, janob Aronaks?

Shunday  dedi-yu,  kapitan  salon  devoriga  ish-

langan  shkaf  oldiga  bordi.  Uning  yonida  tunuka 

qoplangan  sandiq  turar  edi.  Sandiq  qopqog'idagi 

mis  taxtachaga  «Nautilus»  shiori  -   «Harakat- 

chanlik  harakatda»  va  kemaning  bosh  harfi  «N» 

o'yib yozilgan edi.

Kapitan  Nemo  menga  boshqa  e’tibor  qilmay, 

shkafni  ochdi,  unda  juda  ko'p  quyma  metallar  tax- 

lanib yotardi.

Bu -  oltin parchalari edi.

«Nautilus»ga  shu  qadar  ko'p  miqdordagi  bun­

day metall qayoqdan kelib qoldi? Kapitan Nemo  ol- 

tinni  qayerdan  olgan va  hozir  u  bu  oltinlarni  nima 

qilmoqchi?

Men bir og'iz ham so'z aytmay, qarab turardim.

Kapitan  Nemo  shkafdan  oltin  parchalarini  oldi 

va uni sandiq to'lguncha bittadan terib chiqdi.

Mening hisobimcha sandiqqa u kamida ming ki­

logramm, salkam besh million franklik oltin soldi.



333


Kapitan  sandiq  qopqog'ini  yopib,  ustiga  yangi 

yunon tilida bo'lsa kerak,  adres yozdi.

U  bu  ishlarni  qilib  bo'lgach,  komanda  xonasi- 

ga  ulangan  qo'ng'iroq  tugmachasini  bosdi.  0 ‘sha 

zahotiyoq  sakkiz  matros  kelib,  salondagi  sandiqni 

zo‘rg‘a sudrab olib chiqib ketishdi.

Ularni  sandiqni  blok  yordamida  trapdan  palu­

baga  olib  chiqishayotganlarini  eshitib  turdim.  Shu 

payt kapitan Nemo menga qarab:

-   Ha,  aytganday,  nima  deyotgan  edingiz,  janob 

professor?

-   Hech  narsa  deganim yo‘q,  -   deb  javob berdim 

men.

-   Unday  bo‘lsa,  menga  ruxsat,  tuningiz  xayrli 



o'tsin.

Shunday deb u salondan chiqdi.

Kayutamga ichimga g‘ulg‘ula tushib qaytdim.,

Uxlayman  deb  bekorga  urinardim.  Men  suv­

da  paydo  bo'lgan  kishi  bilan  sandiqdagi  oltin  quy- 

malari  o'rtasida  qanday  mantiqiy  bog'lanish  bor- 

ligini bilolmay xunob edim.

Yengil  chayqalish  boshlanganidan  «Nautilus» 

suv sathiga ko'tarilganini fahmladim.

Shundan  so'ng  palubada  oyoq  tovushlari  eshi- 

tildi.  Qayiqni  o'rnidan  olib  suvga  tushirayotgan- 

larini  sezdim.  U  «Nautilus»  bortiga  bir  urildi-da, 

so'ng shovqin tindi.

Ikki  soat  o'tgach,  shovqin  yana  eshitila  bosh­

ladi.  Oayiqni  suvdan  chiqarib  o'rniga  mahkam- 

lashayotgan  edi.  So'ng  «Nautilus»  yana  suvga 

sho'ng'idi.

Demak,  millionlar  belgilangan  joyga  yetkazil- 

gan  edi.  Biroq  qit’aning  qayeriga?  Kapitan  Nemo­

ning vositachisi kim bo'ldi ekan?



334


Ertasi kuni men Konsel bilan Ned Lendga o'tgan 

tungi voqealarni so'zlab berdim.

O'rtoqlarim  ham  men  singari  g'oyat  taajjubla- 

nishdi.


-   Xo‘sh,  u  bu  millionlarni  qayerdan  oladi?  -  

so'radi Ned Lend.

Men bu savolga javob berolmadim.

Nonushtadan  so‘ng  men  salonga  o‘tib,  ishlay 

boshladim.

Peshindan  keyingi  soat  beshgacha  boshim- 

ni  ko'tarmay  kundaligimni  yozdim.  To'satdan  isiy 

boshladim.

Kamzulimni  yechdim,  biroq  bu  ham  foyda  ber- 

madi. Nafas olish borgan sari og'irlashib borar edi.

Sira  tushunolmadim:  biz  tropiklardan  uzoqda- 

miz,  buning  ustiga  «Nautilus»ga  suv  ostida  baribir 

yuqoridagi  havo  harorati  ta ’sir  eta  olmasdi.  Mono- 

metr  miliga  qaradim:  biz  oltmish  fut  chuqurlikda 

suzayotgan edik.

Ishimni  davom ettirmoqchi bo'ldim,  ammo  issiq 

borgan  sari  ko'tarilib,  chidab  bo'lmaydigan  dara- 

jaga yetdi.

«Kemaga o't tushdimikin?» o'yladim men.

Salondan  endi  chiqaman  deb  turganimda,  to '­

satdan  kapitan  Nemo  paydo  bo'lib  qoldi.  U  to'g'ri 

termometr  tomon  yurdi,  simob  ustuniga  qaradi  va 

menga o'girilib dedi:

-  Harorat qirq ikki!

-   Buni sezib turibman, kapitan,  -  deb javob ber­

dim men.  -  Agar harorat yana ko'tariladigan bo'lsa 

holimiz xarob.

-   0 ,  janob professor,  harorat biz  istagan taqdir- 

dagina ko'tarilishi mumkin.

-   Demak,  siz  uni  istaganingizcha  oshirishingiz 

yoki kamaytirishingiz mumkin ekan-da?

335



-   Yo'q,  biroq  men  haroratni  ko'taradigan  bu 

o'choq  oldidan  uzoqlashuvim  yoki  yaqinlashuvim 

mumkin.

-   Demak,  bu  o'choq  «Nautilus»dan  tashqarida 

ekan-da?

-  Albatta. Biz qaynar suvda suzyapmiz.

-  Nahotki, shunday bo'lsa?!  -  xitob qildim men.

-  0 ‘zingiz o'ylab ko'ring.

To'siq  ochildi va  men  «Nautilus»  atrofida  tamo- 

man  oppoq  suvni  ko'rdim.  Oltingugurtli  bug'  qo- 

zondagiday  qaynab  turgan  suv  ustiga  yoyilayotgan 

edi.  Men  barmog'imni  oynaga  tegizdim,  u  shu  qa­

dar  issiq  ediki,  o'sha  zahoti  qo'limni  tortib  olishga 

majbur bo'ldim.

-  Biz qayerdamiz? -  so'radim men.

-   Santorin  oroli  yonida,  janob  professor,  -   ja­

vob  berdi  kapitan.  -   Aniqroq  bilishni  istasangiz  -  

Nea-Kammeni  va  Palea-Kammeni  oralig'idagi  bo‘- 

g'ozda.  Men  sizga  bu  kamdan  kam  uchraydigan 

hodisani  -   suvosti  vulqonining  qaynab  chiqishini 

ko'rsatmoqchi edim.

-   Men  esa,  -   luqma  tashladim,  -   yangi  orol- 

larning  paydo  bo'lishi  allaqachon  to'xtagan  deb 

o'ylagan ekanman...

-   Vulqonli  joylarda  birorta  jarayonni  ham  tu- 

gallangan deb hisoblab bo'lmaydi,  -   deb  javob ber­

di  kapitan  Nemo.  -   Axir yer  shari  ilgarigiday  ichki 

olov  bilan  to'lgan.  Agar  tarixchilardan  Kassiodor 

bilan  Pliniyga  ishonch  bilan  qarasak,  eramizning 

o'n  to'qqizinchi  yilida  yaqinda  vujudga  kelgan 

mana  shu  uch  orol  o'rnida yangi  orol  -   Teyya  pay­

do bo'lgan.  So'ngra u to'lqinlar ostida yo'qolib,  olt­

mish to'qqizinchi yili yana olamga keldi va shundan 

so'ng  mutlaqo  g'oyib  bo'lib  ketdi.  O'sha  vaqtdan 

boshlab  bizning  kunlarimizgacha  bu  yerda  vulqon

336



otilishi to'xtab qoldi. Biroq ming sakkiz yuz oltmish 

oltinchi  yil  uchinchi  fevralda,  Nea-Kammeni  yoni­

da,  oltingugurtli  bug'  bulutlari  orasida  qo'qqisdan 

suvdan yangi  orolcha  qad  ko'tardi.  Uni  Georg  oroli 

deb  atadilar.  Oltinchi  fevralda  u  Nea-Kammeni  bi­

lan  qo'shilib  ketdi.  Yetti  kundan  keyin,  o‘n  uchin­

chi  fevralda,  suv  ostidan  yana  bir  orolcha  -   Nea- 

Kammenidan  o‘n  metrli  torgina  bo'g'oz  bilan  ajra- 

lib  turgan  Afroesa  paydo  bo'ldi.  Bu  kamdan  kam 

uchraydigan  hodisaning  sodir  bo'lish  paytida  men 

tasodifan  shu  suvda  edim va  uning butun bosqich- 

larini kuzatdim. Afroesa orolchasining shakli deyar­

li dumaloq bo'lib, diametri uch yuz fut va balandligi 

o'ttiz fut. U shishasimon qora lavadan iborat bo'lib, 

ora-chora  dala  shpatlari1  sochilgan  edi.  Nihoyat 

o'ninchi  martda  Nea-Kammeni  yonida  dengizdan 

yana ham kichikroq uchinchi  orolcha  -   Reka ko'ta- 

rildi va har uchala orolcha qo'shilib ketdi.

-   Hozir  biz  turganimiz  qanaqa  bo'g'oz?  -  

so'radim men.

-   Mana  bu  bo'g'oz,  -   dedi  kapitan  Nemo  xa­

ritadan  grek  tizma  orollarini  ko'rsatib.  -   Ko'r- 

yapsizmi,  xaritaga  yangi  orolchalarni  ham  qo'shib 

qo'yganman.

-   Bu  bo'g'ozning  o'zani  ham biron vaqt  suvdan 

ko'tarilsa kerak?

-   Shunday  bo'lishi  mumkin,  janob  professor, 

zero,  bir  ming  sakkiz  yuz  oltmish  oltinchi  yildan 

buyon  Palea-Kammenidagi  avliyo  Nikolay  por- 

ti  ro'parasida  sakkizta  yangi  orolcha  paydo  bo'ldi. 

Bundan  shu  narsa  yaqqol  ko'rinib  turibdiki,  ya­

qin  orada  Nea  va  Palea-Kammeni  qo'shilib  ketadi. 

Tinch  okeanda  yangi  orollar barpo  etish  -   marjon- 

larning ishi. Bu suvlarda esa yangi orollarni vulqon-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish